http://central.asia-news.com/uz-Latn/articles/cnmi_ca/features/2019/09/09/feature-01
| Atrof muhit

Sovet davridan qolgan “meros” tufayli Markaziy Osiyo iqlim oʻzgarishi oldida zaif qolmoqda

Karvonsaroy va AFP

Bishkekdan 20 km uzoqlikdagi Novopokrovkada oʻtlab yurgan chorva mollari uzra elektrostansiyadan havoga koʻtarilayotgan tutun, Qirgʻiziston, 2010-yilning 12-yanvari. (Vyacheslav Oseledko/AFP)

90-yillar shartnomasi Markaziy Osiyoning sovet davrida atrof-muhitga berilgan zarba oqibatlarini bartaraf etish yoʻlidagi mashaqqatlarini aks ettiradi.

1990-yillarda imzolangan Energetik xartiya shartnomasi energetika sohasidagi transchegaraviy hamkorlikni ragʻbatlantirishga yoʻnaltirilgan edi. Dastlab u rivojlanayotgan mamlakatlar, eng avvalo Sharqiy Yevropadagi postsovet mamlakatlarda qazilma yoqilgʻiga kiritiladigan investitsiyalarni himoya qilishga qaratilgan.

Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Tojikiston, Oʻzbekiston va Turkmaniston uning aʼzolari hisoblanadi. Rossiya 2009-yilda bu kelishuvdan chiqqan.

Tojikistondagi Degmay uran qoldiqlari chiqindixonasi. YI maʼlumotlariga koʻra, bugungi kunda Markaziy Osiyoda 1 mlrd. tonnadan ortiq zaharli uran chiqindilari bor. (M. Roberts/AEXA)

Taqiqlangan loyihalar boʻyicha kompaniyalarga davlatlar bilan sudlashish imkonini beruvchi kelishuv bandlari toza energiyadan foydalanish yoʻlidagi saʼy-harakatlarga toʻsiq boʻldi.

Kuzatuvchilarning ogohlantirishcha, 50 davlat imzolagan shartnomani oʻzgartirish uchun yillar ketishi mumkin.

“Bu oson boʻlmaydi”, deb aytgan Bryusselda Yevrokomissiyaning investitsiyalar boʻyicha vakili Karlo Pettinato AFPning oʻtgan haftadagi xabariga koʻra.

Eskirgan zavodlar va elektrostansiyalar

Bu shartnoma eski infratuzilmani himoya qilishi bilan havo, yer va suvni tozalashga urinayotgan Markaziy Osiyo mamlakatlariga toʻsqinlik qilmoqda. Mintaqadagi eskirgan zavodlar va elektr stansiyalari qazilma yoqilgʻida ishlab, atmosferaga zararli moddalarni chiqarmoqda.

Kreml ishlab chiqarish statistikasiga ustuvor ahamiyat qaratgani sababli sovet muhandislari shunday inshootlarni barpo etar ekan, havoning ifloslanishi va iqlimiy oqibatlarning mahalliy atrof-muhitga taʼsiri koʻp hollarda eʼtiborsiz qoldirilgan.

Eski, ifloslangan fabrikalar Qirgʻizistonda jiddiy ekologik muammolarni keltirib chiqarmoqda, deydi bishkeklik ekolog Ulan Ismailov nashr bilan suhbatda.

“Ular joylashgan hududda havoning ifloslanish darajasi ruxsat etilgan meʼyordan bir necha marta yuqori!” dedi Ismoilov. “Iqlimning global ilishi va u bilan bogʻliq “issiqxona effekti” natijasida bunday korxonalarga tayanish atrof-muhit va aholi salomatligi uchun jiddiy xavf tugʻdiradi.”

Ayni vaqtda, mintaqaning ikki eng yirik iqtisodi – Qozogʻiston va Oʻzbekiston qazilma yoqilgʻida ishlaydigan elektr stansiyalariga sezilarli darajada qaram boʻlib qolmoqda. Ular atmosferada issiq havoni toʻplaydigan karbonat angidrid gazini chiqaradi.

AQSH savdo vazirligi maʼlumotlariga koʻra, Qozogʻiston koʻmirda ishlovchi elektrostansiyalarga qaram – mamlakatdagi elektr energiyasining 80 foizi shu turdagi elektrostansiyalardan olinadi. Suv, quyosh va shamol inshootlari Qozogʻiston energiya taʼminotining 13 foizdan kamrogʻini tashkil qiladi, xolos.

Qozogʻistonning energetik xavfsizligini himoya qilish uchun “anʼanaviy elektr energiya tizimiga investitsiyalar jalb qilish, ishlab chiqarish quvvatlarini modernizatsiya qilish (kengaytirish) va qayta tiklanuvchi elektr manbalarida ishlaydigan yangi elektrostansiyalarni barpo etish kerak”, deydi Nur-Sultondagi Qayta tiklanuvchi energiya manbalari assotsiatsiyasi bosh direktori Arman Kashkinbekov.

