http://central.asia-news.com/uz-Latn/articles/cnmi_ca/features/2019/05/13/feature-01
| Siyosat

Rossiyaning ayirmachilar uchun tezlashtirilgan fuqaroligi: Markaziy Osiyo uchun xavotirli signal

Kanat Altinbayev


Qirgʻiziston va Rossiya pasportlari. (Rossiya ichki ishlar vazirligi)

Qirgʻiziston va Rossiya pasportlari. (Rossiya ichki ishlar vazirligi)

OLMAOTA – Ukrainalik ayirmachilar uchun Rossiya fuqaroligini olishning Kreml tomonidan osonlashtirilishi Moskva taʼsiridan chiqishga intilayotgan Markaziy Osiyo davlatlari uchun ogohlantirishdir, deydi kuzatuvchilar.

24-aprel kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putin sharqiy Ukrainadagi tan olinmagan, rossiyaparast Donetsk xalq respublikasi (DXR) va Lugansk xalq respublikasi (LXR) aholisiga fuqarolik berish boʻyicha uch oylik osonlashtirilgan jarayonni tasdiqlovchi qarorni imzoladi.

Rasmiy statistik maʼlumotlariga koʻra, DXRda 2,2 million va LXRda 1,4 million fuqaro yashaydi. Ikkala hudud ham Birlashgan Millatlar Tashkilotiga aʼzo davlatlar tomonidan diplomatik ravishda tan olinmagan.


Soʻnggi yillarda qozogʻistonliklar uchun Rossiya fuqaroligi olish yengillashtirilgan boʻlsa-da, koʻpchilik buni Kremlning Ukrainadagi kabi avantyurizmining boshlanishi boʻlishi mumkinligidan xavotirlanmoqda. (Rossiya tashqi ishlar vazirligi)

Soʻnggi yillarda qozogʻistonliklar uchun Rossiya fuqaroligi olish yengillashtirilgan boʻlsa-da, koʻpchilik buni Kremlning Ukrainadagi kabi avantyurizmining boshlanishi boʻlishi mumkinligidan xavotirlanmoqda. (Rossiya tashqi ishlar vazirligi)

Qabul qilingan qarorga koʻra, endilikda rus tilidan imtihon topshirish, shaxsiy maʼlumotlar tekshiruvi va Rossiyada 5 yillik istiqomat talab etilmaydi. Bu hududlarda yashovchi Rossiya fuqaroligini olishni istaganlar ariza va shaxsni aniqlovchi hujjat kabi bir nechta hujjatlarni topshirishi kifoya.

Bu eʼlondan bir necha kun oʻtishi bilan, Putin “barcha ukrainaliklarga fuqarolikni taqdim etish haqida oʻylayotganini” aytib oʻtgan, va 1-may kuni Kreml bir necha toifadagi ukrainalik fuqarolarni ham arizadan topshirganidan soʻng uch oy davomida fuarolik olishlari mumkinligi haqida qarorni eʼlon qildi.

Ukrainaga bosim oʻtkazish

Prezident yordamchisi Vladislav Surkov bu qarorni Ukrainadagi rusiyzabonlarni himoya qilishga qaratilgan “muqarrar” chora deb atadi.

Shunga qaramay, Ukrainada Putinning qarori yangi Ukraina hukumati, ayniqsa yangi prezident Vladimir Zelenskiyni Donetsk va Luganskka maxsus maqom berishga majburlash sifatida talqin qilinmoqda.

Ukrainalik tahlilchilar Ukraina fuqarolariga nisbatan belgilangan fuqarolik siyosati va Rossiya tarafidan bosib olingan Gruziya hududlari – Abxaziya va janubiy Osetiyada yuz bergan voqealarni solishtirmoqdalar.

1990-yilda Moskva Abxaziya va Janubiy Osetiyadagilarning koʻpchiligiga Rossiya fuqaroligini taqdim etgan edilar. 2008-yilda esa Gruziyaga bostirib kirish bahonalari orasida u yerdagi rossiyalik fuqarolarni himoya qilish bahonasi ham bor edi.

“Putinning LDXR (Lugansk va Donetsk) fuqarolariga pasport berish haqidagi qarori Zelenskiy uchun Kreml Osetiya va Abxaziyadagi stsenariyni takrorlash niyatida ekanligi haqidagi bevosita ishoradir”, dedi Kiyevdagi Ukraina tahlil va siyosiy boshqaruv instituti rahbari oʻrinbosari Kirill Molchanov oʻz Facebook sahifasida.

