Karvonsaroy
Ommaviy axborot vositalari

Tehrondagi rus jurnalistining Eron tomonidan qoʻlga olingani Moskvani gʻazabga soldi

AFP va Karvosaroy

Rossiya tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi Mariya Zaxarovaning soʻzlariga koʻra, Isroil foydasiga josuslik qilishda gumonlangan rossiyalik jurnalist bilan bogʻliq voqeaga oydinlik kiritish uchun, Eron elchixonasi vakili zudlik bilan vazirlikka chaqirtirilgan. (Rossiya tashqi ishlar vazirligi)

Rossiya tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi Mariya Zaxarovaning soʻzlariga koʻra, Isroil foydasiga josuslik qilishda gumonlangan rossiyalik jurnalist bilan bogʻliq voqeaga oydinlik kiritish uchun, Eron elchixonasi vakili zudlik bilan vazirlikka chaqirtirilgan. (Rossiya tashqi ishlar vazirligi)

Rossiya hukumati Eron elchisini Moskvaga chaqirib, Tehronda rossiyalik jurnalistning hibsga olinishiga oydinlik kiritishni soʻragan. Bu haqda Rossiya rasmiylari juma (4-oktabr) kuni xabar berganlar.

Rossiya tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi Mariya Zaxarovaga koʻra, Eron elchixonasi vakili Isroil foydasiga josuslik qilishda gumonlangan rossiyalik jurnalist bilan bogʻliq voqeaga “aniqlik kiritish va jurnalist Yuliya Yujikning huquqlari himoya qilinishini taʼminlash maqsadida zudlik bilan tashqi ishlar vazirligiga taklif etilgan”.

Zaxarova boshqa tafsilotlarni ochiqlamadi.

Tehrondagi Rossiya elchixonasining AFPga maʼlum qilishicha, diplomatik missiya jurnalist oldiga kirish uchun konsullik ruxsati berilishini soʻragan.

“U Isroil xavfsizlik xizmatlariga ishlaganlikda ayblanmoqda”, deb aytgan Tehrondagi Rossiya elchixonasi matbuot kotibi Andrey Ganeko jurnalistning onasi bergan maʼlumotga tayanib.

Rossiya ommaviy axborot vositalari tomonidan Yujikning sobiq eri deb iddao qilingan jurnalist Boris Voysexovskiyning soʻzlariga koʻra, ayol payshanba kuni Tehronda qoʻlga olingan va qamoqqa tashlangan. Sud jarayoni shanba (5-oktabr) kuniga belgilangan, dedi u.

Voysexovskiyning aytishicha, Eron Islom inqilobi qoʻriqchilari korpusi (IRGC) aʼzolari Yujik yashayotgan mehmonxona eshigini buzib kirib, uni qoʻlga olganlar. Unga payshanba kuni kechqurun oila aʼzolariga qoʻngʻiroq qilishga ruxsat berilgan.

IRGC aprel oyida Qoʻshma Shtatlar tomonidan terrorchilik tashkiloti deb tan olingan. Oʻtgan oy AQSH rasmiylariga terrorchilik tashkilotlarini qoʻllab-quvvatlayotgan xorijiy moliyaviy institutlarni nishonga olish uchun kengaytirilgan vakolatlar berilgan edi.

38 yashar Yujik bir qator nashrlar, jumladan “Newsweek” saytining ruscha versiyada ishlagan.

U ikkita kitob muallifidir. Ulardan biri – 2004-yilda 330 kishini hayotdan olib ketgan (ularning qariyb yarmi yosh bolalar) Beslan maktabidagi qonli qirgʻinda omon qolganlar guvohligiga asoslanib yozilgan “Beslan lugʻati” kitobidir.

Ehtiyotkor ittifoqchilar

Soʻnggi hodisa Moskva va Tehron oʻrtasida tobora kuchayib borayotgan tanglikni aks ettirayotgan boʻlishi mumkin.

Kuzatuvchilarga koʻra, Rossiyaning Suriyadagi urushdan keyingi ambitsiyalari uni mamlakatdagi harbiy hozirlikni uzaytirishga, siyosiy va iqtisodiy taʼsirini kengaytirishga undamoqda, bu esa IRGC kuchlarining Suriyadagi mavqeini mustahkamlashga intilayotgan Eron bilan ixtilof keltirib chiqarishi muqarrardir.

Shu bilan bir vaqtda, barcha alomatlar Rossiyaning Suriyada muddatsiz qolishiga ishora qilmoqda .

Yaqinda Rossiya mudofaa vazirining Suriyaga tashrifi chogʻida, AFP va boshqa nashrlar jurnalistlari Rossiya qoʻshinlarining Yaqin Sharq boʻylab taʼsirga ega boʻladigan harbiy hozirliklarini mustahkamlayotganiga guvoh boʻldilar.

Rossiyaning harbiy va suvosti kemalari Oʻrtayer dengizi sharqidagi ulkan majmua – Tartus bazasiga namoyishkorona joylashtirilgan.

Ammo shu bilan birga muxbirlarga dam olayotgan askarlarning trenajyor zalida mashq qilayotgani, ruscha pishiriqlar bilan siylayotgan qandolatchilik rastalari, “banya” nomi bilan tanilgan mashhur yogʻoch hammomlar va hatto piyozsimon gumbazli, ichi ikonalarga toʻla pravoslav cherkovlari koʻrsatilgan.

Rus askarlari uchun “barcha zaruriy qulayliklar” yaratib berilgan, deydi zobitlardan biri.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 8

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500

Boʻlmagan gap. Dushmanlarimiz hamma yerda bor. Butun dunyo bizning dushmanimiz.

Javob berish

Zaxarova bozorda hojatxona qog‘ozi sotishga yaraydi xolos

Javob berish

Eron yoki Isroil? Rossiya Isroilni tanlaydi!

Javob berish

Qayerda Moskvaning noroziligini koʻrdingiz??? Igʻvo qilib Eronga yahudiy jurnalistlarni yuborish kerak emas, ular faqat ikki davlat oʼrtasidagi munosabatni buzadi xolos. Rossiyada Eronga yaxshi munosabatda boʻlgan musulmon jurnalistlar talaygina.

Javob berish

Yo‘q! Buning oxiriga yetish kerak.

Javob berish

Eron mustaqil va suveren davlat, Rossiyalik oʻgʻrilarning nogʻorasiga oʻynashga majbur emas.

Javob berish

Eronning Rossiyadan qarzi yoʻq. Zaxarova jahannamga ravo boʻlaversin.

Javob berish

Smok

Javob berish