http://central.asia-news.com/uz-Latn/articles/cnmi_ca/features/2019/09/19/feature-01
| Energiya

Eron Transkaspiy gaz quvuriga qarshilik qilayotgan Rossiyani qoʻllab-quvvatladi

Jumaguli Annayev

Rossiya va Eron prezidentlari – Vladimir Putin va Hasan Ruhoniy ikki davlat oʻrtasidagi aloqalar istiqboli, shu jumladan, energetik loyihalar boʻyicha “hamkorlik”ni muhokama qilish uchun 14 sentabr kuni Turkiyada uchrashdilar. [Kreml]

ASHXOBOD – Eron rejimi Turkmaniston va Ozarbayjon oʻrtasidan oʻtishi koʻzda tutilgan Transkaspiy suv osti gaz quvuriga qarshilik qilishda Rossiyaning safiga qoʻshildi.

Loyihaning asosiy maqsadi – Turkmaniston va Qozogʻiston tabiiy gazini Rossiya va Eronni chetlab oʻtgan holda, Turkiya va Yevropaning qolgan qismiga yetkazish boʻlib, Markaziy Osiyo davlatlari suvereniteti va mustaqilligini mustahkamlashga xizmat qiladigan davomiy oʻzgarishlarning bir qismi hisoblanadi.

Gaz bozoridagi raqobatdan xavfsiragan Rossiya va Eron rejimlari turkman gazining Ozaybayjonga, u yerdan esa Trans-Anatoliya (TANAP) va Trans-Adriatika (TAP) gaz quvurlari orqali janubiy Yevropaga yetkazib berilishiga anchadan beri qarshilik qilib kelmoqdalar.

Transkaspiy gaz quvuri Turkmaniston va Ozarbayjon orasidan oʻtishi koʻzda tutilgan suv osti quvuri hisoblanadi. Loyihaning asosiy maqsadi – Turkmaniston va Qozogʻiston tabiiy gazini Rossiya va Eronni chetlab oʻtgan holda, Turkiya va Yevropaga yetkazish. [Transkaspiy gaz quvuri veb-sayti]

2010-yilning 31-may kuni Shatlikdagi “Sharqiy-gʻarbiy” magistral gaz quvurining rasmiy ochilish marosimida milliy libosdagi turkman bolasi prezident Gurbanguli Berdimuhamedovni kutmoqda. (AFP)

TANAP 2018-yilda qurib bitkazilgan edi. TAPning qurilishi deyarli tugallangan.

“Eron gaz quvuri qurilishiga qarshi”, dedi 12-avgust kuni Turkmanistonning Ovoza shahrida boʻlib oʻtgan birinchi Kaspiy iqtisodiy forumida (KIF) Eron milliy gaz shirkati vakili Behruz Namdariy.

Uning bu soʻzlari ekologik muammolarni bahona qilayotgan Rossiya rasmiylarinikiga nisbatan dangalroq yangragan.

“Moskvaning Trans-Kaspiy gaz quvuri loyihasiga nisbatan munosabati oʻzgarishsiz qoladi”, deb aytgan Rossiyaning Ozarbayjondagi elchisi Mixail Bocharnikov 4-iyul kuni Ozarbayjonning Caspian Energy nashriga bergan intervyusida.

“Biz, eng avvalo, atrof-muhitni qoʻriqlash va muhofaza qilishga oid xalqaro kelishuvlar doirasidagi majburiyatlarimizga rioya qilishimiz lozim”, deb aytgan Bocharnikov.

“Ayrim iqtisodiy oʻyinchilarning faraziy va noaniq foydalari Kaspiyboʻyi mamlakatlari aholisining uzoq muddatli manfaatlari va suv havzasi ekotizimini saqlab qolish istiqbollaridan ustun boʻla olmaydi”, deb qoʻshimcha qilgan u.

Eron va Rossiya rejimlarining umumiy maqsadi

Moskva va Tehron Kaspiy dengizi tubidan yiliga 30 milliard kub metr gaz yetkazib bera oladigan quvur ularning xalqaro gaz bozoridagi mavqeiga putur yetkazishi, gaz eksportidan tushadigan valyuta tushumini kamaytirishi va gaz bozoridagi monopoliyani zaiflashtirishi mumkinligini tushunmoqda.

“Rossiya va Eron gaz zaxiralari boʻyicha yetakchi uchlikdan oʻrin olgan boʻlib, ularning ikkovi ham dunyo boʻyicha toʻrtinchi oʻrinni egallab turgan Turkmaniston bilan raqobatni istamaydi”, dedi prezident Gurbanguli Berdimuhamedovning neft va gaz masalalari boʻyicha maslahatchisi, Yaxshigeldi Kakayev idorasidagi ismi oshkor etilmasligini istagan rasmiylardan biri.

“Men ularni turkmanchasiga “baxillar” deb atayman, bu bilan hasadgoʻy va nima qilib boʻlsa ham zarar yetkazishga urinadigan odamlarni nazarda tutyapman”, dedi mansabdor Namdariyning nutqidan soʻng.

Forum davomida Namdariy gaz eksport qilishni istagan qoʻshni davlatlarga Eron infratuzilmasi, shu jumladan, gaz quvurlari va terminallaridan foydalanishni taklif qilgan.

“Namdariy tomonidan bildirilgan taklif sogʻlom fikrni ochiqdan-ochiq mazax qilishdir”, dedi mansabdor.

