Karvonsaroy
Biznes

Rossiyaning davomli aralashuvi Qozogʻiston eksport hajmining kamayishiga sabab boʻlmoqda

Kanat Altinbayev

Moskvadagi Preobrajenskiy bozorida turfa xil oziq-ovqat mahsulotlari bilan savdo qilayotgan sotuvchi, 26-fevral, 2019-yil. Rossiyaning siyosati mamlakat bozorida qozoq mahsulotlarining gullab-yashnashi va Rossiya hududi orqali Yevropa bozorlariga chiqishiga toʻsqinlik qilmoqda. (Yuriy Kadobnov/AFP)

Moskvadagi Preobrajenskiy bozorida turfa xil oziq-ovqat mahsulotlari bilan savdo qilayotgan sotuvchi, 26-fevral, 2019-yil. Rossiyaning siyosati mamlakat bozorida qozoq mahsulotlarining gullab-yashnashi va Rossiya hududi orqali Yevropa bozorlariga chiqishiga toʻsqinlik qilmoqda. (Yuriy Kadobnov/AFP)

OLMAOTA – Rossiya oʻz hududi orqali Qozogʻistonning Ukraina va boshqa Yevropa mamlakatlariga mahsulot eksport qilish imkoniyatlarini cheklashga qaratilgan toʻsiqlarni yaratishda davom etmoqda, deydi qozoq tadbirkorlari va tahlilchilari.

“Mahalliy biznes Rossiya orqali mahsulot olib oʻtish bilan bogʻliq doimiy muammolar tufayli ziyon koʻrib kelmoqda”, dedi Nur-Sultonda Milliy tadbirkorlar palatasi (MTP, “Atameken” nomi bilan ham ataladi) boshqaruvi raisining oʻrinbosari Yevgeniy Bolgert.

Uning aytishicha, Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi (YOIK) Rossiyaning qozoq mahsulotlariga nisbatan bir tomonlama choralari boʻyicha oʻzining rasmiy tavsiyalarini berganiga qaramay, vaziyat oʻzgarishsiz qolgan.

Bu rossiyalik isteʼmolchilar uchun moʻljallangan qozoq mahsulotlarini ham chetlab oʻtmagan.

Qozogʻiston prezidenti Qosim-Joʻmart Toʻqayev (oʻngda) 10-iyun kuni Nur-Sultonda Rossiya elchisi Aleksey Borodavkin (chapda) bilan uchrashdi. (Qozogʻiston prezidentining matbuot xizmati)

Qozogʻiston prezidenti Qosim-Joʻmart Toʻqayev (oʻngda) 10-iyun kuni Nur-Sultonda Rossiya elchisi Aleksey Borodavkin (chapda) bilan uchrashdi. (Qozogʻiston prezidentining matbuot xizmati)

Rossiya sogʻliqni saqlash idoralari tomonidan yoʻq qilingan Qozogʻiston olmalari, Tyumen viloyati, Rossiya. 4-iyul kungi surat. (Rosselxoznadzor)

Rossiya sogʻliqni saqlash idoralari tomonidan yoʻq qilingan Qozogʻiston olmalari, Tyumen viloyati, Rossiya. 4-iyul kungi surat. (Rosselxoznadzor)

Yaqinda yuz bergan holatlarning birida yoʻl harakati xavfsizligi inspeksiyasi va bojxona xodimlari Rossiya janubi-gʻarbida 3 tonnaga yaqin olma olib ketayotgan yuk mashinasini toʻxtatganlar. Bu haqda 28-iyun kuni Rossiyaning veterinar va fitosanitar nazorat boʻyicha federal xizmati (Rosselxoznadzor) xabar bergan.

Yuk Qozogʻistondan Kurgan viloyatiga olib ketilayotgan boʻlgan. Mutasaddilar olmaning kelib chiqishini tasdiqlay olmaganliklari sababli, 4-iyul kuni ular butunlay yoʻq qilingan.

Shuningdek, iyul oyida Rosselxoznadzor nozirlari veterinariya qonunchiligining buzilganini bahona qilib, 30 tonna qoʻy juni va muzlatilgan baliqni veterinariya sertifikatiga ega boʻlishiga qaramay, Qozogʻistonga qaytarib yuborganlar.

