Karvonsaroy

Tojikistonda ekstremizmga eng moyil hududlar aniqlandi

Caravanserai

DUSHANBE -- Tojikiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik tadqiqotlar markazi mamlakatning ekstremistik kayfiyatga eng moyil bo‘lgan hududlarini aniqladi, bu to‘g‘risida chorshanba (1 noyabr) kuni Centre1.com xabar berdi.

Ekspertlar komissiyasining tahlilichisi Mullomuxtor Mulloev markaz veb-saytiga aholisi islomiy jangarilar bo‘lish ehtimoli eng baland bo‘lgan viloyatlar va boshqa hududlarni ko‘rsatuvchi xaritani joylashtirdi.

Hisobotga ko‘ra Rudaki, Vaxdat va Nurobod poytaxtga yaqin joylashgan xavfli hududlardir.

So‘g‘d viloyatida Ho‘jand, Isfara, Konibodom, Istaravshan va Panjikent shaharlari hamda Spitamen, Jabbor Rasulov, Asht, B. G‘afurov va Mastchoh tumanlari zaif hisoblanadi.

Xatlon viloyatida Ko‘lob shahri va Shahrituz, Kabadiyon, Bo‘xtar, J. Balhiy, Farhor va Voze tumanlari ta’sirchan deb topildi.

Hokimiyat organlari Vanj tumaniga Pomir tog‘laridagi ekstremistlar uchun eng xayrixoh joy sifatida qaraydilar.

1500 atrofida tojiklar xorijdagi terroristik va ekstremistik guruhlar qatorida jang qilmoqdalar, bu to‘g‘risida shu yilning yozida Ichki Ishlar Vaziri Ramazon Rahimzoda aytib o‘tgan edi.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 0

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500