Karvonsaroy
Iqtisodiyot

Yangi magistral yoʻli Qozogʻiston - Oʻzbekiston aloqalarining kuchayib borayotganidan darak bermoqda

Aydar Ashimov

“Beynov – Oqjigit – Oʻzbekiston chegarasi” trassasidan oʻtayotgan Oʻzbekistonning yuk mashinalari, 17-iyul. (Qozogʻiston bosh vaziri matbuot xizmati)

“Beynov – Oqjigit – Oʻzbekiston chegarasi” trassasidan oʻtayotgan Oʻzbekistonning yuk mashinalari, 17-iyul. (Qozogʻiston bosh vaziri matbuot xizmati)

NUR-SULTON – Oʻzbekiston va Qozogʻistonni bogʻlovchi magistral yoʻli ikki mamlakatni bir-biriga yanada yaqinlashtirdi.

Qozogʻiston va Oʻzbekiston bosh vazirlari – Askar Mamin va Abdulla Aripov 17-iyul kuni Qozogʻistonning Mangʻistov viloyatida boʻlib oʻtgan marosimda “Beynov-Oqjigit-Oʻzbekiston chegarasi” avtomobil yoʻlini ochib berdilar.

Mamin yangi yoʻlning “Oʻrta Osiyo transport infratuzilmasini rivojlantirish, savdo hajmi va tranzit salohiyatini oshirishdagi” ahamiyatini alohida taʼkidlab oʻtdi.

Maminning soʻzlariga koʻra, yoʻlning ochilishi Qozogʻistonning sobiq prezidenti Nursulton Nazarboyev va Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan oʻrnatilgan “strategik sheriklikning jadal rivojidan” darak beradi.

Qozogʻiston prezidenti Qosim-Joʻmart Toʻqayev (oʻngda) va Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev qoʻl siqishmoqdalar, Toshkent, 15-aprel. (Qozogʻiston prezidentining matbuot xizmati)

Qozogʻiston prezidenti Qosim-Joʻmart Toʻqayev (oʻngda) va Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev qoʻl siqishmoqdalar, Toshkent, 15-aprel. (Qozogʻiston prezidentining matbuot xizmati)

Aprel oyida Qozogʻiston prezidenti Qosim-Joʻmart Toʻqayevning Oʻzbekistonga qilgan tashrifi “ikki tomonlama hamkorlik rivoji uchun yana bir turtki boʻldi”, dedi Mamin.

“Yangi avtomagistral kelajakda Qozogʻiston va Oʻzbekiston oʻrtasidagi savdo-iqtisodiy aloqalarning jadallashuvida katta ahamiyat kasb etadi”, dedi Aripov.

“Tuhfa”

Mahalliy aholiga koʻra, yangi avtomagistral oʻtgan yoʻl avvallari avtomobil haydovchilari uchun qiyinchilik tugʻdirgan.

“Qayta qurilgan 85 kilometr uzunlikdagi yangi avtomobil yoʻli biz uchun haqiqiy tuhfa boʻldi, ayniqsa, bu yerdan ogʻir yukli avtomashinalarda tez-tez qatnaydiganlar uchun”, deydi 28 yoshli chimkentlik yuk mashina haydovchisi Beybit Asenov.

Uning aytishicha, trassadagi yuk mashinalari sonining “oy sayin oʻsib borayotganidan” ham Qozogʻiston va Oʻzbekiston oʻrtasidagi yuk tashuvlari hajmi oshganini bilish mumkin.

“Bu yoʻl Toshkentdan Samarqand va Buxoroga, u yerdan Kaspiyboʻyi va YI mamlakatlariga chiqish imkonini beruvchi Atiraugacha boʻlgan asosiy yoʻnalishning bir qismidir”, dedi u. “Uning qurilishiga bir yarim yil vaqt ketdi”.

“Aytish mumkinki, bu yoʻlning barpo etilishi – mamlakatlarimiz oʻrtasidagi savdoni yanada yaxshilash yoʻlida qoʻyilgan navbatdagi qadamdir”, dedi Asenov.

Yanada mustahkam aloqalar

Magistral ochilishidan avvalroq, iyun oyida qozoq va oʻzbek rasmiylari Turkiston, Qozogʻiston va Toshkent oʻrtasida qatnovchi tezyurar temiryul qurilishiga oid kelishuvni imzolagan edilar.

Memorandum Toshkentda ikki tomonlama hamkorlik boʻyicha Oʻzbekiston-Qozogʻiston hukumatlararo komissiyaning 18-yigʻilishida rasman imzolangan.

Shuningdek, iyun oyi oxiridan Qozogʻiston uzoq yillardan beri ilk marta Oʻzbekistonga elektr energiyasi yetkazib berishni boshlagan. Bu haqda Qozogʻiston energetika vazirligi 17-iyul kuni maʼlum qilgan.

Vazirlik xabariga koʻra, Qozogʻiston 2019-yilda Oʻzbekistonga 1 milliard kVt/soatdan ortiq elektr energiyasi eksport qiladi.

2018-yilda 3 milliard dollarni tashkil etgan Qozogʻiston va Oʻzbekiston oʻrtasidagi savdo hajmi ham soʻnggi yillarda oʻsgan - Qozogʻiston hukumatiga koʻra, bu tendensiya joriy yilda ham davom etdi.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 2

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500

Qozogʻiston militsiyasi va chegarachilaridan uzoq masofaga qatnaydigan haydovchilardan pul olmaslikni soʻrasam boʻladimi? Faqat shu uchastkada pul evaziga hal etiladigan muammolar bor.

Javob berish

U yerda Qoʻngʻirotgacha, Qozogʻiston chegarasidagi postgacha yoʻl yoʻq. Kimga ertak toʻqiyapsizlar? Qozogʻiston yoʻlning oʻz hududidagi qismini toʻliq bitirgan, Oʻzbekiston esa yoʻq.

Javob berish