Axborot byulletenimizga obuna bo‘ling
Twitter
Facebook
Youtube
Rss
M.logo uz latn

2017-12-06

Nazarboyev Qozog‘istonga qo‘shimcha xorij sarmoyalarini jalb qilmoqchi

Karvonsaroy

OSTONA -- Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev xorijiy sarmoyadorlarni mamlakatda ko‘proq biznes yuritishga chaqirdi, deya chorshanba kuni (6-dekabr) xabar beradi Kazinform.

Ostonada (6-dekabr) chorshanba kuni o‘tkazilgan Qozog‘istonni sanoatlashtirish bo‘yicha milliy teleanjumanda prezident bu haqda o‘z fikrlarini aytib o‘tdi.

"...Men o‘z nomimdan va mamlakat nomidan sizni bu yerda ishlashga taklif qilaman, bu Qozog‘iston uchun ham, o‘z biznesingiz uchun ham yaxshi imkoniyatdir", – dedi Nazarboyev.

"7 yil oldin mamlakatni keng ko‘lamda sanoatlashtirishga qaratilgan chora-tadbirlar to‘g‘ri qadam bo‘ldi va shu sababli bugungi kunda Qozog‘istonda ko‘plab xalqaro kompaniyalar ish yuritmoqda", – dedi u.

"General Motors, Alstom, Talgo va boshqa ko‘plab nomdor kompaniyalar mamlakat sanoatida faoliyat yuritib kelayotgani uchun ularga minnatdorchilik bildiramiz va o‘z navbatida ularni Qozog‘istonda ish olib borishlarida yordam berish va ularni qo‘llab-quvvatlash orqali hamkorlikni davom ettirishga tayyormiz", – dedi Nazarboyev.

Sizga maqola yoqdimi?

Ca mobile no 3

Fikrlar 0

Captcha