Karvonsaroy
Energiya

Rossiyalik oligarxlar Turkmaniston neft-gaz sanoatiga chuqurroq kirib bormoqdalar

Jumaguli Annayev

Yaqinda oʻtkazilgan jurnalistik tekshiruvga koʻra, rossiyalik oligarxlar Turkmanistondagi neft va gaz obyektlarini barpo etish boʻyicha manfaatli shartnomalarni yutib olish uchun korrupsion aloqalarini ishga solgan.

Yaqinda oʻtkazilgan jurnalistik tekshiruvga koʻra, rossiyalik oligarxlar Turkmanistondagi neft va gaz obyektlarini barpo etish boʻyicha manfaatli shartnomalarni yutib olish uchun korrupsion aloqalarini ishga solgan.

ASHXOBOD – Rossiya oligarxlari Turkmanistonning neft va gaz sanoatidagi oʻrinlarini mustahkamlar ekan, daromadni mahalliy iqtisoddan uzoqlashtirish orqali davlat suverenitetiga rahna solmoqda, deydi kuzatuvchilar.

“Narx va toʻlov borasida kelisha olmagan” Rossiyaning Turkmaniston gaziga nisbatan uch yildan ortiqroq davom etgan boykotidan soʻng, shu yili turkman gazining Rossiyaga yetkazilib berilishi qayta tiklandi, bu haqda “Gazakdirish” xodimi Karvonsaroyga maʼlum qilgan. “Gazakdirish” Turkmanistonning “Turkmangaz” monopol kompaniyasi tomonidan nazorat qilinuvchi gaz yetkazib berish korxonasidir.

Kelishuv Rossiyaning eng yirik gaz kompaniyasi boʻlmish “Gazprom” bosh ijrochi direktori Aleksey Millerning uchinchi tashrifidan keyin imzolangan, tashrif chogʻida u Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov hamda bir qator gaz sohasiga aloqador tashkilotlar rahbarlari bilan muzokara oʻtkazgan. Bu haqda tashkilotning anonim qolishni istagan xodimi xabar bergan.

Uchrashuvlar davomida Moskva Ashxobodni oʻz shartlari asosida gaz sotishga majburlagan – gaz eksporti tahqirli narxda 15 avgustdan soʻng qayta tiklangani haqida Turkmaniston poytaxtidagi kuzatuvchilar xabar berganlar.

Rossiya Turkmaniston ishga tushirishga harakat qilayotgan quvur loyihalariga qarshi chiqib, turkman gazining bozordagidan past narxda Rossiya orqali oʻtishini istaydi. [turkmenistan.gov.tm]

Rossiya Turkmaniston ishga tushirishga harakat qilayotgan quvur loyihalariga qarshi chiqib, turkman gazining bozordagidan past narxda Rossiya orqali oʻtishini istaydi. [turkmenistan.gov.tm]

Tanish-bilishchilik va firibgarlik

Rossiyalik oligarxlarga Turkmaniston hisobiga foyda keltiradigan yana bir neft-gaz sanoatiga oid bitimdan tanish-bilishchilik va firibgarlikning isi kelmoqda.

Avgust oyida Buyuk Britaniya, Kipr va Singapurda roʻyxatdan oʻtgan “GP Global Equipment” kompaniyasi Turkmanistonda gaz kompressorini qurish boʻyicha shartnomani yutib olgan.

Kompaniyaga rossiyalik biznesmen Igor Garankin egalik qiladi.

10-sentabr kuni emigrantlar yurituvidagi Turkmen.news sayti tomonidan chop etilgan jurnalistik tekshiruv maqolasiga koʻra, bitimning taxminiy qiymati 150-200 mln. AQSH dollariga (526,5-702 mln. turkman manati) teng.

Shartnoma “GP Global”ga taqdim etilguniga qadar Ashxobod hech qanday tender oʻtkazmagan.

Ashxobodlik tahlilchilarga koʻra, ushbu bitim Turkmaniston hukumat rasmiysi Viktor Xramovning bir necha yillar davomida olib borgan lobbizmi mahsulidir.

Xramovning oʻgʻli Denis Moskvada yashaydi.

Xramov Turkmanistonda Rossiya elitasi uchun manfaatli shartnomalarni taʼminlash va Turkmaniston neft-gaz sohasida Rossiya magnatlari uchun kerakli xodimlarni ishga tayinlashda hal qiluvchi rol oʻynaydi, deb aytgan shaxsi ochiqlanishini istamagan Turkmaniston hukumatiga yaqin shaxs.

Turkmaniston hukumati shartnoma “GP Global” kompaniyasiga taqdim etilganidan boshqa hech qanday maʼlumot bermagan.

“Aql bovar qilmaydi”, dedi Turkmaniston va xorijiy kompaniyalar oʻrtasida neft-gaz shartnomalarining imzolanishi borasidagi tafsilotlardan xabardor boʻlgan turkman rasmiysi.

