Karvonsaroy

Rossiya Moskvada Markaziy Osiyoliklar yetakchiligidagi “ekstremistlar uyasini” hibsga oldi

AFP

MOSKVA -- Rossiya xavfsizlik xizmati xodimlari Markaziy Osiyoliklar tomonidan yetachilik qilinishi aytilayotgan taqiqlangan Islom tashkilotiga a’zolikda gumon qilingan 69 kishini hibsga oldi, bu haqda seshanba (14-noyabr) kuni Federal xavfsizlik xizmati (FSB) xabar qildi.

Global sunniy musulmon missionerlik harakati bo‘lgan “Tablig‘i jamaot” a’zolari Moskva hamda uning atrofidagi hududda hibsga olindi, dedi FSB. Rossiyada bu guruh ekstremistik deb hisoblanadi va u 2009-yili taqiqlangan.

Hibsga olinganlarga Markaziy Osiyoliklar rahbarlik qilgan, jumladan, Rossiya fuqarolari ham jalb qilingan “ekstremistlar uyasi” bo‘lgan, dedi FSB.

FSB ko‘zda tutilgan faoliyatning tafsilotlarini bermagan holda “xalqaro tashkilotning chuqur yashirilgan tuzilmasining qonunga xilof faoliyatining” to‘sib qo‘yilganligini aytdi.

Xavfsizlik xizmati xodimlari tintuv vaqtida “aloqa qurilmalari hamda ekstremistik tashkilotning noqonuniy faoliyati to‘g‘risidagi hisobotlarga ega bo‘lgan elektron axborot saqlash qurilmalarini” musodara qildilar, dedi FSB hamda jinoiy ish ochilganligini qo‘shib qo‘ydi.

Ulardan bir nechtasi terroristik hujumlarga jalb qilinganidan keyingi so‘nggi oylarda FSB o‘z e’tiborini Shimoliy Kavkazlik ekstremistlardan olgan holda sobiq Ittifoqning Markaziy Osiyo davlatlaridan chiqqan shaxslarga nisbatan qattiq choralar ko‘rmoqda.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 0

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500