Karvonsaroy
Saylovlar

Prezident saylovlari oldidan Qozogʻistonda kuzatuvchilar ish boshladi

Kanat Altinbayev

Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining Demokratik institutlar va inson huquqlari boʻyicha byurosining (YXHT/DIIHB) kuzatuvchilar missiyasi rahbari Urshula Gatsek 8-may kuni Nur-Sultonda Qozogʻiston Markaziy saylov komissiyasi (MSK) raisi Berik Imashev bilan uchrashdi. [MSK]

Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining Demokratik institutlar va inson huquqlari boʻyicha byurosining (YXHT/DIIHB) kuzatuvchilar missiyasi rahbari Urshula Gatsek 8-may kuni Nur-Sultonda Qozogʻiston Markaziy saylov komissiyasi (MSK) raisi Berik Imashev bilan uchrashdi. [MSK]

NUR-SULTON – Kuzatuvchilar missiyasi Qozogʻistonda oʻtajak prezident saylovlari monitoringiga hozirlik koʻrmoqda.

Saylov monitoringi Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining Demokratik institutlar va inson huquqlari boʻyicha byurosining (YXHT/DIIHB) kuzatuvchilar missiyasi tomonidan boshqa xalqaro hamkorlar bilan birgalikda olib boriladi.

Qozogʻiston Markaziy saylov komissiyasi YXHT/DIIHB missiyasining 22 nafar uzoq muddatli kuzatuvchisini roʻyxatga olgan, deyiladi MSK xabarida.

Bugungi kunga qadar MSK 67 nafar xalqaro kuzatuvchini akkreditatsiyadan oʻtkazdi. Muddatidan avvalgi prezident saylovlari 9-iyunga belgilangan.

Qozogʻiston MSK raisi Berik Imashev YXHT/DIIHB kuzatuvchilari missiyasi rahbari Urshula Gatsek bilan uchrashdi, 8-may, Nur-Sulton. [Qozogʻiston MSK]

Qozogʻiston MSK raisi Berik Imashev YXHT/DIIHB kuzatuvchilari missiyasi rahbari Urshula Gatsek bilan uchrashdi, 8-may, Nur-Sulton. [Qozogʻiston MSK]

Seshanba (14-may) kuni YXHT/DIIHB kuzatuvchilari Qozogʻistonning barcha viloyatlarida ish boshladilar. YXHTga aʼzo davlatlarning yana 300 nafar qisqa muddatli kuzatuvchilari saylovga bir necha kun qolganda kelishi kutilmoqda.

8-may kuni Nur-Sultonda YXHT/DIIHB missiyasi rahbari Urshula Gatsek MSK raisi Berik Imashev bilan uchrashdi hamda saylov bosqichlari va ularga tayyorgarlik masalalarini muhokama qildi.

Kuzatuvchilar saylov jarayonining YXHT majburiyatlari, xalqaro standartlar va demokratik saylovlar talablariga mosligini baholaydilar.

Gashek OAV rahbarlari, prezidentlikka nomzodlar, siyosiy partiyalar va fuqarolik jamiyati vakillari bilan uchrashishni rejalashtirmoqda, dedi u jurnalistlar bilan uchrashuvida.

Missiya yakuniy hisobotini saylovdan ikki oy oʻtib eʼlon qiladi, deb qoʻshimcha qildi u.

Fuqarolar barqarorlikka umid qilmoqda

Prezident saylovlarida yetti nafar nomzod, jumladan, Nursulton Nazarboyevning uzoq muddatli hukmronligi davrida qoʻllab-quvvatlab kelingan Senat spikeri Qosim-Joʻmart Toʻqayev, shuningdek, yagona muxolifatchi nomzod Amirjan Kosanov ham ishtirok etadi.

Siyosiy tahlilchilar saylovda Qosim-Joʻmart Toʻqayevning gʻalaba qozonishini taxmin qilmoqdalar.

Asosiy kurash ikkinchi oʻrin uchun kechadi, gʻolib nomzod bundan kelajakdagi siyosiy karerasi uchun dastak sifatida foydalanishi mumkin, deydi Olmaotadagi “Alternativa” dolzarb tadqiqotlar markazi rahbari Andrey Chebotarev “Karvonsaroy” bilan suhbatda.

Chebotarevning aytishicha, koʻpchilik fuqarolar boʻlajak saylovga qiziqish bildirmoqda va unda faol ishtirok etish niyatida.

“Ehtimol, baʼzilar maʼlum oʻzgarishlarga umid qilayotgandir. Boshqalar esa barqarorlikni, hokimiyatni almashinuvining ijtimoiy va siyosiy gʻalayonlarsiz amalga oshirilishini xohlamoqda”, dedi Chebotarev.

Nur-Sultonda yashovchi Janna Ustemirova saylovlardan soʻng tub oʻzgarishlar yuz berishiga ishonmasa-da, bunga rozi ekanligini aytadi.

“Mamlakatimizdagi turmush darajasi Markaziy Osiyodagi eng yuqorisi va kelajakda shunday boʻlishiga umid qilaman”, dedi u Karvonsaroyga. “Men bir narsanigina xohlayman - yurtimizda tartibsizlik va anarxiya boʻlmasin, biz farzandlarimiz bilan tinch va taraqqiy etgan davlatda yashaylik”.

Yaqin yillardan beri Qozogʻiston ekstremizm muammosi bilan yuzma-yuz kelmoqda. 2013-2014-yillarda minglab radikallashgan fuqarolar “Islom davlati” (ID) guruhiga qoʻshilish maqsadida Suriya va Iroqqa ketgan edi.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 0

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500