http://central.asia-news.com/uz-Latn/articles/cnmi_ca/features/2019/09/10/feature-02
| Xavfsizlik

Qirgʻiziston OQQ tarqalishiga qarshi kurash choralarini takomillashtirmoqda

Karvonsaroy

Haagada joylashgan Kimyoviy qurollarni taqiqlash tashkiloti bosh qarorgohidagi himoya niqobi. (Djon Tis/AFP)

ISSIQKOʻL, Qirgʻiziston – Dushanba-chorshanba (9-11-sentabr) kunlari Issiqkoʻl viloyatida Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti (YHXT) va Qirgʻiziston iqtisodiyot vazirligi tomonidan ommaviy qirgʻin qurollari tarqalishining oldini olishga bagʻishlangan davra suhbati tashkil etildi.

Davra suhbati BMT Xavfsizlik kengashining ommaviy qirgʻin qurollari (OQQ) tarqalishining oldini olishga qaratilgan 1540-sonli rezolutsiyasini amalga oshirish boʻyicha Qirgʻizistonda 2017-2019-yillarga moʻljallangan Milliy harakatlar rejasiga bagʻishlandi.

“Ushbu tadbir konstruktiv muloqot maydoni boʻlib xizmat qildi hamda mamlakat ichida va tashqarisida OQQ tarqalmasligini yanada samaraliroq nazorat qilish boʻyicha Qirgʻizistonning saʼy-harakatlarini birlashtiradi”, dedi Iqtisodiyot vazirligining tarifsiz tartibga solish va eksport nazorati boshqarmasi boshligʻi Nazar Malayev.

Suratda: 9-sentabr kuni Qirgʻizistonning Issiqkoʻl shahrida YXHT homiyligida oʻtgan BMT Xavfsizlik kengashining 1540-sonli rezolutsiyasi ijrosiga bagʻishlangan muhokama ishtirokchilari. (YXHT)

Vazirlik 1540-sonli rezolutsiya ijrosi boʻyicha Milliy harakatlar rejasining amalga oshirilishini muvofiqlashtiruvchi asosiy davlat idorasi hisoblanadi.

Qirgʻiziston urush vaqtida kimyoviy va biologik qurol ishlatishni taqiqlovchi 1925-yilgi Jeneva protokoliga qoʻshilgan ilk Markaziy Osiyoda davlati boʻlgan edi, dedi Malayev.

Davra suhbatida Qirgʻizistondagi tegishli vazirlik va idoralarning mansabdor shaxslari, shuningdek, 1540-sonli rezolutsiya ijrosiga masʼul boʻlgan mutaxassislar Milliy harakatlar rejasining ijrosini muhokama qilib, kelgusida amalga oshiriladigan tavsiyalarni ishlab chiqdilar.

Shuningdek, ishtirokchilar Qirgʻiziston tomonidan qabul qilingan huquqiy choralar va tegishli qonunlarning ishlab chiqilishini muhokama qildilar.

“Qirgʻiz rasmiylarining bu kabi tadbirlardagi faol ishtiroki Qirgʻizistonning oʻz xalqaro majburiyatlarini bajarishga tayyorligini yana bir karra tasdiqlaydi”, dedi YXHTning Bishkekdagi idorasi rahbari Pyer fon Arks.

Sizga maqola yoqdimi?
9
Yo‘q
Fikrlar 0
Siyosat
Captcha