Karvonsaroy
Terrorizm

AQSh terrorchilik guruhlari va ularning moliyaviy homiylariga qarshi kurashda oʻz vakolatlarini kengaytirmoqda

Karvonsaroy

Gibraltar sohillari yaqinida eski nomi “Grace-1” boʻlgan “Adrian Daryo-1” neft tankeri bortida hilpirab turgan Eron bayrogʻi, 18-avgust. 6-sentabr kuni mazkur kema xalqaro sanksiyalarga zid ravishda Suriya sohillarida paydo boʻlgani aytilmoqda. (Djonni Bugedja/AFP)

Gibraltar sohillari yaqinida eski nomi “Grace-1” boʻlgan “Adrian Daryo-1” neft tankeri bortida hilpirab turgan Eron bayrogʻi, 18-avgust. 6-sentabr kuni mazkur kema xalqaro sanksiyalarga zid ravishda Suriya sohillarida paydo boʻlgani aytilmoqda. (Djonni Bugedja/AFP)

VASHINGTON, KO – Qoʻshma Shtatlar terrorchi guruhlar yetakchilari hamda ularni dunyo boʻylab moliyaviy qoʻllab-quvvatlayotgan tashkilot va shaxslarga qarshi kurashuvchi rasmiylar hamda idoralarining vakolatlarini kengaytirdi.

Seshanba (10-sentabr) kuni AQSH moliya vazirligi tomonidan eʼlon qilingan bayonotga koʻra, yangi farmoyish “AQSH hukumatiga terrorchi guruhlarning rasmiylari va yetakchilari, shu bilan birga, terrorchilarni tayyorlashda ishtirok etgan shaxslarga qarshi yanada samarali kurashish imkonini beradi”.

Belgilangan terrorchilar roʻyxatidagi “har qanday shaxs nomidan muhim moliyaviy operatsiyalarni qasddan olib borgan yoki koʻmaklashgan chet el moliyaviy tashkilotlariga qarshi ikkilamchi sanksiyalarni qoʻllash ham koʻzda tutilgan”, deyiladi bayonotda.

“Bu yangi vakolat terrorchilar va ularga moliyaviy koʻmak beruvchilar oʻz yovuz niyatlarini amalga oshirishlarida xalqaro moliyaviy tizimga tayanishiga imkon yaratib berish yomon oqibatlarga sabab boʻlishi haqida barcha xorijiy tashkilotlarini ogohlantirishga xizmat qiladi”, deya davom ettiriladi bayonotda.

Suriyaning Tartus porti yaqinida koʻringan Eronning “Adrian Daryo-1” neft tankeri, 6-sentabr kuni sunʼiy yoʻldoshdan olingan surat. (Digital Globe)

Suriyaning Tartus porti yaqinida koʻringan Eronning “Adrian Daryo-1” neft tankeri, 6-sentabr kuni sunʼiy yoʻldoshdan olingan surat. (Digital Globe)

Suriyadagi fuqarolar urushida halok boʻlgan sheriklarining ommaviy dafn marosimlarida ishtirok etayotgan Eron islom inqilobi qoʻriqchilari korpusi aʼzolari. (Eron mudofaa vazirligi)

Suriyadagi fuqarolar urushida halok boʻlgan sheriklarining ommaviy dafn marosimlarida ishtirok etayotgan Eron islom inqilobi qoʻriqchilari korpusi aʼzolari. (Eron mudofaa vazirligi)

Kengaytirilgan vakolatlar bilan bir qatorda, AQSH moliya vazirligi terrorchi guruhlar, jumladan Falastinning Xamas guruhi, “Islom davlati” (ID), Al-Qoida va Eron Islom inqilobi qoʻriqchilari korpusining Quds boʻlinmasi (IRGC-QF) bilan bogʻliq 15 nafar shaxs va tashkilotni belgilab oldi.

Bu choralar AQSH davlat departamenti olib borayotgan choralar bilan birgalikda soʻnggi 15 yil ichida terrorchilar va ularni qoʻllab quvvatlovchilarga qarshi uzoqni koʻzlab qabul qilingan qarorlardan biri boʻldi, deyiladi bayonotda.

Eron neft tashish tarmogʻi nishonda

Yangi vakolatlarning berilishi IRGC-QF tomonidan boshqarilgan va uni moliyaviy qoʻllab-quvvatlovchi Eronning yirik neft tashish tarmogʻiga qarshi AQSH sanktsiya qoʻllayotgan bir vaqtga toʻgʻri keldi.

Eron Islom inqilobi qoʻriqchilari korpusining Quds boʻlinmasi bu tarmoq orqali oʻtgan yil ichida Eron, jumladan terrorchi guruhlarni qoʻllab-quvvatlash va noqonuniy subyektlar manfaatlarini koʻzlagan holda qiymati “yuz million AQSH dollari yoki undan ham koʻproq miqdorda” neft tashigan, deyiladi Moliya vazirligining 4-sentabr kungi boshqa bir bayonotida.

Guruh tomonidan oʻnlab yillar davomida dunyo boʻylab olib borilgan tujovuzkor xatti-harakatlar ortidan Qoʻshma Shtatlar aprel oyida Eron Islom inqilobi qoʻriqchilari korpusini terrorchi tashkilot deb eʼlon qilgan edi.

