Karvonsaroy
Din

Qozogʻiston yoshlar radikallashuvining oldini olish uchun diniy taʼlimni qoʻllamoqchi

Kseniya Bondal

“Nur Muborak” Misr islom madaniyati universiteti talabalari juma namoziga hozirlik koʻrmoqda, 26-aprel, Olmaota. (Kseniya Bondal)

“Nur Muborak” Misr islom madaniyati universiteti talabalari juma namoziga hozirlik koʻrmoqda, 26-aprel, Olmaota. (Kseniya Bondal)

OLMAOTA – Qozogʻistonda oliy diniy taʼlimni rivojlantirish yoshlar uchun ularni radikallashtirishga intiluvchi ekstremistlardan himoyalanishda mustahkam poydevor yaratishi mumkin, deydi tadqiqotchilar va olimlar.

“Nur Muborak” Misr islom madaniyati universiteti Qozogʻistonning diniy taʼlim beruvchi yagona oliy taʼlim maskani hisoblanadi.

Olmaotada joylashgan bu universitetda har yili 200 nafar diniy mutaxassis va imomlar yetishib chiqadi. Ayni damda bu maskanda 2000 nafar yigit-qiz tahsil olmoqda, dedi universitet matbuot kotibi Majit Junisbekov Karvonsaroy nashriga.

Talabalarga “haqiqiy ilm” berish uchun “Nur Muborak” universiteti rahbariyati oʻtgan yili eng qadimiy islom madaniyati taʼlim maskani boʻlmish Qohiradagi Al-Azhar universitetidan 18 da islomshunos professorni taklif etgan, dedi Junisbekov.

“Nur Muborak” islomshunoslik boʻlimida mamlakatning 60 foiz imomlari tahsil olgan, dedi Junisbekov. Shu bilan birga, ushbu taʼlim dargohida dinshunoslik dasturlari, arab va ingliz tillaridan ham dars beriladi.

Hayot uchun poydevor

Junisbekovga koʻra, universitetda islomiy taʼlim yaxlit hayot tarzi sifatida oʻqitiladi, oʻqituvchilar esa uning barcha jihatlarini asoslab berishga harakat qiladilar.

“Nur Muborak” talabalari safida boʻlmagan oddiy uchun insonlar esa uning qoshida bepul arab tili kurslari tashkil etilgan.

Bundan tashqari, mamlakatdagi har bir masjidda erkaklar va ayollar uchun bepul kurslar mavjud boʻlib, ularda “Nur Muborak” bitiruvchilari taʼlim beradilar, deb qoʻshimcha qildi Junisbekov. Bu mashgʻulotlarda Islom asoslari, arab tili, Qurʼon tilovati, kiyinish qoidalari va ibodatni toʻgʻri ado etish oʻrgatiladi.

“Mustahkam asosga ega boʻlmagan odam tezda yoʻldan adashadi”, dedi u. “Terrorchi guruhlar uni oʻz saflariga tortadilar, soʻng “toʻp yemi” sifatida Suriya va Iroqqa yuboradilar”, dedi Junisbekov.

“Barcha savollar “Gugl” ismli shayxdan soʻraladi”, deb kinoya qildi u diniy maʼlumotlar uchun qidiruv tizimiga murojaat qilinishini nazarda tutib. “Yoshlardagi informatsion boʻshliq yo diniy qadriyatlarga oid ishonchli maʼlumotlar bilan, yoxud buzgʻunchi gʻoyalar bilan toʻldiriladi.”

Internetda islam.kz, azan.kz kabi ishonchli manbalar boʻlsa-da, ular qidiruv tizimlarida ommabop emas, deb tushuntirdi Junisbekov.

“Ekstremistik mazmundagi resurslar esa marketing nuqtai nazaridan ancha ommalashgan... Natijada yoshlar bunday saytlarga osonroq kiradilar, bir narsani rejali ravishda qayta-qayta takrorlangani sababli, bunday aqidalarni qabul qila boshlaydilar”, dedi Junisbekov.

Yoshlar islomni zoʻravonlik va vahshiylikka oʻrin boʻlmagan tinchlik dini sifatida koʻrishlari uchun ular ishonchli maʼlumotga ega boʻlishlari kerak, dedi Junisbekov.