Markaziy Osiyo uchun xavotirli signal

Kremlning sharqiy Ukrainadagi bosqinchilik harakatlari Markaziy Osiyoliklar uchun ogohlantirish boʻlishi lozim, deydi Markaziy Osiyolik tahlilchilar.

Rossiyaning bu taktik usuldan foydalanish xavfi, ayniqsa Qozogʻiston va Qirgʻizistonni tashvishga solmoqda. Bu davlatlarda rusiyzabonlar koʻpchilikni tashkil etadi.

2019-yilning yanvar oyi maʼlumotlariga koʻra, Qozogʻistonda 3,6 million etnik ruslar istiqomat qiladi, bu umumiy aholining 20 foizi demakdir. Qirgʻizistonda bu koʻrsatkich 5,5 foizni tashkil etib, 350 ming qirgʻizistonlik fuqaro etnik ruslardan iborat ekani eʼtirof etilgan.

“Rus boʻlmagan butun dunyoga shuni eslatamizki, biz oʻzimiznikilarni tashlab qoʻymaymiz”, degan edi 28-aprel kuni davlat Dumasi raisining oʻrinbosari va kremlparast Birinchi kanal jurnalisti Pyotr Tolstoy Rossiyaning yangi siyosatiga izoh berar ekan.

Kreml chet eldagi hududlarda kuch ishlatishini shunday soʻzlar bilan oqlashga harakat qilib ulgurdi.

2014-yilda Rossiya oʻz harbiy doktrinasiga chet eldagi fuqarolarini ximoya qilishda kuch ishlatishi mumkinligi haqidagi bobni qoʻshib qoʻygan, deydi Nur-Sultonlik tarixshunos Marat Yesekeyev Karvonsaroy nashriga.

“Moskva qoʻshni davlatlar fuqarolariga Rossiya pasportini berish bilan nizo holatlaridagi bosqinchilik uchun oldindan bahona tayyorlamoqda”, dedi u.

Qozogʻistondagi xavf

Qozogʻistonda Ukrainada Rossiyaning Qrimni noqonuniy anneksiya qilib olishi oldidan yuz bergan sharoitlar yaratilmoqda, deydi baʼzi kuzatuvchilar.

Estoniyada joylashgan Mudofaa va xavfsizlik boʻyicha xalqaro markazga koʻra, hukumat tepasiga gʻarbparast rahbar keladigan boʻlsa, Gruziya va Ukrainada yuz bergan ssenariylar nazariy jihatdan Qozogʻistonda ham takrorlanishi mumkin.

Rossiya bilan chegaradosh shimoliy Qozogʻiston viloyatlarida etnik ruslar aholining yarmidan koʻpini tashkil etadi. Aynan shu omil 1998-yilda poytaxtni janubiy Ostonadan shimoliy Oqmoʻlaga (keyinchalik Ostona, undan keyin esa Nur-Sultonga oʻzgartirilgan) koʻchirilishiga sabab boʻlgan.

Shuningdek, bu holat hukumatning qozoq tilida soʻzlashuvchi aholini janubdan shimolga koʻchirish dasturiga ham asos boʻldi.

Soʻnggi yillarda Rossiya qozoqlarga fuqarolik berishga oid talablarni yengillashtirgan.

Koʻpgina qozoqlar allaqachon ikkita: Qozogʻiston va Rossiya pasportiga ega, deydi olmaotalik faollardan biri, “Antigeptil” ekologik harakati rahbari Ulan Shamshet Karvonsaroy bilan suhbatda.

“Shimolliklarning (Qozogʻistonning shimoliy hududlari fuqarolari) koʻpchiligi rus dunyosida yashaydilar ... Har qanday vaziyatga tayyor turish kerak”, dedi u ikki pasportga ega boʻlish haqida mulohaza bildirib.

Qozogʻiston hukumati “Kremlning taʼsiri ostida”, shu sababli bu muammoni hal qila olmadi, dedi Shamshet.

Rossiya “inqiroz”ga tayyorlanmoqda

Qirgʻizistonlik ekspertlarning fikricha, Rossiyaning “pasport siyosati” Qirgʻiziston milliy xavfsizligiga tahdid tugʻdirmoqda.

Qirgʻizistonda qoʻsh fuqarolikka ruxsat berilgan va Rossiyada ishlayotgan koʻplab qirgʻizlar ishga osonroq joylashish uchun Rossiya fuqaroligiga ham ega. “Rossiyskaya gazeta” 2018-yil may oyida Qirgʻiziston fuqarolarining oʻndan biri Rossiya fuqaroligini olganini maʼlum qilgan edi.

