Karvonsaroy
Jamiyat

Qirgʻizistonlik mehnat muhojirlari Rossiyadagi xavfli mehnat sharoitlaridan norozi

Kanat Altinbayev

25-iyun kuni Bishkekda 200dan ortiq qirgʻizistonlik ishtirokida Rossiyadagi mehnat muhojirlariga nisbatan yomon munosabatga qarshi norozilik aksiyasi oʻtkazildi. (NTS teleradiokompaniyasi lavhasidan olingan kadr)

25-iyun kuni Bishkekda 200dan ortiq qirgʻizistonlik ishtirokida Rossiyadagi mehnat muhojirlariga nisbatan yomon munosabatga qarshi norozilik aksiyasi oʻtkazildi. (NTS teleradiokompaniyasi lavhasidan olingan kadr)

BISHKEK – 25-iyun kuni 200ga yaqin mehnat muhojiri Bishkekda toʻplanib, Rossiyadagi xavfli mehnat sharoitlari va mamlakat huquq-tartibot organlarining bosimiga norozilik sifatida “fleshmob” aktsiyasini oʻtkazdilar.

“Migrantlar ovozi” deb nomlangan noodatiy aksiya ishtirokchilari “Biz Qirgʻiziston yalpi ichki mahsulotining uchdan birimiz”, “Migratsiya oilamni barbod qildi” va “Oilamni boqish uchun migrant boʻldim” degan soʻzlar bitilgan plakatlarni koʻtarib chiqdilar, deb xabar beradi Akipress.

Vatandagi ijtimoiy-iqtisodiy muammolar qirgʻizistonliklarni Rossiyaga borib ishlashga majbur qilmoqda. Ularning koʻpchiligi uyiga pul joʻnatish va qarindoshlarini yedirib-kiydirish uchun oʻz oilalarini tashlab ketadilar.

Qirgʻiziston Milliy banki maʼlumotlariga koʻra, 2019-yilning dastlabki ikki oyida mamlakatga yuborilgan pul oʻtkazmalari hajmi 344,6 mln. AQSH dollarini (23 mlrd. qirgʻiz soʻmi) tashkil etgan. 2018-yilda qirgʻizistonlik mehnat muhojirlari uylariga 2,7 mlrd. AQSH dollari (188 mlrd. qirgʻiz soʻmi) joʻnatganlar.

Migrantlar huquqlarini himoya qilish bilan shugʻullanuvchi Qirgʻizistondagi “Insan-Leylek” nohukumat tashkiloti xodimlari fevral oyida Chuy viloyatining Toʻqqizbuloq qishlogʻi aholisi uchun migratsiya xavfsizligi boʻyicha trening oʻtkazdilar. (Insan-Leylek/Facebook)

Migrantlar huquqlarini himoya qilish bilan shugʻullanuvchi Qirgʻizistondagi “Insan-Leylek” nohukumat tashkiloti xodimlari fevral oyida Chuy viloyatining Toʻqqizbuloq qishlogʻi aholisi uchun migratsiya xavfsizligi boʻyicha trening oʻtkazdilar. (Insan-Leylek/Facebook)

Bu raqam Qirgʻiziston iqtisodiyotining sezilarli qismini tashkil qiladi. 2018-yilda mamlakat yalpi ichki mahsuloti 8 mlrd. AQSH dollariga (559 mlrd. qirgʻiz soʻmi) teng boʻlgan edi.

Qirgʻiziston hukumatining rasmiy maʼlumotlariga koʻra, 2018-yilda Rossiyada 640 ming qirgʻiz fuqarosi mehnat qilgan. Qirgʻiziston aholisining umumiy soni esa 6,3 mln. kishiga teng ekani aytiladi.

Inson huquqlarining “keng koʻlamli” buzilishi

Rossiya huquq-tartibot organlari tomonidan xorijiy mehnat migrantlari huquqlarining poymol qilinishi holatlari koʻpaygan, dedi Parijda joylashgan Inson huquqlari xalqaro federatsiyasi vitse-prezidenti, bishkeklik Tolekan Ismailova.

