Karvonsaroy
Jamiyat

Qirgʻizistonning Issiqkoʻli tobora koʻproq Markaziy osiyolik sayyohlarni jalb etmoqda

Aydar Ashimov

Issiqkoʻldagi plyaj. Choʻlpon-ota, 2-iyul. (Aydar Ashimov)

Issiqkoʻldagi plyaj. Choʻlpon-ota, 2-iyul. (Aydar Ashimov)

Paraseyling – kater ortidan parashyutda uchishga tayyorlanayotgan sayyoh, Choʻlpon-ota, 2 iyul. (Aydar Ashimov)

Paraseyling – kater ortidan parashyutda uchishga tayyorlanayotgan sayyoh, Choʻlpon-ota, 2 iyul. (Aydar Ashimov)

Choʻlpon-ota yaqinidagi plyajda dam olayotganlar, 2-iyul. (Aydar Ashimov)

Choʻlpon-ota yaqinidagi plyajda dam olayotganlar, 2-iyul. (Aydar Ashimov)

Plyaj voleyboli oʻynayotgan erkaklar. Choʻlpon-ota, 2-iyul. (Aydar Ashimov)

Plyaj voleyboli oʻynayotgan erkaklar. Choʻlpon-ota, 2-iyul. (Aydar Ashimov)

Issiq buloq suvida choʻmilayotgan dam oluvchilar. Choʻlpon-ota yaqinidagi Issiqkoʻlning shimoliy sohili, 3-iyul. (Aydar Ashimov)

Issiq buloq suvida choʻmilayotgan dam oluvchilar. Choʻlpon-ota yaqinidagi Issiqkoʻlning shimoliy sohili, 3-iyul. (Aydar Ashimov)

Issiqkoʻlning janubiy sohilidagi “Ertak” kanyoniga safar qilgan Qozogʻiston va Oʻzbekistonlik sayyohlar, 3-iyul. (Aydar Ashimov)

Issiqkoʻlning janubiy sohilidagi “Ertak” kanyoniga safar qilgan Qozogʻiston va Oʻzbekistonlik sayyohlar, 3-iyul. (Aydar Ashimov)

Barskoon darasidagi baland togʻlardan oʻtib, “Manas kosasi” sharsharasiga yetib kelgan sayyohlar, Issiqkoʻl viloyati, 3-iyul. (Aydar Ashimov)

Barskoon darasidagi baland togʻlardan oʻtib, “Manas kosasi” sharsharasiga yetib kelgan sayyohlar, Issiqkoʻl viloyati, 3-iyul. (Aydar Ashimov)

“Manas kosasi” sharsharasi oldida surat chizayotgan ayol, tabiat manzaralaridan bahra olayotgan sayyohlar. Issiqkoʻl viloyati, Barskoon darasi, 3-iyul. (Aydar Ashimov)

“Manas kosasi” sharsharasi oldida surat chizayotgan ayol, tabiat manzaralaridan bahra olayotgan sayyohlar. Issiqkoʻl viloyati, Barskoon darasi, 3-iyul. (Aydar Ashimov)

Tarjimon-gid (oʻrtada) fransiyalik sayyohlarga mahalliy savdo rastalaridan sotib olish mumkin boʻlgan suvenirlarni koʻrsatmoqda, “Ertak” kanyoni, 3-iyul. (Aydar Ashimov)

Tarjimon-gid (oʻrtada) fransiyalik sayyohlarga mahalliy savdo rastalaridan sotib olish mumkin boʻlgan suvenirlarni koʻrsatmoqda, “Ertak” kanyoni, 3-iyul. (Aydar Ashimov)

Mahalliy aholidan boʻlgan bolalar sayyohlarga ot minib sayr qilishni taklif etmoqdalar. Issiqkoʻl viloyati, Barskoon darasi, 3-iyul. (Aydar Ashimov)

Mahalliy aholidan boʻlgan bolalar sayyohlarga ot minib sayr qilishni taklif etmoqdalar. Issiqkoʻl viloyati, Barskoon darasi, 3-iyul. (Aydar Ashimov)

Mahaliy aholi vakili sayyohlarga ot ustida akrobatik hunarlar koʻrsatmoqda, Barskoon darasi, Issiqkoʻl viloyati, 3-iyul.

Mahaliy aholi vakili sayyohlarga ot ustida akrobatik hunarlar koʻrsatmoqda, Barskoon darasi, Issiqkoʻl viloyati, 3-iyul.

