Karvonsaroy
Xavfsizlik

BMT va Qozogʻiston tinchlikparvarlik missiyalari uchun moʻljallangan harbiy texnika borasida hamkorlikni kengaytiradi

Kanat Altinbayev

“Kazakhstan Paramount Engineering” kompaniyasi tomonidan yaratilgan BMT tinchlikparvar kuchlari uchun moʻljallangan harbiy texnika – gʻildirakli zirhli mashina, sanasiz surat. (“Kazakhstan Paramount Engineering”)

“Kazakhstan Paramount Engineering” kompaniyasi tomonidan yaratilgan gʻildirakli zirhlangan mashina 2018-yilning may oyida Nur-Sultonda oʻtgan “KADEX-2018” qurol-yarogʻ koʻrgazmasida namoyish etildi. (“Kazakhstan Paramount Engineering”)

BMT muvaqqat kuchlari tarkibida insonparvarlik missiyasini yakunlagan Qozogʻiston harbiylari may oyida Livandan qaytib keldilar. (Qozogʻiston Mudofaa vazirligi)

Mart oyida Qozogʻiston tinchlikparvar kuchlari BMTning “Tinchlik yoʻlidagi xizmatlari uchun” medaliga sazovor boʻldi. (Qozogʻiston Mudofaa vazirligi)

Mart oyida Qozogʻiston tinchlikparvar kuchlari BMTning “Tinchlik yoʻlidagi xizmatlari uchun” medaliga sazovor boʻldi. (Qozogʻiston Mudofaa vazirligi)

Qozogʻistonning “KAZSENT” oʻquv markazi BMTga aʼzo mamlakatlarning tinchlikparvar kuchlarini tayyorlash huquqiga ega ekanligini tasdiqlovchi sertifikat. (Qozogʻiston Mudofaa vazirligi)

Qozogʻistonning “KAZSENT” oʻquv markazi BMTga aʼzo mamlakatlarning tinchlikparvar kuchlarini tayyorlash huquqiga ega ekanligini tasdiqlovchi sertifikat. (Qozogʻiston Mudofaa vazirligi)

Qozogʻiston raqamli taraqqiyot, mudofaa va aerokosmik sanoat vaziri Askar Jumagaliyev 28-may kuni Nur-Sultonda BMTning harbiy-dala koʻmagi boʻyicha bosh kotibi oʻrinbosari Atul Xare bilan muzokara oʻtkazdi. (Qozogʻiston raqamli taraqqiyot, mudofaa va aerokosmik sanoat vazirligi)

BMTning harbiy-dala koʻmagi boʻyicha bosh kotibi oʻrinbosari Atul Xare 28-may kuni Nur-Sulton shahrida Qozogʻiston prezidenti Qosim-Joʻmart Toʻqayev bilan uchrashdi. [Qozogʻiston prezidentining rasmiy sayti]

NUR-SULTON – Qozogʻiston tinchlikparvarlik missiyalari uchun harbiy uskunalar yetkazib berish orqali global xavfsizlik muammolarini hal qilishda Birlashgan Millatlar Tashkiloti bilan yaqindan hamkorlik qilishga vaʼda bermoqda.

Qozogʻiston raqamli taraqqiyot, mudofaa va aerokosmik sanoat vaziri Askar Jumagaliyev 28-may kuni Nur-Sultonda BMTning dala koʻmagi boʻyicha bosh kotibi oʻrinbosari Atul Xare bilan uchrashdi. Uchrashuvda Qozogʻistonning BMTdagi vakili Qayrat Umarov va BMTning Qozogʻistondagi doimiy vakili Norimasa Shimomura bilan bir qatorda boshqa rasmiylar ham ishtirok etgan.

Muzokaralarda Qozogʻistonning BMT tinchlikparvarlik missiyalari uchun harbiy va teplovizorli uskunalarni yetkazib berishi va sunʼiy yoʻldosh monitoringi boʻyicha hamkorlik olib borishi muhokama qilindi, deyiladi vazirlik bayonotida. Shuningdek, raqamlashtirish va telemeditsinada hamkorlikni kengaytirish yuzasidan fikr almashildi.

Vazirlik mamlakatning “bu yoʻnalishda muhim imkoniyatga va xohishga ega ekanligini” taʼkidlab, Xarening Qozogʻiston BMT tinchlikparvarlik missiyalariga uskuna yetkazib berishi boʻyicha taklifini olqishladi.

Qozogʻistonning “Kazakhstan Paramount Engineering” kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan zirhli avtomobil 2018-yilning may oyida Nur-Sultondagi “KADEX-2018” qurollar koʻrgazmasida namoyish etildi. (“Kazakhstan Paramount Engineering”)

“Ayni damda Qozogʻistonda harbiy mashinalar va uskunalar, jumladan zirhli avtomobil, vertolyot, teplovizor qurilmalari, qurol va oʻq-dori ishlab chiqarishga ixtisoslashgan korxonalar yetarli”, deb aytgan Jumagaliyev bayonotga koʻra.

Qozogʻiston “bu harbiy salohiyat tinchlikni taʼminlashga xizmat qilishidan” mamnun, deb qoʻshimcha qildi u.

Tashrif davomida BMT rasmiylari Markaziy Osiyoda oʻz yoʻnalishidagi eng yirik “Kazakhstan Paramount Engineering” Qozogʻiston-Janubiy Afrika qoʻshma korxonasi tomonidan ishlab chiqarilgan zirhli mashinalar bilan tanishib chiqdilar, dedi Nur-sultonlik harbiy tahlilchi va Qozogʻiston strategik tadqiqotlar institutining bosh tadqiqotchisi Georgiy Dubovtsev.

