http://central.asia-news.com/uz-Latn/articles/cnmi_ca/features/2019/07/01/feature-01
| Diplomatiya

AQSH elchisining Turkmanistonga kelishi oʻzgarishlar uchun umid bagʻishlamoqda

Jumaguli Annayev

Oʻgʻuzxon prezident saroyi oldidagi soqchilar, 2015-yil 3-noyabr kuni Ashxobodda olingan surat. (Brendan Smialovski/AFP)

ASHXOBOD – AQSHning Turkmanistondagi yangi elchisi mamlakat aholisi orasida nekbinlik kayfiyatini uygʻotmoqda.

AQSH davlat kotibining boshqaruv masalalari boʻyicha oʻrinbosarining sobiq bosh maslahatchisi Mettyu Klimov mart oyida AQSHning Turkmanistondagi elchisi etib tayinlangan edi. U 13-iyun kuni qasamyod keltirdi va 26-iyun kuni oʻz ishonch yorligʻini topshirgan.

Klimov malakali diplomat va harbiy mutaxassis. Bungacha u vitse-prezident Dik Cheynining harbiy masalalar boʻyicha maxsus maslahatchisi va AQSHning shtab boshliqlari birlashgan qoʻmitasi raisining yordamchisi boʻlib ishlagan.

27-iyun kuni AQSHning Turkmanistondagi yangi elchisi Mettyu Klimov Qipchoqdagi “Turkmanboshi ruhi” masjidiga bordi. (Turkmanistondagi AQSH elchixonasi)

U 16-may kuni AQSH senati tashqi aloqalar boʻyicha qoʻmitasidagi nutqida Turkmaniston haqida soʻzlab berdi.

Oʻz iqtisodiy va siyosiy manfaatlari yoʻlida Turkman xalqidan foydalanayotgan Rossiya va Xitoyga qarshi va ular oʻrniga ijobiy oʻzgarish boʻlish imkoniyatimiz bor”, deb aytgan Klimov oʻz nutqida.

Klimov “Afgʻoniston va Eron bilan uzun chegaraga ega, dunyoda eng koʻp tabiiy gaz resurslariga ega davlatlardan biri boʻlgan va Kavkaz, Markaziy Osiyo hamda undan tashqaridagi boshqa mintaqalarni bogʻlab turuvchi” Turkmanistonning geosiyosiy ahamiyatiga alohida toʻxtalib oʻtdi.

Turkmanistonliklar u bildirgan fikr-mulohazalarni yo Ozodlik radiosining Turkman xizmati yoki mish-mishlar orqali xabardor boʻlishgan.

“Odamlar AQSH elchisining ustuvor yoʻnalishlar haqida gapirganlarini eshitdim, qizigʻi koʻpchilik uning umidvor soʻzlaridan ijobiy fikrda”, dedi marilik nafaqaxoʻr Taxir Nurberdiyev.

Nurberdiyevning soʻzlariga koʻra, AQSHning yangi elchisi “uzoq, ammo iqtisodiy kuchli boʻlgan Amerikaning Turkmanistonda ishlab chiqilgan loyihalarni amalga oshirishda hozirligi va ishtirokini kengaytira olsa katta ish qilgan boʻladi”.

“Turkmanistonning maqbul joylashuvi Qoʻshma Shtatlarning oʻzi uchun ham muhim ahamiyatga ega boʻladi”, deb qoʻshimcha qildi u.

Iqtisodiyot uchun afzalliklar

“Xitoy ham, Rossiya ham Ashxobodga iqtisodiy va siyosiy bosim oʻtkazadi”, deb aytgan Klimov uchrashuv vaqtida.

Turkmaniston gazinig asosiy qismi ishlab chiqariladigan Mari viloyati aholisi bu fikrga xayrixoh.

