Karvonsaroy
Terrorizm

Suriyadagi magʻlubiyat ortidan IDning turkman jangarilari Afgʻonistonga yoʻl olmoqda

Jumaguli Annayev

Guruhning qurollangan jangarilari toqqa koʻtarilib bormoqda. Afgʻoniston, IDga qarashli OAV tomonidan chop etilgan surat. (Fayl)

Guruhning qurollangan jangarilari toqqa koʻtarilib bormoqda. Afgʻoniston, IDga qarashli OAV tomonidan chop etilgan surat. (Fayl)

AShXOBOD – “Islom davlati” (ID) guruhining turkmanistonlik aʼzolari terrorchilik guruhi AQSH boshchiligidagi koalitsiya va Suriya demokratik kuchlari tomonidan tor-mor etilganidan soʻng, boʻlinib ketishgan.

“Ularning ayrimlari Afgʻonistonning Turkmaniston bilan chegaradosh hududlariga koʻchib oʻtgan boʻlsa, boshqalari Suriya (prezident Bashar Asad) rejimiga qarshi kurashayotgan Suriya ozodlik armiyasiga qoʻshilgan”, deyiladi qarorgohi Venada joylashgan “Inson huquqlari boʻyicha turkman tashabbusi” (IHTT) tashkilotining Turkiyadagi manbalarga tayanib bergan bayonotida.

2016-yilda turkmanistonliklardan iborat bir necha kishilik guruh Turmanistonning Kerki (sobiq Otamurot) shahriga yoʻl olgan. Bu haqda Suriyaning Latakiya shahrida IDning yaralangan turmanistonlik sobiq aʼzosi bilan uchrashgan IHTT manbasi soʻzlab bergan.

Shundan soʻng, ular Turkmaniston-Afgʻoniston chegarasini noqonuniy kesib oʻtib, u yerdan Eron va Turkiya orqali Suriyaga chiqib ketishgan.

“Islom davlati” (ID) jangarilari deb hisoblangan erkaklar 18-mart kuni Bogʻuzda Suriya demokratik kuchlari bilan janglar davomida tutun va alanga ichidan oʻtib bormoqda. Qarorgohi Venada joylashgan “Inson huquqlari boʻyicha turkman tashabbusi” tashkilotiga koʻra, ID tor-mor etilganidan soʻng, turkmanistonlik jangarilar ikkiga boʻlinganlar. (AFP)

“Islom davlati” (ID) jangarilari deb hisoblangan erkaklar 18-mart kuni Bogʻuzda Suriya demokratik kuchlari bilan janglar davomida tutun va alanga ichidan oʻtib bormoqda. Qarorgohi Venada joylashgan “Inson huquqlari boʻyicha turkman tashabbusi” tashkilotiga koʻra, ID tor-mor etilganidan soʻng, turkmanistonlik jangarilar ikkiga boʻlinganlar. (AFP)

Yarador boʻlgan jangarining aytishicha, ID daʼvatchilari ularni Turkmanistonda boʻlgan chogʻlarida guruh safiga yollaganlar.

“Ular 30 kishi edi, olti nafari oʻz oilalari bilan kelgan”, deyiladi IHTT hisobotida.

IHTT maʼlumotlariga koʻra, Suriyaning Homs shahridagi jangarilarning aksariyati turkmanlardan iborat boʻlgan.

“Ular bir necha yuz kishi edi. Kiyimi va tashqi koʻrinishi bilan boshqalardan ajralib turmas (hamma kabi soqol qoʻygan), turkcha soʻzlashga harakat qilar edilar”, deb yozadi IHTT.

“Suriyalik turkmanlar bilan soʻzlashganlarida esa Turmanistondan ekanliklarini yashirmasdilar”, deyiladi hisobotda.

Turkman jangarilarining soni noaniq

ID va boshqa terrorchilik guruhlari safiga qoʻshilgan Turkmaniston fuqarolari soni aniq emas.

AQSHning “Soufan Centre” tahlil markazi hisob-kitoblariga koʻra, 2017-yilda ID safiga 400 dan ortiq turkmanistonlik qoʻshilgan.

Turkmaniston hukumati xorijdagi qurolli nizolarda qatnashgan, shuningdek ID safiga odam yollashda ayblangan fuqarolari haqida hech qanday maʼlumot bermaydi.

“Davlat migratsiya xizmati (DMX) xodimlari Turkmaniston fuqarolarining Yaqin Sharqdagi mojarolarda ishtirok etgani borasidagi har qanday murojaatni rad etish buyrugʻini olgan”, deb maʼlum qildi DMXdagi manba oʻz intervyusida.

“Shu bois, agar fuqarolarimizdan biri IDga aʼzolikda ayblanib qoʻlga olinsa, biz bu hodisani rad etamiz va ular Afgʻoniston yoki Iroqlik etnik turkmanlardan, yoxud Turkmaniston fuqarosi boʻlmagan turklardan ekanini aytamiz”, deb aytgan ismi oshkor etilishini istamagan manba.

U yerda (Iroq, Suriya yoki Afgʻonistonda) bizning fuqarolarimiz (turkmanlar) jang qilayotgani va u yerga Turkiya orqali borishi hammaga maʼlum, biroq ularning aniq sonini hisoblash imkonsiz”, dedi agentlik suhbatdoshi.

(Mazkur maqolaning 25-iyul kuni chop etiladigan ikkinchi qismida uyga qaytish istagida boʻlgan turkman jangarilari va ularga toʻsqinlik qilayotgan Turkmaniston hukumati oʻrtasidagi qarama-qarshilik haqida hikoya qilinadi.)

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 1

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500

Odamlar ISHID – yovuzlik ekanligini qachon tushunib yetishadi?

Javob berish