Diniy bilimlar

Tadqiqotchilar yoshlar tarafidan fundamental diniy bilimlarning egallanishi muhimligini eʼtirof etmoqdalar.

25-aprel kuni Zakon.kz saytida chop etilgan maqolada shunday deyiladi: “Zoʻravonlik ekstremizmiga jalb etilgan bolalarning tarixi ularning murgʻakligidayoq ota-ona eʼtibori va gʻamxoʻrligidan chetda qolgani, shuningdek, jarohatlarga toʻla, kamsitish va yoʻqotishlar (uy-joy, yaqinlar va molk-mulk va boshqalar) bilan kechgan oʻsmirlik bilan boshlanadi”.

Bolalar bilan hissiy aloqalar oʻrnatilmas ekan, ular buning oʻrnini mafkura va din bilan kompensatsiya qilishga urinadilar, deb yozadi Zakon.kz nashri.

Jumladan, bu qarashlar keyinchalik “u yoki bu yetakchiga ashaddiy sodiqlik yoki mukammal dunyo haqidagi diniy orzular va mafkuralarga aylanishi mumkin”, deyiladi maqolada.

“Radikallashuv uchun dastlabki shart-sharoitlar erta bolalikdanoq paydo boʻlishi inobatga olinadigan boʻlsa, profilaktika ishlarini shu yoshdayoq boshlash koʻproq samara beradi. Diniy taʼlim esa - profilaktik choralarning eng muhim qismidir.”

Oʻshanda ham taʼlim masalasiga ehtiyotkorlik bidan yondashilmogʻi lozim, deb qayd etdi Olmaotadagi Qozogʻiston strategik tadqiqotlar instituti bosh ilmiy xodimi Irina Chernyx.

Oilada bolaga diniy taʼlim berish masalasi unda radikallashuv alomatlari koʻringan taqdirda koʻtarilishi lozim. Biroq, bu ish oʻta yumshoqlik bilan, bola qaysi yoʻnalishda ekanligiga qarab amalga oshirilishi kerak, deb xulosa qildi mutaxassis.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 2

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500

Olmaota masjidining azan.kz saytida Aid Al-Qarniy, Muhammad Qutb (Sayid Qutbning ukasi) va Kandehlaviy kabi radikallarning kitoblari tarqatilmoqda. 1) Aid Al-Qarniy “Ixvonul Muslimiyn” harakati sururiylar yoʻnalishining gʻoyaviy rahnamolaridan biri hisoblanadi. Suratda uning Misrda sodir etilgan inqilobdagi ishtiroki (inqilobning faol ishtirokchisi Muhammad Hasson bilan bir qatorda), shuningdek, Misrda davlat toʻntarishini amalga oshirgan ixvonlarni bevosita qoʻllab-quvvatlagan Muhammad Al Arifiy bilan doʻstona aloqalari aks etgan. 2) Muhammad Qutb “Ixvonul muslimiyn” firqasi yetakchilaridan biri, Misrda qatl etilgan Sayid Qutbning ukasidir. Uning kitoblari bizning davrimizda takfirchilik mafkurasini keltirib chiqargan. M. Qutbning oʻzi ham ushbu firqa tarafdorlaridan biri hisoblanadi. 3) Muhammad Zakariyo Kandehlaviy Qozogʻistonda taqiqlangan Tabligʻ jamoati ekstremistik tashkilotining asoschisidir. Taqiqdan maqsad, Tabligʻ harakati daʼvat maqsadida tashkil etilgan, butun dunyo musulmonlarini Islomga amal qilishga qaytarish chaqirigʻi ularning maqsadi hisoblanadi, lekin agar ular moturidiy yoki ashʼariy aqidasida boʻlsalar, fiqhiy masalalarda oʻzlarini biror mazhabga bogʻlamaydilar, har bir aʼzo oʻzi turgan joyning mazhabiga amal qiladi. Aynan shu radikallashuv uchun asos yaratdi, sababi Tabligʻ jamoati tamoyillariga koʻra, radikallarning tushunchasidagi jihod masalasida ixtilofga borilmasligi kerak, chunki bu eʼtiqod masalasi emas, balki fiqh masalasidir. Shu tariqa Ta

Javob berish

Qoyil, juma namozi universitetning oʻzida oʻqilar ekan. Oʻzbekistonda ham qachon shunday boʻlarkin?

Javob berish