“Eron mintaqa va dunyoni beqarorlashtirishga qaratilgan provokatsion harakatlarni davom ettirmoqda”, dedi AQSH moliya vaziri Stiven Mnuchin. “Vazirlik tomonidan mustahkam neft tarmogʻiga qarshi koʻrilgan choralar Eron neftini sotib oluvchilar mamlakatning jangovar-terrorchi qanoti boʻlmish Eron Islom inqilobi qoʻriqchilari korpusining Quds boʻlinmasini qoʻllab-quvvatlayotganliklarini yaqqol ochib bermoqda.”

IRGC guruhining yuqori lavozimli mansabdorlari Eron nefti eksportini uzoq muddatdan beri nazorat qilib kelgan va koʻpincha uning kelib chiqishini yashirib, Suriya rejimi yoki Yaqin Sharqdagi vositachilarga yetkazib bergan, deyiladi 4-sentyabr kungi bayonotda.

IRGC-QF qoʻmondoni Qosim Sulaymoniy IRGC-QF rasmiylaridan biri boʻlmish Rustam Qosimiyga rahbarlik qiladi, u esa neft tashuvchi shaxslar guruhi va kompaniyalar, Eron neft xom-ashyosi, kondensat va dizel yoqilgʻisini sotuvchi kemalarni boshqaradi.

Qosimiy tarmoqni boshqarishda ishonchli IRGC-QF rasmiylariga va sheriklariga tayanadi. Uning oʻgʻli Murtazo Qosimiy tarmoqning neft shartnomalarini imzolashga yordam bergan.

Livanlik Ali Qasir IRGC-QF sheriklaridan biri boʻlib, IRGC-QF boshqargan tarmoqning tayanch nuqtasi boʻlib xizmat qiladi. Uning tarmoqdagi moliyaviy munosabatlar boʻyicha vazifalari mahsulotlar narxini kelishish va kemalarga oid toʻlovlarni amalga oshirishdan iborat.

Eron kemasi xalqaro sanktsiyalarni buzmoqda

Oʻtgan hafta eʼlon qilingan sunʼiy yoʻldosh suratlarida Suriyaning Tartus bandargohida turgan Eron kemasi aks etgan – bu ikkala mamlakatga nisbatan joriy etilgan sanksiyalarning buzilishi boʻlib, AQSHning terrorga qarshi kurash boʻyicha sanksiyalarining oʻz vaqtida kengaytirilayotganini isbotlaydi.

Supertanker bilan bogʻliq voqea 4-iyul kuni boshlangan – oʻshanda Gibraltar xavfsizlik kuchlari Britaniya Qirollik dengiz askarlari koʻmagida Suriyaga 2,1 mln. barrel neft olib ketayotganlikda gumon qilingan kemani qoʻlga olgan edilar.

AQSHning 11 soat davomida hibsda ushlab turish boʻyicha rasmiy arizasiga qaramay, 15-avgust kuni Gibraltar sudi kemani ozod qilishga buyruq bergan. Eron kemani Yevropa Ittifoqining sanksiyalari ostidagi mamlakatlarga bormasligi haqida yozma ishonchnoma topshirgan.

18-avgust kuni ozod qilingan tanker Sharqiy Oʻrtayer dengizi boʻylab, Eron bayrogʻi va yangi “Adrian Daryo-1” nomi ostida ilonizi shakldagi sayohatini boshlagan. Uning avvalgi nomi “Grace-1” edi.

Eron sharq tomonga yoʻnalgan kemaning Suriyaga ketayotganini bir necha bor inkor etarkan, uning yakuniy manzilini hech qachon ochiqlamagan.

Bu orada AQSH moliya vazirligi terrorizmga qarshi kurashga oid buyruqqa muvofiq, kemani qora roʻyxatga kiritgan va “Adrian Daryo-1” taqiqlangani hamda unga yordam bergan har kim sanksiyaga uchrashi mumkinligini bayon qilgan edi.

“Adrian Daryo-1” Suriyaga qarab suzmayotganini aytgan har qanday odam oʻzini aldayotgan boʻladi”, deb yozgan 6-sentabr kuni sobiq AQSH miliy xavfsizlik maslahatchisi Jon Bolton oʻzining Twitter sahifasida sunʼiy yoʻldoshdan olingan suratlarni chop etib.

“Tehron oʻz xalqiga yordam berish oʻrniga zolim Asad rejimini moliyalashtirishni afzal koʻradi”, deb yozgan u Suriya prezidenti Bashar al-Asadni tilga olib. “Biz gaplashib olishimiz mumkin, ammo Eron yolgʻon soʻzlash va terrorni yoyishdan toʻxtamas ekan, sanktsiyalar yengillashtirilmaydi!”

Yakshanba (8-sentabr kuni) Erondagi davlatga qarashli ommaviy axborot vositalari tashqi ishlar matbuot kotibi Abbos Musaviydan iqtibos keltirib, kema Oʻrtayer dengizi sohillarida toʻxtagani va yukni tushirgani, ammo uning qayerdaligi aniq aytilmagani haqida xabar bergan.

“Adrian Daryo-1” manzilga yetib borgan va neft sotilgan”, deb aytgan u tafsilotlarni ochiqlamay.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 1

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500

Savol: kimlarni terrorchi deb hisoblashar ekan?

Javob berish