Karvonsaroy

Qozogʻistonda sayyohlik rivojlanishiga erishish uchun “arzon va yuqori sifatli havo transporti zarur”

Karvonsaroy

OSTONA – Xalqaro transport aviatsiyasi birlashmasi (IATA) Qozogʻistonni oʻzining sayyohlik salohiyati rivojlanishi uchun “arzon va yuqori sifatli havo transportini” shakllantirishga chaqirdi, deya seshanba kuni (5-dekabr) xabar tarqatdi Kazinform.

“Mahalliy yoki xorijiy sayyohlik boʻlishidan qat'iy nazar, agar havo transporti sayyohlik rivojlanishini qoʻllab-quvvatlamas ekan ushbu kuchli salohiyat oʻz samarasini koʻrsatmaydi”, dedi IATA’ning Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Oʻzbekiston va Tojikiston mamlakatlari boʻyicha boshqaruvchisi Karamalakov Jordan.

U oʻz fikrlarini Ostonada boʻlib oʻtgan anjumanda bildirib oʻtdi.

“Iqtisodiyotda boshqa bu kabi kichik kapital sarmoyalar kiritib yaxshi foyda koʻriladigan va koʻplab ish oʻrinlari yaratiladigan sektor mavjud emas”, dedi u. “Bu sayyohlikning iqtisodiyotni rivojlantirishdagi tutgan oʻrnidir”.

Hukumat tariflar narxini past darajada ushlab turish uchun aeroportlarni moliyaviy qoʻllab-quvvatlashi, shuningdek viloyatlarda sayyohlik rivojlanishini ta'minlash uchun umumiy aviatsiyani qayta tiklashi lozim, dedi u.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 0

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500