Rosselxoznadzor mutasaddilari laboratoriya tekshiruvlarining natijasi, qadoq turi va mahsulotning kelib chiqishi haqidagi hujjatlarni talab qilganlar.

Qozoq kompaniyalari ziyon koʻrmoqda

Rossiyaning choralari qozoq mahsulotlarini sotib olish istagida boʻlgan koʻplab mamlakatlarga ham taʼsir qilmoqda.

Bu orada, Rossiyaning Ukraina bilan chegarasida mutasaddilar Qozogʻistonga tegishli 426 ta vagonni ushlab qolganlar. Koʻmir konsentrati ortilgan vagonlar Qozogʻistonning Qaragʻandasidan Ukrainaning Krivoy Rog shahri tomon yoʻnalgan edi.

MTPning 4-iyul kungi bayonotida Bolgert rossiyalik mutasaddilar “Rossiyadan Ukrainaga olib oʻtishga ruxsat yoʻqligi” sabab Qozogʻistonga tegishli yukni mamlakatdan chiqarmayotganini aytgan. U Rossiyaning yukni qachon qoʻlga olganiga aniqlik kiritmagan.

Rossiyaning tartib-qoidalari 1 iyundan kuchga kirgan.

MTPga koʻra, qozogʻistonlik tadbirkorlar yuklarning Rossiyada ushlanib qolgani tufayli shartnomada koʻzda tutilgan jarimalarni hisobga olmaganda, har kuni 5 mln. tengedan (13 ming AQSH dollari) koʻproq zarar koʻrmoqdalar.

“2014-yil oxiridan qozoq tadbirkorlari Yevropa mamlakatlari va Ukrainadan (Rossiya orqali) Qozogʻistonga mahsulotlar import qilishda muntazam cheklovlar va taqiqlarga duch kelmoqdalar. Shu yilning 1 iyunidan esa mahalliy eksportchilar ham jiddiy muammolar bilan toʻqnash kelishdi”, deyiladi MTPning 4-iyul kungi bayonotida.

“Xusumatli” hatti-harakatlar

“YOIK doirasida kuchayib borayotgan integratsiyaga qaramay, kompaniyalar tuzilmaga aʼzo davlatlardan biri bunday qaror qabul qilgan vaqtda muloqot va muvofiqlashtirilgan harakatlarning yoʻqligi natijasida kelib chiqqan muammolarga doimiy ravishda duch kelmoqdalar”, dedi Atameken Rossiyani nazarda tutib.

YOIK 2015-yilda asos olingan mintaqaviy tashkilotdir. U bir nechta sobiq Sovet Ittifoqi davlatlari: Rossiya, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Belarus va Armanistondan iborat. Almashib turuvchi raislik ayni damda Rossiyaga tegishli.

Qozogʻistonlik eksporchilar Rossiya hukumati tomonidan atayin qoʻllanilayotgan toʻsiqlar va ularning natijasida kelib chiqqan zarardan shikoyat qilib kelmoqdalar.

Rossiya tomonidan qoʻllanilayotgan taqiq choralari natijasida nafaqat Qozogʻiston va Ukraina kompaniyalari, balki isteʼmolchilar ham aziyat chekmoqda, deydi Nur-sultonlik tadbirkor Beybit Kebekbayev.

“Rossiya rasmiy bayonotlarda doʻstlik va hamkorlikni daʼvo qilsa-da, aslida oʻzini hamkor davlatlarga nisbatan dushmandek tutmoqda”, dedi u.

Raqobatchilarni yoʻqotish

Tahlilchilarning soʻzlariga koʻra, Rossiya YOIKni tuzish bilan boshqa ishtirokchi davlatlar uchun qulay sharoit yaratishni maqsad qilmagan.

YOIK rossiyalik tadbirkorlar, investitsiyalar va mahsulotlarga qulay sharoitlar yaratar ekan, tuzilmaga aʼzo boshqa davlatlar ogʻir va teng boʻlmagan sharoitlarda ishlashga majburlar, deydi olmaotalik siyosiy tahlilchi Ruslan Jumali.

“Rossiya nobozor mexanizmlaridan foydalanmoqda. Uning goʻyoki sanitar normalar buzilishini fosh qilayotgan nazorat organlari aslida raqobatchilarni yoʻq qilmoqda”, dedi u.

