Karvonsaroy

KXSHT a’zolari mintaqaviy xavfsizlikni muhokama qiladilar

Karvonsaroy

MINSK, Belarus -- Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkilotiga (KXSHT) a’zo mamlakatlar rahbarlari payshanba kuni (30-noyabr) Minsk shahrida uchrashishlari belgilab qoʻyilgan, deya 28-noyabr, seshanba kuni xabar berdi AsiaPlus.tj nashri.

Armaniston, Belarus, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Rossiya va Tojikiston rahbarlari uchrashuvda 20 dan ortiq masalalarni muhokama qiladilar. Davlatlar rahbarlari KXSHT Kollektiv xavfsizlik kengashining a’zolari hisoblanishadi.

Boshqa masalalar qatorida, rahbarlar xalqaro vaziyatni tahlil qilgan holda mintaqaviy xavfsizlikni kuchaytirish choralarini muhokama qiladilar. Ular shuningdek, 2025-yilgacha moʻljallangan KXSHT kollektiv xavfsizlik strategiyasini amalga oshirish boʻyicha loyihaviy qarorni koʻrib chiqishni rejalashtirganlar.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 0

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500