Karvonsaroy

Qirgʻiziston Qozogʻistonning 100 million dollarlik yordamidan voz kechdi

AFP

BISHKEK – 16-noyabr, payshanba kuni Qirgʻiziston Respublikasi Prezidenti Almazbek Atamboyev Qozogʻistonning 100 million dollarlik moliyaviy yordamidan voz kechishga oid parlament qarorini imzoladi.

Qozogʻistonning moliyaviy koʻmagi Qirgʻiziston mahsulotlarini muayyan savdo standartlariga moslashtirishga yordam beruvchi laboratoriyalarni tashkil etishga qaratilgan, biroq, Qirgʻiz rasmiylariga koʻra, u bir necha bor kechiktirilgandi.

Markaziy Osiyodagi ikki qoʻshni mamlakat oʻrtasidagi munosabatlar oktyabrdagi saylovlar oldidan Qozogʻiston rahbari Nursulton Nazarboyev goʻyoki Atambayev tanlagan voris oʻrniga, taniqli muxolifat nomzodini qoʻllab-quvvatlagani sabab yomonlashgandi.

Saylovda Almazbek Atamboyev tanlagan nomzod gʻalaba qozonganidan beri, ikki mamlakat bir-biriga turli ayblovlar bilan chiqdi. Buning ustiga, Qozogʻiston tarafi Qirgʻizistondan import qilinadigan mahsulotlarga majburiy cheklovlarni joriy etdi.

Inform.kz nashri xabariga koʻra, Qozogʻiston Prezidenti Nursulton Nazarboyev 16-noyabr kuni Markaziy Osiyo davlatlari xalqlar ravnaqi va taraqqiyoti yoʻlida birlashishlari zarurligini taʼkidlagandi.

“Bu borada umidlarim katta. Qoʻshnichilik taqdirimizda bitilgan” – dedi Nazarboyev.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 0

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500