Karvonsaroy
Xavfsizlik

Tojik qamoqxonasida “Islom davlati” jangarilari isyon koʻtardi

Karvonsaroy va AFP

20-may kuni Vahdatdagi qamoqxonada yuz bergan tartibsizliklar chogʻida 29 nafar mahbus, jumladan “Islom davlati”ning (ID) 24 aʼzosi va uch qoʻriqchi oʻldirilgan. (File)

20-may kuni Vahdatdagi qamoqxonada yuz bergan tartibsizliklar chogʻida 29 nafar mahbus, jumladan “Islom davlati”ning (ID) 24 aʼzosi va uch qoʻriqchi oʻldirilgan. (File)

DUSHANBE – Tojikiston qamoqxonasida “Islom davlati” (ID) jangarilari tomonidan uyushtirilgan isyon natijasida 32 kishi, jumladan 24 ID aʼzosi halok boʻldi. Bu haqda Adliya vazirligi dushanba (20-may) kungi bayonotida xabar berdi.

Isyon yakshanba (19-may) kuni Dushanbedan 17 kilometr sharqda joylashgan Vahdat shahridagi qamoqxonada boshlangan. Binoda 1500 mahbus boʻlgan.

Isyonchilar uch nafar qoʻriqchi va beshta mahbusni pichoqlab, qolganlarni garovga olishgan hamda qamoqxonadagi tibbiy muassasani yoqib yuborishgan.

Xavfsizlik kuchlari qoʻzgʻolonni bostirish chogʻida 24 nafar ID aʼzosini oʻldirganlar, deb xabar bergan vazirlik.

AQSH hukumati bir vaqtlar Tojikistonda OMON qoʻshinlariga qoʻmondonlik qilgan, keyinchalik “Islom davlati” (Suriya) safiga qochib oʻtgan Gulmurod Halimov uchun 3 mln. AQSH dollari (28,3 mln. somoniy) vaʼda qilgan. Uning oʻgʻli Behruz Gulmurod 20-may kuni tojik qamoqxonasida uyushtirilgan qonli qoʻzgʻolonga rahbarlik qilgani aytilmoqda. (AQSH Adliya vazirligi)

Suriyadagi tojik jangarilari, 2016-yilning 13-iyun kuni “Odnoklassniki” ijtimoiy tarmogʻida chop etilgan surat. (Nadin Bahrom)

Suriyadagi tojik jangarilari, 2016-yilning 13-iyun kuni “Odnoklassniki” ijtimoiy tarmogʻida chop etilgan surat. (Nadin Bahrom)

Vazirlik maʼlumotlariga koʻra, Tojikiston huquq tartibot organlari isyonni bostirib, 35 nafar mahbusni qoʻlga olgan. Garovga olinganlar esa ozod qilingan.

Halimovning oʻgʻli isyonga boshchilik qilgan

Huquq-tartibot organlari Behruz Gulmorodni isyonchilar yetakchilaridan biri boʻlganini aniqladilar. U Tojikiston maxsus qoʻshinlari (OMON) sobiq qoʻmondoni Suriyada ID rahbariyatining aʼzosiga aylangan Gulmurod Halimovning oʻgʻlidir. Halimov ID safiga oʻtgan Markaziy Osiyolik eng yuqori mansabdor shaxsdir.

Gulmurodga 2017-iyul oyida ID safiga qoʻshilishga harakat qilgani uchun 10 yillik qamoq jazosi belgilangan. Isyondan keyin uning taqdiri haqida xabar berilmagan.

Qoʻshma Shtatlar Gulmurodning otasi uchun mukofot belgilagan, Rossiya qurolli kuchlari esa 2017-yil sentyabrda olib borilgan havo hujumi davomida uni oʻldirganliklarini daʼvo qiladilar.

Oʻtgan yil noyabr oyida Xoʻjandda sodir etilgan yana bir isyon natijasida 26 ta odam halok boʻlgan edi. Isyon sobiq ID aʼzosi tomonidan qamoqdan qochish maqsadida tashkillashtirilgan.

Tojikiston rasmiylariga koʻra, soʻnggi yillarda 1000 dan ortiq tojik fuqarolari Suriya va Iroqda ID safiga qoʻshilganlar.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 0

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500