Turkmaniston bozori Xitoy va Rossiyadan keltirilgan past sifatli mahsulotlar bilan toʻlib-toshgan, Xitoyga yiliga 34 milliard kub metrdan oshiq eksport qilinadigan gaz esa yetarlicha valyuta olib kelmayapti, deydi ular.

Turkmanistonliklar “Turkman havo yoʻllari” foydalanuvidagi “Boeing” samolyotlari, Case va John Deere kombaynlari, Caterpillar qazish mashinalari kabi AQSH mahsulotlari orqali Qoʻshma Shtatlarning salohiyatini koʻrishlari mumkin.

“Bu mashinalarning barchasi Turkmaniston sharoitida yaxshi sinovdan oʻtgan”, dedi ism-sharifi sir qolishini istagan turkmanistonlik.

“Amerika samolyotlari, traktorlari, ekskavatorlari juda ishonchli. Biz bilmagan yana qancha narsa bor!”, deb aytgan ismi oshkor etilishini istamagan Mari aeroporti xodimi.

“Shu sababli ham men yangi Amerika elchisining davlatlarimiz oʻrtasidagi savdo va iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirishi tarafdoriman”, dedi u.

Xususiy biznes va mahalliy moliya institutlari vakillari yangi elchi AQSH investitsiyalari oqimini kuchaytirishiga umid qilmoqdalar.

“Mamlakatimiz gaz zahiralari boʻyicha dunyoda toʻrtinchi oʻrinni egallaydi”, dedi “Senagat” bankining mintaqaviy vakolatxonasi kredit boʻlimi boshligʻi Nargul M. “Janubiy Osiyo va Yevropaga yangi gaz quvurlarini oʻtkazish istiqbollari mavjud. Prezidentimiz shimoliy-janubiy va sharqiy-gʻarbiy tranzit yoʻlaklarini yaratish tashabbusini boshlagan.”

“Qoʻshma Shtatlar bunday eʼtiborga loyiq loyihalardan uzoqlashmasligi zarur”, dedi u.

Muvaffaqiyatli hamkorlik umidi

“Agar Klimov senatda aytgan barcha gaplar roʻyobga chiqadigan boʻlsa, uning Turkmanistonda qiladigan ishi juda koʻp boʻladi, dedi ism-sharifi sir qolishini istagan Moliya va iqtisodiyot vazirligi boʻlim boshligʻi.

Turkmaniston afgʻon fuqarolarini ijtimoiy-iqtisodiy qoʻllab-quvvatlash orqali Afgʻonistonni barqarorlashtirishda yordam bergan va berib kelmoqda, deydi vazirlik rasmiy xodimi.

Rasmiyning soʻzlariga koʻra, “agar Afgoniston iqtisodiyotini rivojlantirish yoki turkman resurslarini dunyoga olib chiqish va boshqa koʻplab tashabbuslarda AQSH vakilining qoʻllab-quvvatloviga erishilsa, bu sohalardagi muvaffaqiyat yanada sezilarli boʻladi”.

“Yangi elchi Turkmanistondagi fuqarolik jamiyati vakillari duch kelayotgan muammolarga eʼtibor qaratadi deb umid qilaman”, dedi S., shaxsi sir qolishini istagan ashxobodlik fuqarolik jamiyati faoli.

U Klimovning “bu sohalarda izchil muloqotlar orqali muvaffaqiyatga erishish mumkin” degan gapidan ruhlangan.

“Uning ishonchi bizga umid beradi”, deb qoʻshimcha qildi u.

Sizga maqola yoqdimi?
9
Yo‘q
Fikrlar 2
Siyosat
Captcha
| 2019-07-05

Ey, Turkmanistonning aqli raso xalqi, Amerikaning tekin pishlogʻiga aldanmanglar. Aks holda sizlarni ham Iroq, Suriya, Afgʻoniston, Xirosima, Vyetnam va hokazolarning qismati kutib turibdi.

Javob berish
| 2019-07-01

Faxriy qorovulning aytishicha, AQSH ni juda hurmat qilishadi

Javob berish