Karvonsaroy

Islom davlati jangarilarining oila a’zolari, shu jumladan Tojikiston fuqarolari vatanlariga qaytarilish uchun Bog‘dodga jo‘natildi

AFP

BOG‘DOD — Mosulda qo‘lga olingan “Islom davlati” (ID) jangarilarining 300 dan ziyod oila a’zolari o‘z vatanlariga qaytarilish uchun Shimoliy Iroqdan Bog‘dodga olib kelingan, deb xabar beradi 20-noyabr kuni AFP nashriga Iroq rasmiysi.

Iyul oyida qo‘shinlar Iroqning ikkinchi eng yirik shahri Mosulni “Islom davlati”dan qaytarib olib, jangarilarning oilalarini Shimoliy Mosulda joylashgan Tel Keif hibsxonasiga joylashtirganlar.

Hibsxonaning xavfsizlik xizmati katta xodimining aytishicha, sentyabr o‘rtalarida oilalar Tel Keifga olib kelinganida ular Yevropa, Osiyo va Amerikadagi 13 ta turli davlat fuqarolari bo‘lgan jami 509 ayol va 813 nafar boladan iborat edi. Bular ichida Tojikistonlik 10 kishi ham bo‘lgan.

Bu ko‘chirish ikkinchisi bo‘lib, bundan keyin yana ikki yoki uchta shunday deportatsiya kutilmoqda, dedi Nineveh viloyati kengashi raisining o‘rinbosari Nuriddin Qablan.

“Jihodchilarning jami 1200 oilalari Tel Keifdan poytaxtdagi xuddi shunday muassasaga ko'chiriladilar” deya qo‘shimcha qildi u.

Oo‘lga olinganlarga insonparvarlik yordami ko‘rsatish maqsadida bo‘lgan Norvegiya qochqinlar kengashi nodavlat tashkilotining xabar berishicha, bu oilalarning aksariyati Turkiya, Ozarbayjon, Rossiya va Tojikiston fuqarolaridir.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 0

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500