“Kaspiy dengizi orqali bevosita yoʻnalish turganida, u yerdan Ozarbayjon, Gruziya va Turkiyaning mavjud gaz tashish infratuzilmasi orqali Gʻarbga boradigan turkman gazi uchun aylanma yoʻlni taklif qilishga nima hojat bor?”, deydi u.

Soʻnggi yillarda Tehron va Moskva loyihaga qarshi chiqish uchun turli xil bahonalarni oʻylab topdilar, deydi Amanmurat Bekiyev taxallusi ostida soʻzlagan “Turkmangaz” (Turkmaniston davlat gaz kompaniyasi) vakili.

“Avvaliga ular (Rossiya va Eron) dengiz (sohil boʻyidagi harbir davlatlatning suv hududi va resurslari) yuridik jihatdan demarkatsiya qilinmagani sababli, qurilish taqiqlanganini iddao qildilar”, dedi u.

“(2018 yil avgust oyida) Kaspiy konventsiyasi imzolanganidan keyin esa, ular, gaz quvuri goʻyoki besh Kaspiyboʻyi davlatining atrof-muhitni muhofaza qilish boʻyicha majburiyatlariga zid, deyishni boshladilar”, dedi u Rossiya va Eron rejimlari loyihani toʻxtatish uchun sabotaj qilishlari mumkinligini aytar ekan.

Har safar Turkmaniston hukumati loyiha ustida ish boshlagan vaqtda, quvurga qarshi boʻlganlarning notiqligi kuchayadi, deb qoʻshimcha qildi u.

Tarafdorlar qarshilardan koʻproq

Moskva va Tehronning qarshiligiga qaramay, xalqaro maydonda quvur loyihasini koʻpchilik davlatlar qoʻllab-quvvatlamoqda.

Avgust oyida Kaspiy iqtisodiy forumida soʻzga chiqqan Yevropa Ittifoqining Markaziy Osiyo boʻyicha maxsus vakili Piter Burian loyihani yoqlar ekan, Turkmaniston bilan tegishli muzokaralar boshlanganini eʼlon qildi.

Turkman gazining Yevropaga olib oʻtilishidan katta daromad koʻrishi mumkin boʻlgan Ozarbayjon, Gruziya va Turkiya bilan bir qatorda, Qoʻshma Shtatlar ham Transkaspiy gaz quvuri qurilishini qoʻllab-quvvatlamoqda.

AQSH hukumati mart oyida Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedovga Navroʻz bayrami munosabati bilan yuborgan tabrigida, shuningdek, may oyida AQSHning Turkmanistondagi elchisi Mettyu Klimovning AQSH senati tomonidan ushbu lavozimga tasdiqlanishi munosabati bilan soʻzlagan nutqida Turkmanistonni qoʻllab-quvvatlashini bildirgan.

Oʻz chiqishi chogʻida Klimov Kaspiy dengizi orqali Turkmaniston gazining yetkazib berilishini jadallashtirish uchun qoʻlidan kelgan barcha ishni qilishga soʻz bergan edi.

“Kaspiy dengizidan gaz quvurini olib oʻtishimizda bizga yordam berayotganlarni va turli yoʻllar bunga bilan qarshilik qilayotganlarning hammasini yaxshi bilamiz”, dedi Turkmaniston neft va gaz tashkiloti xodimi.

“Bu quvur ham, Janubiy Osiyodagi TAPH gaz quvuri loyihasi ham hasadgoʻy davlatlar qarshiligiga qaramay qurib bitkaziladi”, dedi u Eron rejimi qarshi chiqayotgan qurilish jarayonidagi Turkmaniston-Afgʻoniston-Pokiston-Hindiston gaz quvurini nazarda tutib. Rejim Afgʻonistonda TAPH loyihasini barbod qilishda Tolibon jangarilariga bir necha bor koʻmaklashgan edi.

“Bu quvurlar kelajakda Turkmaniston iqtisodiyotiga katta hissa qoʻshadi”, deb qoʻshimcha qildi u.

Sizga maqola yoqdimi?
8
Yo‘q
Fikrlar 3
Siyosat
Captcha
| 2019-10-09

Eron va Rossiya 15 yildan beri
Misr, Suriya, Yaman, Livan, Hindiston, Xitoy va boshqa mamlakatlardagi
sunniy musulmonlarning manfaatlarga qarshi boʻlib kelishmoqda.
Ular qatliomlarni va
Myanma va Xitoydagi musulmonlar genotsidini
ragʻbatlantirmoqdalar. Men
Moskva va Eroning siyosatini tushunmayapman.
Qanday qilib axir, AQSH, Rossiya va Erondan tashqari
butun dunyoda 100 dan ortiq
mustaqil mamlakat bor.
Ularning ham oʻz manfaatlari,
oʻz siyosati, oʻz mustaqilligi bor.
Agar gaplarimga qoʻshilsangiz,
menga belgi yoki taklif bering.
Alloh sizdan rozi boʻlsin. Omiyn!!!

Javob berish
| 2019-09-27

Kaspiy orqali gaz quvuri qurilishi atrof-muhit uchun xavfli ekanmi? Boltiq dengizi orqali oʻtgan Shimoliy oqim quvuri-chi, u bilan hammasi joyidami? Rossiyaning asosiy telekanallariga ishonadigan boʻlsangiz, atrof-muhitga hech narsa xavf solmayapti.

Javob berish
| 2019-09-20

Mana shunaqa, Rossiya – Qozogʻiston va Turkmanistondan Yevropaga oʻtadigan gaz quvuriga qarshilik qiladigan strategik hamkor. Yaxshiyamki, Xitoy bu quvur qurilishida ishtirok etishga vaʼda bergan.

Javob berish