Axborot byulletenimizga obuna bo‘ling
Twitter
Facebook
Youtube
Rss
M.logo uz latn

2017-11-29

Afg‘onistonning Kam Air aviakompaniyasi Toshkentga ilk parvozni amalga oshirdi

Karvonsaroy

TOSHKENT – Afg‘oniston aviakompaniyalaridan biri - Kam Air chorshanba, 29-noyabr kuni Kobuldan Toshkentga o‘zining ilk parvozini amalga oshirdi deb xabar beradi 1news.uz, O‘zbekiston Havo Yo‘llari milliy aviakompaniyasiga asoslanib.

Kam Airga tegishli Boing 737 Afg‘oniston poytaxtidan Toshkentga hukumat delegatsiyasini olib keldi. Parvoz Afg‘oniston prezidenti Ashraf G‘anining dekabr oyi boshiga rejalashtirilgan rasmiy tashrifidan bir necha kun oldin amalga oshirildi.

O‘zbekiston va Afg‘oniston o‘rtasida aviaqatnov yo‘lga qo‘yilishi haqidagi kelishuv shu yili bir oz avvalroq ikki mamlakatning aviatsiya mutasaddilari tomonidan imzolangan edi.

Kobul-Toshkent o‘rtasidagi aviaqatnov dekabr oyidan boshlanishi rejalashtirilgan, reyslar haftada ikki marta, chorshanba va yakshanba kunlari amalga oshiriladi.

Afg‘onistonlik mutaxassislar, shuningdek O‘zbekiston Havo Yo‘llari va Uzbekistan Airways Technics aviakompaniyasi parvoz maktabida mashg‘ulotlar o‘tkazadi.

Sizga maqola yoqdimi?

Ca mobile no 1

Fikrlar 0

Captcha