Oʻzbekiston elektr quvvati ishlab chiqarishda deyarli toʻlaligicha uglevodorodlarga tayanadi. Xalqaro energetika agentligiga koʻra, statistikaga oid eng soʻnggi maʼlumotlar eʼlon qilingan 2016-yilda 79,9 foiz elektr energiyasi neft, koʻmir yoki tabiiy gaz yoqish orqali, qolgani qismi esa GESlardan olingan.

Sovet Ittifoqi tomonidan qurilgan elektr stansiyalarining 40 foizi hamon ishlayotgan boʻlishiga qaramay, ularning foydalanish muddati allaqachon tugab boʻlgan, dedi Kashkinbekov.

Qolgan 60 foiz stansiyalarning ham muddati tugash arafasida, deb qoʻshimcha qildi u.

Qishloq xoʻjaligidagi muammolar

Qishloq xoʻjaligi sohasi ham iqlim oʻzgarishlariga taʼsirchan va zaifdir.

Misol uchun, qirgʻizistonlik fermerlar avvalgiga nisbatan issiqroq yoz, sovuqroq qish, yogʻingarchilik moʻl bahor va qurgʻoqchil kuz bilan toʻqnash kelmoqdalar, deb aytgan Bishkekdagi “Archa tashabbusi” nodavlat ekologik tashkiloti rahbari Dmitriy Vetoshkin oʻtgan yil dekabr oyidagi intervyuda.

Bunday ob-havo 93 foiz hududi togʻlardan iborat mamlakatda qishloq xoʻjaligi sohasi uchun muammolar keltirib chiqaradi.

Janubiy Koreyada joylashgan “Green Climate” jamgʻarmasi oʻtgan yil dekabr oyida Qirgʻizistonga iqlim oʻzgarishiga moslashish chora-tadbirlari uchun 10 mln. AQSH dollari ajratgan edi.

Mintaqada qishloq xoʻjaligi sohasidagi muammolar siyosiy oqibatlarga ham olib kelmoqda.

Qirgʻiziston, Tojikiston va Oʻzbekiston hududlarini qamragan unumdor Fargʻona vodiysida suv va yer tanqisligi sabab, tez-tez chegaraviy nizolar va zoʻravonliklar yuz berib turadi.

Vodiyning ekstremistlarni yollash oʻchogʻi boʻlib qolayotgani esa vaziyatni yanada ogʻirlashtiradi.

Yordam tariqasida, Yevropa Ittifoqi (YI) va Jahon banki may oyida Markaziy Osiyoda suv va energetika xavfsizligini qoʻllab-quvvatlash uchun qiymati 7,8 mln. AQSH dollariga teng yangi grant taqdim etish boʻyicha shartnoma imzolaganlar.

Sovet davrida qishloq xoʻjaligi sohasidagi suisteʼmolliklar “sayyoradagi eng yomon ekologik ofatga” sabab boʻlgan, deb yozgan edi 2010-yilda “London Telegraph” nashri “Orol dengizining qurishi” nomli maqolada. Vox.com maʼlumotlariga koʻra, 1960-yillardan beri Sovet Ittifoqi Orol dengizining 90 foizini quritgan.

Sovetlar Oʻzbekistondagi paxta dalalarini sugʻorish uchun bir paytlar dunyodagi toʻrtinchi eng yirik koʻl – Orolga oqadigan daryolar oʻzanini oʻzgartirgan edilar.

Rossiyaning radiatsiya xavfiga eʼtiborsizligi

Sovet Ittifoqi va uning vorisi boʻlmish Rossiya davlati radioaktiv materiallar bilan ishlash boʻyicha bir necha oʻn yillarga eskirgan amaliyotini davom ettirib, yana bir sohada tabiatni asrash boʻyicha yomon oʻrnak koʻrsatdi.

1986-yilda sovet Ukrainasining Chernobilidagi portlash Yevropani radiatsiya xatari ostida qoldirgan. Avgust oyida Rossiyaning Arxangelsk shahrida olib borilayotgan sinovlar vaqtida raketaning portlashi natijasida Rossiya federal yadroviy markazining besh nafar xodimi halok boʻlgan va hududdagi radiatsiya darajasi koʻtarilgan edi.

Avgust oyida, shuningdek, Kreml Arktika sohili boʻylab 5000 kilometrlik sayohatga chiqqan dunyodagi birinchi suzuvchi yadroviy reaktor borasida ekologlarning ogohlantirishlarini eʼtiborsiz qoldirdi.

Shu bilan birga, Kreml Markaziy Osiyoni Sovet davri konlarida qolgan milliard tonnaga yaqin uran chiqindilari muammosini hal etish uchun YI yordamiga muhtoj holatda qoldirgan.

Sizga maqola yoqdimi?
26
Yo‘q
Fikrlar 16
Siyosat
Captcha
| 2019-09-13

Ulardan keyin juda koʻp zararli yadroviy sinov hududlari qolgan. Yadroviy sinovlarni Rossiyaning oʻzida oʻtkazishgani yaxshiroq edi.

