Karvonsaroy

Qozog‘iston din ishlari vaziri radikallashuvga qarshi kurashni davom ettirishga va’da berdi

Karvonsaroy

URALSK, Qozog‘iston -- Qozog‘iston radikallashuvni oldini olish bo‘yicha harakatlarini davom ettiradi, dedi chorshanba (15-noyabr) kuni Din ishlari va fuqarolik jamiyati vaziri Nurlan Yermekbayev. Bu haqda vazirlik matbuot xizmatiga asoslanib Kazinform xabar bermoqda.

Yermekbayev ushbu fikrni Uralskda G‘arbiy Qozog‘iston viloyati hokimiyati tashkil etgan din va milliy tarix anjumanida bildirdi.

Vazir Qozog‘istondagi dinlar tarixi haqida bayon qilar ekan, bag‘rikenglikning muhimligini ta’kidladi.

Anjumanda G‘arbiy Qozog‘iston viloyati hokimi Altay Kulginov, Qozog‘iston musulmonlari idorasi vakillari, din xizmatchilari va olimlar ham ishtirok etdilar.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 0

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500