Karvonsaroy

Tojikistonda chet elda ta’lim olgan barcha imomlar ishdan bo‘shatiladi

AFP

DUSHANBE -- Tojikiston hukumati radikallashishning oldini olishga qaratilgan harakatlarning bir qismi sifatida o‘z diniy ta’limlarini chet elda olgan barcha imomlarning o‘z vazifalaridan ozod qilinishini e’lon qildi.

"Diniy ishlar bo‘yicha qo‘mita masjidlardagi diniy ta’limni chet elda olgan barcha imomlarni ishdan bo‘shatish tashabbusi bilan chiqdi", deb aytdi qo‘mita a’zosi juma kuni (3 noyabr) AFP muxbiriga.

Chet elda ta’lim olgan imomlar keyingi ikki hafta ichida o‘z vazifalaridan bo‘shatiladilar va ularning o‘rniga darhol respublikada ta’lim olgan imomlar tayinlanadi, dedi u.

"Masjidlardagi o‘z joylaridan jinoyatlarni sodir etishda foydalangan" 20 ga yaqin imomlar "diniy ekstremistik faoliyatlari" uchun jazoga tortildi, deb aytdi qo‘mita a’zosi. U o‘sha imomlarning chet elda diniy ta’lim olganliklari yoki yo‘qligini aytib o‘tmadi.

Tojikistonda imomlik uchun o‘qish mumkin bo‘lgan faqat bittagina o‘quv dargohi mavjud.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 0

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500