Javob berish
| 2019-09-12

Safsata

Javob berish
| 2019-09-12

Sovetlar nimaiki oʻgʻirlagan boʻlsa qaytarib bersin, oʻldirgan odamlarini hayotga qaytarib, oʻzi daf boʻlsin. Gʻarb bilan hamkorlik qilib, rivojlangan maʼqulroq. Boʻlmasa temir-tersakka toʻla chelakdek AvtoVAZ bosib ketgan hammayoqni.

Javob berish
| 2019-09-12

Buning yoʻli osonku! Agar “sovetlar” hayotingizni shu darajada rasvo qilgan ekan, ular qurgan hamma binolarni yoʻq qiling va oʻtovlarda yashang, choʻlga hojatga chiqing, yaylovda yugurib yuring. Siz bechoralarga “Camry” haydab restoranda ovqatlanish juda qiyin boʻlib qolibdi.

Javob berish
| 2019-09-11

Bizning Oʻzbekistonda esa Sovetlar Orolni quritdi va bu ekologik halokat keltirib chiqardi. AQSH bilan rivojlanganimiz yaxshiroq edi.

Javob berish
| 2019-09-10

Rossiya hali ham yovvoyi, odamlar yogʻoch uychalar ichida hojatlarini chiqarib, qariqiz barglari bilan istinjo qilishadi. Madaniyat nimaligini bilmaydilar, hayvonsifat va piyonistalar.

Javob berish
| 2019-09-10

Toʻgʻri xulosalar chiqarish zarur. Tizim batamom eskirgan. Rivojlangan davlatlardan oʻrnak olib, investitsiyalar yordamida ulardagi tizimni joriy qilishimiz kerak. SSSR parchalanganidan keyin oʻtgan davr Rossiyada bugun ham rivojlanish boʻlmayotganini koʻrsatmoqda.

Javob berish
| 2019-09-10

Bechora Qozogʻiston va Oʻzbekiston! Sovet maxluqlari boʻlmaganida, hali ham tezak yoqarmidilaring, ertalabdan kechgacha oʻtovda baxtli hayot kechirib gunohdan uzoq boʻlarmidilaring! Yoʻq, ular kelib eshaklaringni tortib olishdi, sanoatlashtirishdi... endi ishlash kerak boʻlib qoldi. Shunday boʻlmaganida, qoʻyni tutib oyogʻini yulib yeb, uxlagani yotar edingiz!

Javob berish
| 2019-09-10

SSSR yadroviy poligonda tirik odamlar ustidan gʻayriinsoniy tajribalar ham oʻtkazgan. Kavkaz xalqlari, qozoqlar va ukrainlar qatliomini amalga oshirdi. U terrorchi mamlakat boʻlgan.

Javob berish
| 2019-09-10

Yaxshiyamki, Sovet Ittifoqi osongina parchalanib ketdi

Javob berish
| 2019-09-10

Aksilsovet safsatasi

Javob berish
| 2019-09-10

Sovetlar Qozogʻistonda zavodlar qurishgan, lekin ularning 90 foizi Qozogʻiston emas, Sovet Ittifoqi foydasiga ishlar edi. Aslida, ular tabiiy boyliklarimizni Rossiyaga olib chiqib ketdilar, xolos. Orol dengizini esa quritib yoʻq qilishdi.

Javob berish
| 2019-09-10

28 yillik mustaqillik davrida hammasini oʻzingiz xohlagandek qilishga nima toʻsqinlik qildi?

Javob berish
| 2019-09-10

Qozoqlar “shoʻrolar” tufayli oʻz davlatiga ega boʻldi. Buyuk Oktabr inqilobisiz qozoqlar, tojiklar, oʻzbeklar yoki qirgʻizlar hozir qayerda boʻlishardi?

Javob berish
| 2019-09-10

Qozogʻistonni inqilobgacha ham Rossiyaning mustamlakasi edi. Davlatlar Rossiyasiz ham yaxshigina rivojlanmoqda. Bunga yaqqol misol – Janubiy va Shimoliy Koreya. SSSR shuningdek, sunʼiy ocharchiliklarni keltirib chiqarib, qozoqlar va ukrainlar qatliomini ham amalga oshirgan. Bu jinoyatlar Gitlerning qilmishlaridan ham ogʻirroq.

Javob berish
| 2019-09-10

Bizning davlatchiligimiz uchun sovet mentalitetidan xoli boʻlish yaxshiroq. Darvoqe, Rossiyada ham millat degan tushuncha qolmadi. U shunchaki ishchi-xizmatkorlari va malaylari bor bir toʻda gangsterlar va qonundagi oʻgʻrilardan iborat. Sud hokimiyati ham, politsiya ham, parlament ham yoʻq. Bu davlat emas. Bu jinoyatchilar yurti.

Javob berish