Karvonsaroy
Inson huquqlari

Soʻnggi 3 oy ichida 400 ming suriyalik Rossiyaning bomba hujumlari tufayli oʻz uyini tashlab ketgan

Karvonsaroy va AFP

Suriya fuqarolik mudofaasi (“Oq dubulgʻalilar”) aʼzolari Ariha shahridagi (Idlib viloyati) havo hujumlari amalga oshirilgani aytilgan joyda yigʻilmoqdalar, 28-iyul. (Umar Haj Kadur/AFP)

Suriya fuqarolik mudofaasi (“Oq dubulgʻalilar”) aʼzolari Ariha shahridagi (Idlib viloyati) havo hujumlari amalga oshirilgani aytilgan joyda yigʻilmoqdalar, 28-iyul. (Umar Haj Kadur/AFP)

SARAQIB, Suriya – Birlashgan Millatlar Tashkilotining (BMT) juma (26-iyul) kungi bayonotiga koʻra, Suriya rejimi va uning ittifoqchisi Rossiyaning jadal va halokatli bomba hujumlari soʻnggi uch oyda Suriya shimoli-gʻarbida 400 ming kishini oʻz uyini tashlab ketishga majbur qilgan.

Mazkur hudud qariyb butun Idlib viloyatini va qoʻshni Halab, Hama va Latakiya viloyatlarini qamrab oladi. Unda 3 millionga yaqin aholi istiqomat qiladi, ularning yarmi mamlakatning boshqa hududlaridan shu yerga qochib kelgan.

BMTning gumanitar masalalarni muvofiqlashtirish idorasi (OCHA) tomonidan juma kuni eʼlon qilingan hisobotga koʻra, odamlar asosan, Idlib janubi va Hama viloyatining shimoliy qismidan koʻchib ketmoqda. Rossiya va Suriya rejimining havo hujumlaridan shu ikki viloyat eng koʻp talafot koʻrgan.

OCHA rasmiysi Devid Svensonga koʻra, “aprel oyi oxiridan beri 400 ming odam hududni tark etgan”.

Oʻt oʻchiruvchilar Suriyaning Ariha shahrida (Idlib viloyati) bomba hujumlari ortidan yuzaga kelgan yongʻinni oʻchirishga urinmoqdalar. (Fayl)

Oʻt oʻchiruvchilar Suriyaning Ariha shahrida (Idlib viloyati) bomba hujumlari ortidan yuzaga kelgan yongʻinni oʻchirishga urinmoqdalar. (Fayl)

Idlib viloyati bir oy avvalgi xalqaro otashkesim bitimi bilan himoyalangan boʻlishi kerak edi. Lekin, aprel oyi oxiridan bu hudud Rossiya va Suriya rejimining faol bomba hujumlariga uchrab kelmoqda.

“Hududni tark etganlarning aksari Idlib viloyatining oʻzida boshpana topganlar, kam sonli odamlar shimoliy Halabga koʻchib oʻtgan”, deyiladi xabarda. “Ularning uchdan ikki qismi qochqinlar maskanlarining tashqarisida qolmoqda”.

Mintaqa “Tahrir ash-Shom” ekstremistik ittifoqi nazoratida boʻlib turibdi.

Aprel oyi oxiridan beri tibbiy muassasalar yoki tibbiyot xodimlari 39 bor hujumga uchragan, deb xabar beradi OCHA.

Havo zarbalari va oʻqqa tutishlar natijasida kamida 50 ta maktabga shikast yetkazilgan, deyiladi hisobotda.

“Bular – fuqarolik obyektlari. Ularning baxtsiz hodisa tufayli jabrlanganiga ishonish qiyin”, dedi juma kuni BMTning inson huquqlari boʻyicha oliy komissari Mishelь Bachelet.

Apreldan beri 750 tinch fuqaro oʻldirildi

Suriya inson huquqlari observatoriyasining yakshanba (28-iyul) kungi xabariga koʻra, aprel oyi oxiridan beri Suriya rejimi va ittifoqchilarining mintaqani havodan bombardimon qilishi va oʻqqa tutishi natijasida 750 dan ortiq tinch aholi vakili halok boʻlgan.

Yakshanba kuni rejim aviazarbalari tufayli Idlib viloyatining Ariha shahrida besh nafar fuqaro halok boʻldi, deb xabar bergan observatoriya.

Kuzatuvchilarga koʻra, Rossiyaning hujumlari Hamada 3 kishining hayotiga zomin boʻlgan.

Rejimning oʻqqa tutish va aviazarbalari tufayli shimoli-gʻarbda yana uch kishining oʻlgani xabar qilingan.

Bomba hujumlari Suriya rejimi va Rossiya tomonidan olib borilgan havo hujumlari natijasida hududda 15 fuqaro, jumladan Arihada 11 kishining halok boʻlishi ortidan sodir etilgan, deb xabar bergan kuzatuvchilar.

Terrorchilarga qarshi kurash bahonasida tinch fuqarolarni qirish

Bunday zoʻravonliklar koʻpchilikning Rossiyani Suriyada terrorchilarga qarshi kurash bahonasida qirgʻin olib borayotganlikda ayblashiga asos boʻlmoqda.

Havo reydlarining maqsadi “guruhlar va ularning taniqli bazalariga bosim oʻtkazish”, dedi yakshanba kuni Turkiyada joylashgan Umron markazi tahlilchisi Navar Oliver.

Bu “shifoxonalar va boshqa infratuzilmalarni nishonga olish bilan fuqarolarni tamoman yoʻq qilishga qaratilgan dahshatli urush”, dedi Oliver.

18-iyul uni Rossiya BMT Xavfsizlik kengashining Idlibdagi tibbiy muassasalarga hujumni toʻxtatishga chaqiruvchi rezolyutsiyasiga qarshi chiqdi.

Natija BMTning gumanitar masalalar boʻyicha rahbari Mark Loukokning uchrashuvdan keyingi noyob bayonotiga sabab boʻldi.

“Qirgʻinni toʻxtatish kerak”, dedi u.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 1

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500

Rossiya va Asad – Suriya xalqining jallodlari.

Javob berish