“Rossiyaning pasport siyosati bu zamonaviy anshlyus (qoʻshilish, ittifoq) boʻlib, bunda bir davlat boshqa davlat fuqarolarining bir qismini oʻziniki qilib oladi”, dedi bishkeklik siyosatshunos Askat Dukenbayev 1938-yilda Germaniya natsistlarining Avstriyani anneksiya qilganini misol oʻlaroq keltirib.

“Qirgʻiziston fuqarolari Rossiya fuqaroligini oʻz ixtiyorlari bilan olishadi, biroq bu ularning Rossiya hukumati oldida muayyan majburiyatlarni olishini, shu jumladan, Putin rejimining tashqi siyosatga oid tadbirlarida ishtirok etishlarini anglatadi”, deb qoʻshimcha qildi u.

“Inqirozli holatda Rossiya Qirgʻizistonga nisbatan ham “biz oʻzimiznikilarni tashlab qoʻymaymiz” shiorini qoʻllashi mumkin”, dedi u.

Sizga maqola yoqdimi?
202
Yo‘q
Fikrlar 33
Siyosat
Captcha
| 2019-09-04

Ruslar va Rossiyaga qozoqlar ham, oʻzbeklar ham, tojiklar ham kerak emas. Rossiya hech kimni oʻylamaydi, oʻz birodari ukrainlarga achinmadimi, Markaziy Osiyoni gapirmasa ham boʻladi. Rossiya gegemonlikni, qudratga ega boʻlishni, Angliya, Fransiya, Amerika kabi mustamlakachi davlat boʻlishni va oʻz mustamlakasidan boylik toʻplashni xohlaydi. Ular (ruslar) bu respublikalarga koʻchib kelish bilan oʻz qudratini mustahkamlash va bu hududlarni egallash niyatida boʻlgan. Bu sobiq sovet respublikalarini yana oʻz hududiga birlashtirish va milliy chegaralarsiz yagona Rusiyani eʼlon qilish uchun Putin hammasiga tayyor (kerak boʻlsa, buning uchun yadroviy portlashlar uyushtirish va oʻsha mamlakatlarning oʻzini aybdor qilishi mumkin). Uzoq Sharqdagi milliy muxtoriyatlarni tugatib, viloyat va oʻlkalarga qoʻshib olishdi. Shuning uchun mahalliy ruslar va ularning yugurdaklari (yahudiylar, turklar, kurdlar, armanlar, gruzinlar, ozarbayjonlar, chechenlar, koreyslar, uygʻurlar va h.k.) xohlagan vaqtida istalgan mahalliy amaldorni millatchi va natsist deb ayyuhannos solishi va OAV eʼtiborini jalb qilishga urinishi mumkin. Bu ayblovlar yuzasidan tushuntirish berish va bunday daʼvoni asoslab berish soʻralganida esa, ular qochib qolishadi. Mahalliy aholi shundoq ham juda yaxshi biladi: rus dunyosining himoyachilari ishonchli emas va ular istagan vaqtda xoinlik qilish mumkin, ularning yostigʻi tagida Rossiya pasportlari va bayrogʻi, “Molotov qorishmasi” bor va ular Rossiyaning buyrugʻi bilan mahalliy aholiga qarshi hujum qilishga tayyor turadilar.

Javob berish
| 2019-09-02

Hammasi yolgʻon. Rossiyaga ishchi kuchi kerak, shunga fuqarolik beryapti. Yaqinda men ham Rossiyaga ketaman. Osiyo va Rossiya, biz birgalikda kuchlimiz!

Javob berish
| 2019-09-01

Tojiklarga rossiya fuqaroligini soddalashtirilgan tartibda olishga qachon ruxsat beriladi?

Javob berish
| 2019-08-19

Nega odamlarga notoʻgʻri maʼlumot beryapsizlar?

