OSTONA -- Qozogʻiston Prezidenti Nursulton Nazarboyev va Qozogʻistonning Amerika Qoʻshma Shtatlaridagi elchisi Erjan Kazixanov Nazarboyevning tez orada amalga oshadigan AQSHga tashrifini muhokama qildilar, deya Nazarboyevning matbuot xizmatidan iqtibos keltirgan holda dushanba kuni (27-noyabr) xabar berdi Kazinform.
2018-yilning boshida oʻtkaziladigan ushbu tashrif davomida Nazarboyevning bir nechta yuqori martabali rasmiylar bilan uchrashishi hamda BMT Xavfsizlik Kengashi yigʻilishida qatnashishi kutilmoqda.