Karvonsaroy
Fan va texnologiya

Qozogʻiston Yevropa yadroviy tadqiqotlar tashkiloti bilan hamkorlikni yoʻlga qoʻyadi

Kanat Altinbayev

Qozogʻiston Yevropa yadroviy tadqiqotlar tashkiloti – CERN bilan hamkorlikni koʻzlamoqda. [Pexels]

Qozogʻiston Yevropa yadroviy tadqiqotlar tashkiloti – CERN bilan hamkorlikni koʻzlamoqda. [Pexels]

Qozogʻiston Yevropa yadroviy tadqiqotlar tashkiloti – CERN bilan hamkorlikni koʻzlamoqda. [Pexels]

NUR-SULTON – Qozogʻiston rasmiylari mamlakatning yadroviy ishlanmalarini rivojlantirish maqsadida Yevropa yadroviy tadqiqotlar tashkiloti – CERN bilan hamkorlikni yoʻlga qoʻyish niyatida ekanini maʼlum qildi, deb xabar beradi Caspian News seshanba (10-sentabr) kuni.

Qozogʻistonlik olimlar uchun yadro tadqiqotlari sohasida ulkan imkoniyatlar paydo boʻladi. Bu haqda Qozogʻiston energetika vazirining oʻrinbosari Sungat Yesimxanov seshanba kuni Senatdagi chiqishi chogʻida maʼlum qildi. “Tez orada ular Yevropa yadroviy tadqiqotlar tashkiloti laboratoriyalarida yaratilgan eng soʻnggi ishlanmalarning xalqaro tarmogʻidan foydalanishlari mumkin boʻladi.”

“Qozogʻistondagi universitetlar esa, CERN tomonidan oʻtkaziladigan turli tadqiqotlarda ishtirok etish imkoniga ega boʻladilar”, dedi Yesimxanov.

Yesimxanovning soʻzlariga koʻra, parlament quyi palatasi – Majlis Qozogʻiston va CERN oʻrtasidagi hamkorlik bitimini maʼqullab boʻlgan. Hujjat senat va prezident Qosim-Joʻmart Toʻqayev tomonidan maʼqullanishi lozim.

CERN Shveytsariyaning Meren shaharchasida joylashgan boʻlib, unga 23 davlat aʼzo.

Butunjahon yadro uyushmasi maʼlumotlariga koʻra, 2018-yilda Qozogʻiston uran ishlab chiqarish boʻyicha dunyoda yetakchi boʻlgan.

Mamlakat atom energiyasidan tinch maqsadlarda foydalanish boʻyicha yetakchi boʻlishga intilib kelgan. 1994-yilgi kelishuv doirasida u oʻz hududidagi Sovet davriga oid yadro qurollarini Rossiyaga topshirgan edi.

Qozogʻiston, shuningdek dunyodagi birinchi kam boyitilgan uran bankini ham boshqaradi . Oskemen shahridagi inshoot yadroviy qurolga ega qudratli davlatlarning uranni boyitish amaliyotlariga yoʻl qoʻymaslik maqsadida barpo etilgan.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 0

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500