Javob berish
| 2019-07-05

Maqola yoqmadi, chunki ikkinchi tubmaʼno bor. Hayotda hamma narsa beqaror va nozik boʻlib qolgan vaqtda oʻtib ketgan narsaga harxasha qilish befoyda yoʻq. Sovet ittifoqi tanazzuli juda koʻp muammolarni keltirib chiqardi, ammo yaxshi odamlarda birlik va doʻstlik ruhini yoʻq qilmadi... Hali ham odamlar RF fuqaroligini olishga intilishlari ham bekorga emas, chunki ular bu davlatni Sovet ittifoqi bilan bogʻlaydilar, aynan u yerda oʻzlari va oilalari uchun himoya va tinchlik topishlariga ishonishadi. RF fuqaroligiga hujjat topshirish punktlari odam bilan toʻla... Odamlarga oʻz hayotini barpo etishga halaqit bermang, undan koʻra, odamlar qochib ketishni xohlamasliklari uchun yashash sharoitlarini yaxshilang. Hammamiz SSSR deb nomlangan katta davlatda tugʻilganmiz. Hammamiz uchun hurmat qilish va yodga olish uchun biror sabab bor. Turli millat va dinga oid odamlar oʻrtasidagi doʻstlikni hech qachon yoʻqotib boʻlmaydi! Boʻlmagʻur xulosalarni chetga surib oʻylab koʻring, hurmatli “qalam ustalari”. Nima qilayotganingizni va nima sababdan kun sayin Rossiya fuqaroligini olishni istayotganlar soni kamayish oʻrniga koʻpayib borayotgani haqida oʻylab koʻring.

Javob berish
| 2019-07-01

Qozogʻistonlikman, Rossiya yoʻqolsin. Yaxshisi Britaniya bilan boʻlganimiz maʼqul.

Javob berish
| 2019-08-25

Hammangiz o‘zingizcha aqllisizlar-da, shundaymi!!! :))) Kimlarning ketini o‘pishga tayyorsizlar? Hayotdan yetarli saboq olmadilaringizmi? Anglo-Sakslar sizlarni ularga oziq-ovqat va boyliklar yetkazib turuvchi mustamlakalariga aylantirishni niyat qilib kelyaptilar. Ana sizga mustaqillik. “Hukumat” sanoatni siqib chiqardi va o‘z iqtisodiyotini poytaxtning qurilishiga va unga foyda keltiradigan narsalarga sarfladi. G‘azna bo‘m-bo‘sh va buning ustiga, ular maza qilib yashab turgan vaqtda qolgan har bir odam soliq to‘lashini talab qilishyapti!!!

Javob berish
| 2019-06-20

Rossiyaga ishonch nol.

Javob berish
| 2019-06-20

Bemaʼni gaplarni yozibsizlar. Oʻzlaringiz ishonasizmi shunga?

Javob berish
| 2019-06-18

Rossiya tezroq vayron boʻlishini xohlayman

Javob berish
| 2019-06-29

Orzu qilaver

Javob berish
| 2019-06-17

Haqiqiy qozoq va qirgʻizlar faolroq boʻlib, bunday maqolalarni yozadigan va oldindan bunaqangi ritorikani ilgari suradigan millatchilarning ovozini oʻchirishi kerak.

Javob berish
| 2019-06-11

Biz bir oila boʻlganmiz, Rossiya bilan birodarlik qonimizda bor. Afsuski, bunday maqolalar odam boʻlishimizga yordam bergan mamlakatga nisbatan ishonchsizlik va nafrat uygʻotadi. Mamlakatimizda savodsizlikka qarshi kurashgan, madaniyatimizni rivojlantirgan, sogʻliqni saqlash sohasini joriy qilgan Rossiya boʻlmaganida, hozirgi kunda umuman boshqacha, salbiy voqelikda yashayotgan boʻlardik, doʻstlar.

Javob berish
| 2019-07-04

Moskoviya boʻlmaganida, qozoqlar millat sifatida 35 milliondan ortiq boʻlar edi. Shu bilan birga bu millat jadallik bilan rivojlangan boʻlardi, qozoqlarning ziyoli qatlami Moskva imperiyasi va bolsheviklar tomonidan yoʻq qilib yuborilgan. Kremlning sanoatlashtirish siyosatidan Qozogʻiston tabiati katta talafot koʻrdi. Hayvonot va nabotot olami keskin qisqardi. Baʼzi hududlarda umuman yashab boʻlmaydi. Moskvaning bu merosi ham hurmatga loyiq deb oʻylaysizmi? Siz noxolissiz va Kreml tashviqoti bilan zaharlangansiz.

Javob berish
| 2019-07-06

Moskvaning buyuk knyazligi boʻlmaganida, hozirgi qozoqlar ham boʻlmas edi. Tarixni oʻqib koʻring..