“Bu zirhli mashinalar tinchlikparvarlik missiyalari uchun juda mos”, dedi Dubovtsev. Qozogʻistonda ishlab chiqarilgan, tungi koʻrish nishonlari va tungi koʻrish qurilmalari kabi, optika mahsulotlari ham tinchlikparvarlar talabiga mos keladi, deb qoʻshimcha qildi u.

Hamkorlikdagi faoliyat

28-may kungi uchrashuv chogʻida Xare va Qozogʻiston prezidenti Qosim-Joʻmart Toʻqayev BMT va Qozogʻistonning xalqaro xavfsizlik masalalaridagi hamkorligini alohida taʼkidlab oʻtdilar.

Qozogʻiston rahbari tinchlikparvarlik faoliyati samaradorligini oshirishda mamlakatining BMT bilan hamkorlik qilishga tayyor ekanligini taʼkidladi.

“Afsuski, zamonaviy dunyo juda beqaror. Birgalikdagi faoliyatimiz sayyoramizni yanada barqaror va xavfsizroq qilishidan umidvorman”, deb aytgan Toʻqayev uchrashuv davomida.

Qozogʻiston bilan harbiy qurilmalarni yetkazib berishda hamkorlik qilishdan tashqari, BMT mamlakatda boshqa sohalar, jumladan biznesni rivojlantirish sohasidagi hamkorlikni ham kuchaytirmoqchi.

BMT Qozogʻistonda taʼminot dasturlaridagi imkoniyatlar haqida xabardorlikni oshirishga yoʻnaltirilgan biznes-seminarlarni oʻtkazishni rejalashtirgan, dedi Xare.

Shu bilan bir vaqtda, BMT va Qozogʻiston tinchlikparvarlik missiyalari samaradorligini oshirishda texnologik innovatsiyalarni qoʻllash borasida ham hamkorlik qilmoqda.

BMTning operativ qoʻllab-quvvatlash boʻlimi 28-31-may kunlari Nur-Sultonda Qozogʻiston hukumati bilan birgalikda tinchlikparvarlik boʻyicha 5-xalqaro texnologik hamkorlik simpoziumiga mezbonlik qildi.

Anjumanning asosiy mavzusi “Prognoz, himoya, bartaraf etish” deb nomlandi. Texnologiya bilan bir qatorda, ishtirokchilar tinchlikparvarlik operatsiyalariga jalb qilinganlar uchun xalqaro hamkorlik imkoniyatlarini ham muhokama qildilar.

Tashqi ishlar vazirligi xabariga koʻra, yanvar oyida BMT Qozogʻistonning tinchlikparvarlik boʻyicha hamkorlik oʻquv markaziga (KAZSENT) butun dunyodan kelgan tinchlikparvarlarni fuqarolarni himoyalash va shtab ofitserlari sifatida xizmat qilishga tayyorlash huquqini beruvchi sertifikatni topshirdi.

BMTning tinchlikparvarlik operatsiyalari boʻyicha bosh kotibi oʻrinbosari Jan Pyer Lakrua Nyu-Yorkda tegishli hujjatlarni imzolagan.

Bundan avval esa BMT “KAZSENT” markazining moddiy-texnik bazasini, yoʻriqchilarni tayyorlash darajasi, shuningdek, oʻquv dasturlarining mazmun-mohiyati va BMT meʼyorlariga muvofiqligini puxta tekshiruvdan oʻtkazdi. Bugungi kunda ushbu markaz tinchlikparvarlikka tayyorlash boʻyicha Xalqaro oʻquv markazlari uyushmasining mintaqadagi yagona toʻlaqonli aʼzosi hisoblanadi.

Livandagi Qozogʻiston askarlari

Qozogʻistonlik harbiy xizmatchilar BMT muvaqqat kuchlari tarkibida Livandagi tinchlikparvarlik missiyasini yakunlab, oʻz yurtlariga qaytganlaridan soʻng hamkorlikni rivojlantirish boʻyicha bir nechta uchrashuvlar oʻtkazildi.

Qozogʻiston 2018-yilning 31 oktabr kuni Livanga 120 nafar desantchi askarni joʻnatgan edi. Ular 6 oy davomida Isroil bilan chegaradosh hududda xizmat qildilar, bu yerda patrul nazoratini olib bordilar, otashkesim rejimining rioyasini kuzatdilar va tinch aholi vakillariga yordam berdilar.

Mart oyi oxirida ular “tinchlik yoʻlidagi xizmatlari uchun” BMT tarafidan medal bilan taqdirlandilar, deyiladi Qozogʻiston mudofaa vazirligining 17-may kungi bayonotida.

“Biz uchun bu oddiy medallar emas. Bu tinchlikparvarlikka qoʻshgan hissasi uchun mamlakatimizga nisbatan ehtirom belgisidir”, dedi mayor Ayan Nurkasov 30-mart kungi bayonotida.

Harbiy xizmatchilar Livandagi missiyaga bir necha yil tayyorgarlik koʻrib, AQSH va Britaniya qoʻshinlari bilan birgalikda harbiy va psixologik tayyorgarlikdan oʻtdilar, deyiladi bayonotda.

Qozogʻistonning BMT tinchlikparvar missiyalaridagi ishtiroki jahon hamjamiyatining mamlakat va uning qurolli kuchlariga boʻlgan ishonchidan dalolat beradi, deydi Qozogʻiston tashqi ishlar vazirligi va Yevropadagi diplomatik missiyalarda 18 yillik tajribaga ega olmaotalik siyosiy tahlilchi Kazbek Beysebayev.

Beysembayevning soʻzlariga koʻra, tinchlikparvarlik missiyalarida ishtirok etish Qozogʻiston qurolli kuchlariga tajriba orttirish imkonini beradi, zero desantchi askarlar yangi sharoitlarda foydali harbiy koʻnikmalarga ega boʻladilar.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 0

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500