TARAZ, Qozogʻiston – Bu yilgi Ramazon oyi kirib kelar ekan, Qozogʻiston imomlari odamlarni savob ishlarga daʼvat qilishni boshladilar.
“Ramazon doimiy xayrli amallar oyidir. Roʻza vaqtida bajarilgan har bir ezgu amal uchun bir necha karra koʻproq mukofot beriladi”, deydi Qozogʻiston musulmonlari diniy idorasi (QMDI) raisi, bosh muftiy Serikbay hoji Oʻraz 4-may kungi murojaatida.
Oʻraz musulmonlarni xayrli ishlarda qatnashishga, koʻp farzandli onalar hamda boshqa zaif qatlamlar vakillariga yordam berishga daʼvat qildi. U tadbirkorlarni muqaddas oy davomida oziq-ovqat va isteʼmol mahsulotlarining narxlarini oshirmaslikka chaqirgan.
Oʻraz paygʻambar Muhammadning (S.A.V) “orangizda yaxshilaringiz oʻz jamoasi va mamlakatiga foydaliroq boʻlganingizdir”, degan mazmundagi hadisini yodga oldi. Kuzatuvchilarning fikricha, bu turdagi ragʻbat etnik va diniy bagʻrikenglikni mustahkamlashga koʻmaklashadi va Qozogʻistonning “Islom davlati” kabi jangari guruhlarning fuqarolarni radikallashtirish urinishlariga qarshi kurashida muhim ahamiyat kasb etadi.
Markaziy Osiyo davlatlari imomlari bu yil Ramazon oyini bir vaqtda boshlashga kelishib olgan edilar.
Muqaddas Ramazon oyi 5-iyun kuni Iyd al-Fitr bayrami bilan oʻz nihoyasiga yetadi.
Suratlar ajoyib
Javob berishHaqiqatan ham shunday
Javob berishFikrlar 2