Issiqkoʻl viloyati, Barskoon darasidagi yaylovda dam olayotgan otlar, 3-iyul. (Aydar Ashimov)

Issiqkoʻl viloyati, Barskoon darasidagi yaylovda dam olayotgan otlar, 3-iyul. (Aydar Ashimov)

Mahalliy aholi yashaydigan oʻtovlar. Issiqkoʻl viloyatidagi Jeti-Oʻgʻuz darasi, 3-iyul. (Aydar Ashimov)

Mahalliy aholi yashaydigan oʻtovlar. Issiqkoʻl viloyatidagi Jeti-Oʻgʻuz darasi, 3-iyul. (Aydar Ashimov)

Qozogʻistonlik sayyoh Qorakoʻldagi koʻhna masjidni suratga olmoqda, Issiqkoʻl viloyati, 3-iyul. (Aydar Ashimov)

Qozogʻistonlik sayyoh Qorakoʻldagi koʻhna masjidni suratga olmoqda, Issiqkoʻl viloyati, 3-iyul. (Aydar Ashimov)

CHOʻLPON-OTA, Qirgʻiziston – “Qirgʻiziston durdonasi” nomi bilan tanilgan Issiqkoʻl mamlakatning asosiy sayyohlik maskani sifatidagi mavqeini mustahkamlab bormoqda.

Oʻtgan yili Issiqkoʻlga 900 ming sayyoh tashrif buyurdi. Qirgʻiziston turizm vazirligi maʼlumotlariga koʻra, koʻl hududi har yili 1,5 millionga yaqin sayyohni jalb qilishi mumkin.

Tabiiy resurslari kam boʻlgan mamlakat uchun turizm sanoati ekstremizm taʼsirini kamaytiradigan iqtisodiy imkoniyatlarni taqdim etishi bilan ahamiyatlidir.

Samolyotlar, poyezdlar va avtobuslar

Koʻlga eltuvchi transport vositalarining koʻpaygani turizmni kuchaytirgan. 1-iyuldan boshlab, Qozogʻistonning Olmaota shahridan Issiqkoʻl xalqaro aeroportiga har dushanba va juma kunlari charter aviareyslar yoʻlga qoʻyildi. Dam olish maskani joylashgan Choʻlpon-ota shahri aeroportdan 35 kilometr uzoqlikda joylashgan.

Issiqkoʻlning shimoliy sohili, 2-iyul. “Qirgʻiziston durdonasi” deb ataluvchi, baland togʻlarda joylashgan Issiqkoʻl mamlakatning asosiy sayyohlik maskani hisoblanadi. (Aydar Ashimov)

Issiqkoʻlning shimoliy sohili, 2-iyul. “Qirgʻiziston durdonasi” deb ataluvchi, baland togʻlarda joylashgan Issiqkoʻl mamlakatning asosiy sayyohlik maskani hisoblanadi. (Aydar Ashimov)

Endi esa olmaotaliklar togʻ koʻlida dam olish uchun bor-yoʻgʻi 40 daqiqalik parvoz bilan manzilga yetib olishlari mumkin.

Bu orada, Toshkentdan Issiqkoʻlga charter aviareyslar 27-iyundan 6-sentyabrga qadar amalga oshiriladi. AQSH Xalqaro taraqqiyot agentligi bu yoʻnalishni ommalashtirish va yoʻlovchilarga xizmat koʻrsatayotgan sayyohlik agentliklari xodimlarini xalqaro sayyohlik standartlariga mos ravishda oʻqitishga koʻmaklashdi.

Toshkent-Issiqkoʻl poyezdi yozda payshanba kunlari qatnaydi. Issiqkoʻldan Toshkentga esa shanba kuni qaytib keladi.

Joriy yildagi ilk qatnov 6-iyun kuni amalga oshirildi.

Qozogʻiston va Oʻzbekistondan Issiqkoʻlgacha shaharlararo avtobus qatnaydi, ular yordamida Issiqkoʻlgacha 10-16 soatda yetib borish mumkin.

Qoʻshni mamlakatlarda yashovchilar Issiqkoʻlga turli yoʻllar bilan yetib olishlari mumkin. Masalan, Qirgʻiziston poytaxti Bishkekkacha borib, u yerdan avtobus yoki poyezd orqali uch-toʻrt soat ichida manzilga yetib oladilar.

Yaxshilangan xizmatlar

Toshkentlik Murod Nabiyev Issiqkoʻlga turmush oʻrtogʻi va uch farzandi bilan kelganini aytadi. Ular koʻlga tashrifdan bahra olmoqdalar.

“Bu yerga avtobusda keldik, 10 kun shu yerda boʻlamiz”, dedi u.

“Bu yerga bundan besh yil avval ham kelgandik”, deydi u. “Ijobiy oʻzgarishlarga guvoh boʻlyapmiz. Turli toifadagi oddiy va hashamatli mehmonxonalar, shuningdek, qahvaxonalar, doʻkonlar va suvli attraksionlar ochilgan.”

“Oʻtgan galgi safarimizga qaraganda odam ancha koʻp. Bu yerda bir hafta boʻldik, juda mamnunmiz”, dedi Nabiyev. Dam oluvchilar sayyohlarni himoya qilish uchun xizmat qilayotgan politsiya xodimlari soniga ahamiyat berayotgan boʻlishlari ham mumkin.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 0

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500