Karvonsaroy
Din

Qirgʻiziston diniy taʼlim sohasidagi nazoratni kuchaytirmoqda

Kanat Altinbayev

Qirgʻizistondagi madrasalardan birida dars jarayoni, sanasiz surat. [Bulan instituti]

Qirgʻizistondagi madrasalardan birida dars jarayoni, sanasiz surat. [Bulan instituti]

BISHKEK – Qirgʻiziston mamlakatdagi diniy taʼlim tizimini isloh qilish yoʻlida yana bir qadam tashladi. Ushbu choralar fuqarolarning eʼtiqod erkinligini taʼminlash bilan bir qatorda, buzgʻunchi gʻoyalar tarqalishiga qarshi kurashga qaratilgan.

Qirgʻizistonning din ishlari boʻyicha Davlat komissiyasi (GKDR) 30-aprel kuni Bishkekda diniy taʼlimni tartibga soluvchi qonun loyihasi va mamlakatning diniy taʼlim tizimini rivojlantirish siyosatini belgilash boʻyicha jamoatchilik muhokamasini oʻtkazdi.

GKDR xabariga koʻra, unda hukumat rasmiylari, diniy tashkilotlar, diniy taʼlim muassasalari va nodavlat notijorat tashkilotlar vakillari hamda mustaqil tahlilchilar ishtirok etdi.

Ishtirokchilar parlament tomonidan qabul qilinishi kerak boʻlgan qonun loyihasiga xayrixohlik bildirdirlar.

30-aprel kuni Bishkekda hukumat rasmiylari, mustaqil ekspertlar va turli diniy, nodavlat va taʼlim muassasalari vakillari Qirgʻizistondagi diniy taʼlim islohotlarini muhokama qilmoqdalar. [Qirgʻiziston din ishlari boʻyicha davlat komissiyasi]

30-aprel kuni Bishkekda hukumat rasmiylari, mustaqil ekspertlar va turli diniy, nodavlat va taʼlim muassasalari vakillari Qirgʻizistondagi diniy taʼlim islohotlarini muhokama qilmoqdalar. [Qirgʻiziston din ishlari boʻyicha davlat komissiyasi]

Diniy arboblarning aytishicha, taklif etilayotgan qonun loyihasi mamlakatda diniy taʼlimning rasmiy yoʻnalishini belgilaydi, shuningdek, diniy taʼlim muassasalari ustidan nazoratni kuchaytirishni koʻzda tutadi.

Taklif etilgan qonunga muvofiq, faqat rasmiy taʼlim muassasalarida tahsil olgan diniy mutaxassislargagina oʻqituvchilik qilishga ruxsat beriladi. Shuningdek, u xususiy tarzda diniy taʼlim berish taqiqlaydi.

Qonun loyihasida belgilanishicha, fuqarolar diniy taʼlimni faqat GKDR tomonidan tasdiqlangan oʻquv dasturiga ega maktab va universitetlardagina olishlari mumkin. Komissiya shuningdek, oʻquv materiallarida Qirgʻizistonda taqiqlangan buzgʻunchi diniy mafkuralar yoki ekstremistik ruhdagi maʼlumotlar yoʻqligini tekshiradi.

Shu bilan birga, faqat Qirgʻizistonda roʻyxatdan oʻtgan diniy tashkilotlargina taʼlim muassasalari ochishga haqli boʻladi.

GDKRga koʻra, bunday muassasalarning oʻquv dasturi diniy mavzulardan tashqari Qirgʻiziston tarixi, geografiya va boshqalar kabi umumtaʼlim fanlarini oʻz ichiga olishi lozim.

“Jamoat xavfsizligi masalasi”

Qirgʻizistondagi nohukumat tashkilot – “Dinlararo kengash” jamoatchilik birlashmasining ijrochi direktori, dinshunos Galina Kolodzinskayaning aytishicha, vazirlar mahkamasi va parlament 2007-yildan beri diniy taʼlim sohasini isloh qilishga urinib kelayotgan edi.

Uning soʻzlariga koʻra, din va davlat bir-biriga zid keluvchi talablari oʻzaro muvofiqlashtirib boʻlmagani sababli islohotga oid takliflar bir necha bor oʻzgartirilgan va ortga surilgan.

“Qirgʻizistondagi diniy taʼlim muassasalarida diniy arboblar yetishib chiqishini, ular oʻz izdoshlarini dunyoqarashiga taʼsir oʻtkazishi va oʻz “ijtimoiy kapitalini” dinlararo nizolar keltirib chiqarish yoki dindorlarni radikallashtirishga sarflashi mumkinligi eʼtiborga olinsa, bu jamoat xavfsizligi muammosini keltirib chiqarishi mumkin”, deydi Kolodzinskaya.

“Xalqaro huquq nuqtai nazaridan bunda davlatning aralashuviga ruxsat etiladi”, deb qoʻshimcha qildi u.

Shu bilan bir vaqtda, hukumat diniy guruhlarni davlat roʻyxatidan oʻtishga targʻib qilish uchun diniy faoliyat uchun qulay shart-sharoitlar yaratishi lozim. U Qoʻshma Shtatlardagi tajribani misol oʻlaroq keltirar ekan, hukumat tarafidan roʻyxatga olingan diniy tashkilotlar soliqlardan ozod qilinishini aytib oʻtdi.

Bunday siyosat radikal taʼlimotlarga barham berishga koʻmaklashadi, dedi Kolodzinskaya.

“Bunday holatda diniy jamoalar roʻyxatdan oʻtishdan oʻzlari manfaatdor boʻladilar, shu bois ularni kuzatib borish shart boʻlmaydi”, dedi u. “Hukumatda diniy taʼlim muassasalari va oʻqituvchilik faoliyati bilan shugʻullanadigan shaxslarning aniq roʻyxati boʻladi”.

Hozirda roʻyxatdan oʻtish jarayoni mushkul, dedi Kolodzinskaya. Rasmiy maqom olish niyatidagi tashkilot avval GKDRda keyin esa taʼlim vazirligida roʻyxatdan oʻtishi kerakligini qoʻshimcha qildi u.

Milliy qadriyatlarga asoslangan din

Davlat qadriyatlari va madaniyatiga mos keladigan diniy taʼlim siyosati muhim, deb taʼkidladi Qirgʻiziston prezidenti qoshidagi Milliy birlik va diniy siyosatni juchaytirish boʻyicha ekspert kengashi aʼzosi, bishkeklik Denis Berdakov.

“Viloyatlarda masjidlar diniy taʼlim va odamlar toʻplanishlari uchun eng muhim ijtimoiy tashkilot boʻlib qolmoqda”, dedi u.

Imomlar soni va ularning jamiyatga taʼsiri ortib bormoqda, dedi u.

“Qirgʻiziston hukumati qirgʻiz milliy madaniyati qadriyatlari, urf-odatlari va maʼnaviyatiga asoslangan islomni qoʻllab-quvvatlash siyosatini tadbiq qilmoqdalar”, dedi u. Barcha dindorlar eng avvalo oʻz mamlakatlari fuqarolari ekanliklarini yodda tutishlari kerakligini taʼkidladi.

“Bu toʻgʻri, shu bilan birga mushkul yoʻl”, dedi u. “Avval siyosiy davlat, keyin esa islom madaniyati – aksar davlatlar, jumladan Islomiy mamlakatlarning shiori bu.”

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 0

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500