Javob berish
| 2019-07-31

Toʻppa-toʻgʻri

Javob berish
| 2019-09-04

Siz tarixning faqat oʻzingiz uchun foydali qisminigina bilasiz va barcha tarixiy faktlarni oʻrganmagansiz. Toʻlaqonli bilimingiz kamligi sabab (Rossiya barchani manqurtlashtirmoqda) oʻzingizni tinchlikparvar deb oʻylaysiz, lekin aslida hurmatga loyiq boshqa xalqlarni hurmat qilmaganingiz uchun bu davlatlar sizdan yuz oʻgirgan !!! Senga achinaman. Shunday qilishda davom etsangiz, yana koʻpchilik (ittifoqchilaringizni) yoʻqotasiz. Hech qanday qurol yoki qoʻrqitish sizni qutqarib qololmaydi. Oʻz qilichingiz boshingizga yetadi sizni. Oʻz maqolingizni eslang: tigʻ bilan kelgan odam, oʻshaning oʻzidan oʻlim topadi. Bunga yaqqol misol –Checheniston. Siz uni yanchib tashlashga urindingiz, lekin yakunda esa hozir Rossiya butun byudjeti Chechenistonga ishlamoqda. Hech bir boshqa respublika yoki viloyatga Chechenistonga berilganchalik pul ajratilmayapti !!! Bugungi kunda Shimoliy Kavkaz Putin uchun Rossiyaning qolgan qismidan ham kattaroq bosh ogʻrigʻiga aylanib qolgan.

Javob berish
| 2019-05-24

Bunaqa boʻlishi mumkin emas. Rossiya shaharlarida kim yashaydi, osiyoliklar emasmi? Ular bilan hech kimning ishi yoʻq. Gap xaxollar haqida ketmoqda. Sibirga sovuqqa chidamli xaxollar kerak. Boshqacha boʻlishi mumkinmi?

Javob berish
| 2019-05-19

Ruslaringizni oʻzingiz bilan olib ketsangiz yaxshiroq boʻlardi

Javob berish
| 2019-05-26

Soʻnggi vaqtlarda senga oʻxshagan toʻnkalarni koʻp koʻryapman, nima ruslar yashashga xalaqit beryaptimi, yoki ularni deb och qolyapsanmi maraz

Javob berish
| 2019-06-14

ROSSIYA BOʻLMAGANIDA SEN HAM BOʻLMASDING, HAROMI! ROSSIYASIZ HECH KIMSAN!!!

Javob berish
| 2019-06-20

Rossiyangiz jigarrang tezak

Javob berish
| 2019-06-29

Oʻsha jigarrang tezak oʻzingsan, oynaga bir qarasangchi!

Javob berish
| 2019-07-31

Qiymati bir xil boʻlgan uy sotib olib bering, shunda biz ketamiz

Javob berish
| 2019-05-19

AQSH va Yevropaning navbatdagi qo‘rqinchli ertaklari. Ukraina davlat sifatida mavjud bo‘lmagan. Ukrainaning qolgan qismiga Yevropa davlatlari da’vogarlik qiladi. 1000 yil oldingi chegaralar bo‘ladi.

Javob berish
| 2019-05-17

Qozogʻistonda qoʻsh fuqarolik taqiqlangani haqida. Ular, yaʼni shimoliy qozogʻistonliklar Rossiya pasportini oladigan boʻlsalar, Qozogʻiston fuqaroligidan mahrum boʻladilar.

Javob berish
| 2019-05-17

Kim xavotirda? Bo‘lmagan gap bu? Homiyingiz AQSH ekanligini bildim (saytingizda shunaqa yozilgan) ammo yolg‘on ma’lumot tarqatish va faqat AQSHni maqtab yozish kerak emas. Bo‘lmag‘ur saytlaringizni varaqlab chiqdim, AQSH haqida birorta yomon, Rossiya haqida biror yaxshi fikr o‘qimadim

Javob berish
| 2019-05-18

Karvonsaroy anchadan beri Amerika razvedkasiga xizmat qiladi

Javob berish
| 2019-05-15

Rossiya oʻzinikilarni shunchaki olib ketishni xohlamayotgani aniq. Demak oʻziga-oʻzi muammo izlayapti.

Javob berish
| 2019-05-15

Bu respublikalar aholisining aksari ijtimoiy tenglik bobida oʻz hukumatlaridan hech narsani kutmasligi tabiiy. (Baliq chuqurroq, odam esa yaxshiroq joyni qidiradi)...

Javob berish
| 2019-05-13

“Rossiya” degan mamlakatning yaqinda tugab bitadi! Fashizmga barham beriladi!

Javob berish
| 2019-05-15

Dumbul ekansan

Javob berish
| 2019-05-22

Hamma ahmoqlarning eng ahmog‘isan

Javob berish