http://central.asia-news.com/uz-Latn/articles/cnmi_ca/features/2019/09/30/feature-01
| Terrorizm

Qozogʻistonda nasha plantatsiyalarini yoʻq qilishga qaratilgan aksilgiyohvandlik operatsiyasi oʻtkazildi

Aydar Ashimov

Shimoliy Qozogʻiston viloyatidagi uy giyohvand moddalarni topishga oʻrgatilgan it – Ayka yordamida tintuv qilinmoqda, 16-sentabr kuni olgan surat. (Qozogʻiston IIV)

NUR-SULTON – Qozogʻiston xavfsizlik kuchlari har yili oʻtkaziladigan “Koʻknor” operatsiyasi yordamida giyohvand moddalarning noqonuniy aylanmasiga qarshi kurashib kelmoqda.

Operatsiya har yili iyun oyidan to oktyabrga qadar oʻtkaziladi, aynan shu vaqtda yovvoyi nasha oʻsib yetiladi. Qozogʻiston ichki ishlar vazirligi (IIV) xabariga koʻra, bu yilgi operatsiyadan koʻzlangan maqsad – Chuy viloyatida narkotrafik yoʻnalishlarini aniqlash hamda nashani terish, qayta ishlash va tarqatilishining oldini olishdir.

“Narkofurushlarni qoʻlga olish uchun giyohvandlik faoliyati yuqori boʻlgan Jambil va Qiziloʻrda viloyatlari politsiya boʻlinmalariga qoʻshni viloyatlardan qoʻshimcha kuch va vositalar yetkazib berilmoqda”, deyiladi vazirlik xabarida.

Turkiston viloyatidagi “Jibek Joli” nazorat-oʻtkazish punkti chegarachilari avtomobilga yashirilgan geroinni musodara qildilar, 20-sentabr kuni olingan surat. (Qozogʻiston DXQ)

“Shuningdek, Qiziloʻrda viloyatida maxsus “Sunkar” (Lochin) vertolyot boʻlinmasi yordamida noqonuniy ravishda nasha yetishtirilayotgan hududlarni aniqlash maqsadida yetib borish qiyin boʻlgan va olis hududlar uzra parvozlar amalga oshirilmoqda”.

IIV maʼlumotlariga koʻra, operatsiya boshlanganidan beri giyohvand moddalar bilan bogʻliq 676 ta jinoyat fosh etildi. Shuningdek, 16,7 tonna giyohvandlik vositalarini musodara etilib, 23 ta nasha plantatsiyasini yoʻq qilingan.

“Narkofurushlarga qarshi asosiy kurash Chuy vodiysida olib borilmoqda, bu yerda tarkibida yuqori darajadagi tetragidrokannabinol (TGK) narkotik moddasi boʻlgan nasha oʻsadi”, deydi Chuyda istiqomat qiluvchi jamoatchilik faoli Yerkin Kultayev.

“Vodiyda 140 ming gektar maydonda har yili bir necha ming tonna psixofaol nasha oʻsadi”, dedi Kultayev.

2018-yilda “Koʻknor” operatsiyasi davomida giyohvand moddalarning noqonuniy aylanmasi bilan bogʻliq 1000 dan ortiq jinoyat fosh etildi. Turli xildagi 22 tonna narkotiklar musodara qilinib, tarkibida qoradori boʻlgan jami 10 tonna oʻsimlik yoʻq qilingan.

Markaziy Osiyoda giyohvand moddalarning noqonuniy aylanmasi koʻp hollarda mintaqadagi terrorchilik faoliyatiga aloqadordir.

Bugungi kunda giyohvand moddalarning noqonuniy savdosidan olingan pullar katta ehtimol bilan terrorizmni moliyalashtirish uchun ishlatilishi mumkin, deydi Nur-sultonlik siyosatshunos Bolatbek Isayev.

“Jinoyatchilik, giyohvandlik va terrorizm koʻpincha bitta tugunga birlashadi. Terrorchilar oʻz jinoiy harakatlarini qurolli jihod deb atab, ularni oqlashga urinadilar, bu yoʻlda talonchilik va giyohvand moddalar savdosidan ham tap tortmaydilar”, dedi u.

Isayevga koʻra, giyohvand moddalar savdosidan tushgan mablagʻ terrorizmni moliyalashtirishga yoʻnaltirilishi mumkin. Bu yerda gap “afgʻon giyohvand moddalari va Chuy vodiysi qoradorisini Markaziy Osiyo mamlakatlarining chegaralari orqali olib oʻtish” haqida gap ketmoqda.

Narkotiklarga qarshi kurash choralari

Yaqinda oʻtkazilgan operatsiya giyohvand moddalarga qarshi boshqa chora-tadbirlar va narkotiklar savdosida gumonlanganlarning hibsga olinishi bilan bir vaqtga toʻgʻri keldi.

Masalan, 20-sentabr kuni Turkiston viloyatining Sariogʻoch tumanidagi “Jibek Joli” nazorat-oʻtkazish punktida Qozogʻiston davlat xavfsizlik qoʻmitasining chegara qoʻshinlari tomonidan 25 yoshli tojikistonlik fuqaroning mashinasida 12 kg geroin aniqlangan.

Avgust oyida huquq-tartibot organlari Rossiyadan Qozogʻistonga sintetik giyohvand moddalar yetkazib berilgan yoʻlni toʻsishga muvaffaq boʻlganlar.

Shu bilan birga, 25-sentabr kuni IIVning Giyohvand moddalar savdosiga qarshi kurash departamenti WhatsApp ilovasida giyohvand moddalarning noqonuniy savdosi bilan bogʻliq hodisalar toʻgʻrisida xabar berish mumkin boʻlgan “qaynoq liniya” ishga tushirilganini maʼlum qildi.

5-iyul kuni Qozogʻistonda nazorat qilinadigan giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarning yangi roʻyxati tasdiqlandi. Yangilangan roʻyxatga 89 ta yangi modda kiritilgan.

Sizga maqola yoqdimi?
3
Yo‘q
Fikrlar 0
Siyosat
Captcha