Karvonsaroy

Toshkentlik imom ekstremistlarga oʻlim jazosi berilishi tarafdori

Karvonsaroy

TOSHKENT – Toshkentdagi masjid imomi Hizbut Tahrir va Islom davlati (ID) kabi ekstremistik va terrorchilik tashkilotlarining gʻoyalarini qoʻllab-quvvatlovchilarga nisbatan oʻlim jazosini qoʻllash qaytarilishini taklif qildi, deya seshanba kuni (30-noyabr) xabar berdi 1news.uz.

Oʻzbekistonda oʻlim jazosi qoʻllanilishi 1-yanvar 2008-yilda bekor qilingan.

“Ekstremist va terrorchilarga nisbatan boshqa islomiy davlatlarda boʻlgani kabi oʻlim jazosini qoʻllash lozim”, dedi Tinchlik masjidi imomi Shermurod Togʻay oʻzining Facebook’dagi sahifasida.

Davlat mamlakatimiz rivojlanishiga toʻsqinlik qilayotgan “dinimiz va xalqimiz dushmanlarini” ayab oʻtirishi kerak emas, dedi Togʻay. Bunday jinoyatchilar hatto qamoqda boʻsh kamerada oʻtirishga arzimaydi, dedi u.

Biroq, oʻzining Facebook’da qoldirgan postida, Togʻay fatvo chiqarmaganini, shunchaki oʻz fikrini bildirganini ta’kidladi.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 0

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500