Karvonsaroy
Xavfsizlik

Qozogʻistonda odam savdosiga qarshi kurash boʻyicha YXHTning haftalik oʻquv mashgʻulotlari oʻtkazildi

Karvonsaroy

24-iyun kuni Nur-Sultonda YXHTning odam savdoga qarshi kurash boʻyicha jonli oʻquv mashqlari boshlandi. (Anjela Tsaturyan/YXHT)

24-iyun kuni Nur-Sultonda YXHTning odam savdoga qarshi kurash boʻyicha jonli oʻquv mashqlari boshlandi. (Anjela Tsaturyan/YXHT)

NUR-SULTON – Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti (YXHT) Qozogʻistonda aʼzo mamlakatlarga odam savdosi qurbonlarini aniqlash va qutqarishni oʻrgatish boʻyicha jonli mashgʻulotlarni oʻtkazdi.

YXHT bayonotida aytilishicha, 24-iyun kuni boshlangan mashgʻulotlarida YXHTga aʼzo 24 mamlakatdan 70 dan ortiq mutaxassis, jumladan, huquq-tartibot, chegara va migratsiya organlari, nodavlat tashkilotlar va davlat idoralari xodimlari qatnashdi.

YXHT tomonidan odam savdosi, jumladan, bolalar mehnatidan foydalanish va jinsiy qullik bilan bogʻliq holatlarni simulyatsiya qilish uchun shartli islovatxonalar, qurilish maydonchasi, qishloq xoʻjaligi maydoni va chegara punktlari tashkil etildi, deyiladi tashkilot xabarida.

“Ushbu mashgʻulotlarning bir yildan kamroq vaqt ichida ikkinchi marta oʻtkazilayotgani – YXHTga aʼzo davlatlarning odam savdosiga qarshi kurash salohiyatini oshirishdan manfaatdor ekanligidan darak beradi”, deydi odam savdosiga qarshi kurash boʻyicha YeXHTning amaldagi muvofiqlashtiruvchisi Valiant Richi.

“Bu safar biz ishtirokchilar qamrovini kengaytirib, mashgʻulotlarga chegarachilar va madaniy soha vakillarini ham taklif qildik”, dedi Richi.

“Islom davlati” (ID) kabi terrorchilik tashkilotlari odam savdosidan oʻz faoliyatini moliyalashtirish va guruh safiga odam yollash vositasi sifatida foydalanadi. Birgina misol, jangarilar safiga qoʻshilayotgan erkaklar uchun jinsiy qullar sifatida foydalanish maqsadida ID Iroqdagi yazidiy xotin-qizlarni oʻgʻirlagan edi.

Transmilliy muammo

“Bugungi kunda odam savdosi transmilliy ahamiyat kasb etib, jamoat xavfsizligiga yuqori darajada xavf tugʻdiruvchi muammoga aylangan”, deydi Qozogʻiston bosh prokuraturasi qoshidagi huquq-tartibot akademiyasi rektori Yergali Merzadinov.

“Fikrimcha, real vaqt rejimidagi bu qoʻshma mashgʻulotlar va dolzarb muammolarga umumiy yondashuvlarni ishlab chiqish jinoiy holatlarni aniqlash va oldini olish boʻyicha ishlar samaradorligini oshirishga yordam beradi”, - dedi u.

YXHTga koʻra, mazkur loyiha tashkilotning yangi, koʻp millatli va tarmoqlararo yondashuv orqali odam savdosi qurbonlarini aniqlash va ularga yordam berishni yaxshilashga qaratilgan saʼy-harakatlarning bir qismidir.

Nur-Sultonda YXHTning dala operatsiyalari va Nur-Sultondagi dasturlar idorasi koʻmagida oʻtkazilgan simulyatsion oʻquv mashqlari Italiyaning Vichentse shahri va yana biri Qozogʻistonda oʻtkazilgan jami 5 ta turkum mashqning davomi boʻldi. YXHTga koʻra, shu yilning sentabr oyida Vichentseda qoʻshimcha mashgʻulotlar oʻtkaziladi.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 0

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500