Qozogʻistonning shirinliklar ishlab chiqaruvchi yetakchi kompaniyasi – “Raxat”ning Rossiya hukumati tomonidan taʼqib etilishi shular jumlasidandir.

Rossiyalik korxonalar “Raxat”ni doimo huquqiy maydonda nizolashishga jalb qilmoqda, shu bilan birga, nazoratchi tashkilotlar muntazam ravishda korxona mahsulotlarini musodara qilmoqdalar, deb aytgan Olmaotada “Raxat” bosh ijrochi direktori Konstantin Fedorets fevral oyida jurnalistlarga.

Rossiya kompaniyalari hukumatdagi doʻstlaridan xorijiy raqobatchilarni cheklashda foydalanadi, degan edi Fedorets oʻshanda.

“Rossiya har sohada, jumladan savdoda ham kuch ishlatishni afzal koʻradi”, dedi u.

Rossiya hukumatining hatti-harakatlari natijasida 2018-yilda “Raxat”ning eksport hajmi 2 foizga qisqargan.

Rossiya hukumati “Raxat” mahsulotlarini muntazam ravishda musodara qilgani sababli qozoq konfetlarini sotayotgan Rossiya doʻkonlari hamkorlik istiqbollariga shubha bilan qaramoqdalar, dedi Fedorets.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 11

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500

Lekin bu ittifoqni Qozogʻiston oʻylab topdi, uning qoidalarini ishlab chiqdilar va tasdiqladilar. Shunday ekan, ularga ergashing yoki keting. Sizni Xitoy kutyapti... Ularga sizning “tabiiy boyliklaringiz” va hududingizga juda ham kerak. Nima muammo?

Javob berish

Qozogʻiston teng huquqli ittifoq taklif qilgandi, ammo Rossiya hamma narsani oʻz foydasiga burishni istaydi. Xitoy Uzoq Sharqni egallab olmasa boʻlgani.

Javob berish

Qozogʻiston ham juda mard emas, Oʻzbek meva va sabzavotlari Qozogʻistonga olib oʻtilib, qozoq mahsuloti boʻlib bojxona toʻlovlarisiz Rossiya bozorlarida sotilyapti. Bu esa boj toʻlaydigan Oʻzbek savdogarlarini sindiryapti, Qozoq yuk mashinalarining yarmi Oʻzbekiston yuklarini tashish bilan kun koʻradi, ular ham hech qanaqa hujjatsiz yuradi, bu Oʻzbek logistikasini oʻldiryapti!

Javob berish

Qozogʻiston ham xuddi shunday javob chorasini qoʻllashi kerak

Javob berish

Bu ittifoqdan darhol chiqib, Rossiya mahsulotlarini sotib olishni bas qilish kerak. Ularning oziq-ovqat mahsulotlari bizniki bilan raqobat qilolmaydi. Oʻz mahsulotlaringizni sotib oling.

Javob berish

Rossiya bilan tuzilgan bunday zararli ittifoqdan chiqish toʻgʻrisida referendum oʻtkazilishi kerak. Referendum oʻtkazilmas ekan, odamlar koʻchaga chiqadi va bunday hukumatni agʻdaradi.

Javob berish

Shuning uchun ham hukumatimiz Xitoy bilan qoʻshma korxonalar ochishni xohlayapti, bu mamlakatning (Rossiya) ovozini oʻchirish uchun.

Javob berish

Ularni “tajovuzkor mamlakat” db ataganingiz uchun ham sizlarni boʻgʻishda davom etishadi.

Javob berish

Rossiya esa boʻgʻilib oʻldi.

Javob berish

Mana endi Qozogʻiston foydasiz YOIHni albatta tark etishi kerak.

Javob berish

Qozogʻiston esa sifatsiz Rossiya mahsulotlariga toʻlib ketgan. Ular ham chegarada toʻxtatilishi, barcha hujjat va maʼlumotnomalari sinchiklab tekshirilishi lozim. Ukraina va Yevropaga esa Rossiyani aylanib oʻtishga imkon beradigan yoʻl topish kerak. Darvoqe, foydasiz bojxona ittifoqini tark etish vaqti ham kelgan.

Javob berish