Karvonsaroy

Dushanbe shahri politsiyasi yoʻl harakati patruli birliklari uchun loyihani amalga oshirmoqda

Karvonsaroy

DUSHANBE – Dushanbe shahri politsiyasi yoʻl harakati nazorati postlaridan patrul birliklariga oʻtishni maqsad qilgan tajribaviy loyihani amalga oshirishni boshladi, deya seshanba kuni (5-dekabr) xabar bermoqda AsiaPlus nashri.

Yoʻl harakati nazorati postlari faqat harakat xavfsizligi qoidalarining bajarilishini ta’minlashga moʻljallangan. Yangi patrul birliklari esa jamoat xavfsizligini, shuningdek yoʻl harakati qoidalariga amal qilinishini ta’minlash vazifalarini bajaradi, deya xabar qilgan rasmiylar.

Tajriba loyihasi 1-dekabr kuni boshlangan, deya xabar berdi AsiaPlus nashri bilan suhbatda Ichki ishlar vazirligi matbuot kotibi Umarjon Emomali.

Hozirda Dushanbe shahrida 10 dona yoʻl harakati patruli avtomobili bor. Yoʻl harakati nazorati politsiyasining xabariga koʻra postlar faqatgina Dushanbening markaziy koʻchalarida qoldiriladi.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 0

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500