“Gap Rossiyada fundamental inson huquqlari va erkinliklarining keng miqyosda buzilishi haqida bormoqda”, dedi Ismailova.

Rossiyada yashayotgan qirgʻizlar huquqlarining poymol qilinishi oddiy holat boʻlib qolgan, deydi Chuy viloyatining Toʻqmoq shahridan kelgan migrant Bolot Orozov.

“Biz yongʻin xavfsizligi talablariga amal qilinmaydigan binolarda ishlaymiz. Ish boshqaruvchilar qurilish maydonchalarida jiddiy xavfsizlik choralarini koʻrmaydilar”, dedi u.

Oʻtgan yili Rossiyada is gazidan zaharlanish tufayli farzandidan ayrilgan bishkeklik 86 yashar Gulipa Abdiyeva qizining jasadini Qirgʻizistonga olib kelish imkoni boʻlmaganini aytgan. Qiz dastavval Rossiyada dafn qilingan edi.

“Oʻtgan yili baʼzi jonkuyar fuqarolar qizimizni vatanimizda dafn qilish uchun moliyaviy yordam koʻrsatdilar”, dedi Abdiyeva Bishkekdagi NTS telekanaliga bergan intervyusida.

Rossiyadagi migrantlar mehnat xavfsizligining sustligi bilan bir qatorda, noslavyan koʻrinishdagilarni izlaydigan “skinxedlar” yoki neonatsistlar hujumiga ham uchrab turadilar, dedi Orozov.

“Terisining rangi, koʻzining shakli boshqacha ekani uchungina urib oʻldirilgan odamlar ham boʻlgan”, deb qoʻshimcha qildi u.

Qirgʻiziston hukumat statistikasiga koʻra, Rossiyada 2016-yilda 184 ta, 2017-yilda esa 136 ta mehnat migranti hayotdan koʻz yumgan.

Mehnat migrantlari uchun hayot sugʻurtasi

Bishkekda namoyishga chiqqan migrantlardan biri, mehnat sharoitlarining ogʻirligi sabab Rossiyadagi ishchilar hayotini sugʻurtalash kerakligini aytdi.

Ular har bir mehnat muhojiri kichik hajmda mablagʻ kiritadigan maxsus jamgʻarma tashkil etishni taklif qilganlar. Bu mablagʻ qarindoshlarga halok boʻlganlarning jasadini Rossiyadan Qirgʻizistonga olib kelish imkonini beradi.

Bu tashabbusni qoʻllab-quvvatlab qirq ming fuqaro imzolagan maktub Qirgʻiziston parlamentiga topshirilgan.

Parlament yil oxirida oʻz faoliyatiga qaytganidan soʻng, bu masalani birinchi galda hal qilishi kerak, dedi deputat Almambet Shikmamatov NTSga bergan intervyusida.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 7

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500

Hammasiga ahmoq hukumatimiz aybdor, fuqarolarimiz uchun munosib ish oʻrinlari yaratib berolmaydi, shu bois ular chetga borib ishlashga va shunday haqoratlarga chidashga majbur. Yaramaslar, jonga tegdilaring, faqat oʻzlaringni oʻylaysanlar.

Javob berish

Koʻpchilik ruslar sekin-asta fashistlarga aylanib bormoqdalar.

Javob berish

Rossiyada har yili yuzlab migrantlar oʻldiriladi.

Javob berish

Yigitlar, avval oʻz uyingizda xorijliklarni oʻldirishni bas qiling. Nigeriyalik esingizdan chiqdimi?

Javob berish

Rossiya ularni quldek ishlatib ustidan kulmoqda, aslida zamonaviy Rossiyaning yarmi ular tarafidan barpo etilgan.

Javob berish

Rossiyaga kelmang. Ishlagani AQSHga boring.

Javob berish

Nega ruslar Qirgʻizistonda tinch yashaydi.

Javob berish