Karvonsaroy

Toshkent terrorizmga qarshi kurashish bo‘yicha anjumanga mezbonlik qildi

Caravanserai

TOSHKENT -- O‘zbekiston “Terrorizmga qarshi kurashish – chegarasiz hamkorlik” nomi ostidagi xalqaro anjumanga mezbonlik qildi, deya chorshanba kuni (2 noyabr) xabar beradi Uzbekistan Today.

Ushbu anjumanda turli xil nodavlat tashkilotlari, Shanxay hamkorlik tashkiloti (ShHT) kuzatuvchi davlatlari va ShHTning a’zo davlatlari xavfsizlik tashkilotlari qatnashdilar.

"Xalqaro terrorchilik tashkilotlari a’zolari Afg‘onistonda qo‘nim topmoqda va ShHT a’zo davlatlari chegaralariga ham juda yaqin kelishmoqda. Undan tashqari ular o‘z mamlakatlariga qaytib, uyqudagi uyalarni tashkil qilishmoqda”, dedi ShHTning Mintaqaviy aksil-terror tuzilmasi Ijroya Qo‘mitasi rahbari Yevgeniy Sisoyev.

Anjuman qatnashchilari terrorizmni moliyalashtirishga barham berish uni yengishda juda muhim rol o‘ynaydi, deya fikr bildirdilar.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 0

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500