“Kuchli lobbizm”

“Bu kompaniya 2015-yil Singapurda roʻyxatdan oʻtgan va uning nizom jamgʻarmasi 100 Singapur dollari yoki 72 AQSH dollariga teng”, dedi anonim qolishni istagan Turkmangaz korxonasining sobiq xodimi.

Bunday shubhali kompaniyaning qiymati bir necha millionga teng shartnomani yutishi “bu nafaqat korxona egalari bilan bogʻliq aldov va firibgarlikni, balki Xramov tomonidan kuchli lobbizm amalga oshirilayotganini” anglatadi, deydi sobiq rasmiy.

Uning aytishicha, avvallari Turkmanistonning kompressor stansiyalari va boshqa murakkab neft-gaz inshootlari Ukrainaning Sumi shahrida joylashgan kompaniya tomonidan barpo etilgan. Endi, Rossiya Qrimni noqonuniy ravishda anneksiya qilganidan beri rossiyalik oligarxlar Xramov bilan birlashib, ukrainaliklarni bozordan siqib chiqarmoqdalar.

Turkmen.news xabariga koʻra, Garankinning kompaniyasi 2007-yildayoq “Turkmanneft” uchun gaz-kompressor stansiyasini barpo etish boʻyicha 136 million dollarlik (476 million manat) shartnomani qoʻlga kiritgan edi.

Xramov Ashxoboddagi koʻplab rasmiylarning nafratini uygʻotdi, deydi sobiq Turkmangaz rahbari.

“Uni Moskvaning yugurdagi deyishadi”, dedi u Xramov haqida. “Ayrimlar uni Xaramov deb ataydi”.

Markaziy osiyolik “ittifoqchilarga” nisbatan iqtisodiy bosimlar

GP Global bilan bogʻliq bu hodisa Kreml sobiq Sovet Ittifoqi respublikalarini iqtisodiy jihatdan oʻz qoʻlida ushlab turishga urinayotgan paytda sodir boʻlmoqda.

Masalan, Rossiya yetakchiligidagi Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqi tomonidan oʻrnatilgan qoidalar Qozogʻistonga Rossiya hududi orqali Ukraina va boshqa Yevropa mamlakatlariga oziq-ovqat mahsulotlari eksport qilishga deyarli imkon qoldirmagan.

“Mahalliy kompaniyalar Rossiya orqali mahsulot olib oʻtish bilan bogʻliq doimiy muammolar tufayli katta ziyon koʻrishda davom etyapti”, deydi Nur-Sultondagi Milliy tadbirkorlar palatasi (MTP, “Atameken” nomi bilan ham ataladi) boshqaruvi raisining oʻrinbosari Yevgeniy Bolgert.

Ushbu holat YOIIning “rasmiy tavsiyalarga qaramay” oʻzgarishsiz qolmoqda, degan edi u iyul oyida Karvonsaroy bilan suhbatda.

Rossiya shuningdek, Markaziy Osiyo kompaniyalarining ichki bozordagi korxonalar bilan raqobatlashadigan mahsulotlar, jumladan meva-sabzavotlar, parrandachilik, neft-gaz mahsulotlari va hatto shirinliklar sotishiga toʻsqinlik qilish uchun YOIIdan foydalanmoqda.

Kuzatuvchilarga koʻra, Rossiya yetakchiligidagi Yevrosiyo Bojxona Ittifoqi (YOBI) tomonidan qabul qilingan va 2020-yilda kuchga kiradigan qoidalar ichki bozorlarda sut sotayotgan mahalliy qozoq fermerlarini siqib chiqarib, Rossiya korxonalarigagina foyda keltiradi.

Rossiyaning “Gazprom” neft-kimyo giganti ham 1 dollarlik ramziy narx evaziga “Qirgʻizgaz”ni egallab olish yoʻlida shubhali usullarni qoʻllagan va Bishkekda bepul zamonaviy oʻrta taʼlim maktabi qurishini aytib, yolgʻon vaʼdalar bergan edi.

2018-yilda “Gazprom” toʻsatdan Tojikistonda neft va gaz qidirishni toʻxtatishga qaror qilgan va mamlakatda neft va gaz konlarining ochilishiga boʻlgan umidlarini yoʻqqa chiqargan edi.

“Rossiya kompaniyalari oʻzlarini ishlayotgandek qilib koʻrsatishdi, xolos”, degan edi oʻshanda dushanbelik siyosatshunos Nuriddin Qarshiboyev Karvonsaroy bilan suhbatda. “Bu yerda boʻlishdan asl maqsad esa strategik hamkor ekanliklarini bildirish edi.”

“Chinakam strategik hamkor bunday qilmaydi”, degan edi u. “U qiyin vaziyatda bizga yordamga kela olishini isbotlashi kerak.”

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 1

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500

Tepib haydang ularni u yerdan

Javob berish