Karvonsaroy

Tojikiston fuqarolarining YIHga qo‘shilishga bo‘lgan ishtiyoqi so‘nmoqda: xabar

Karvonsaroy

DUSHANBE -- Yaqinda berilgan xabarga ko‘ra, Tojikiston fuqarolarining Yevroosiyo iqtisodiy hamjamiyatiga (YIH) a’zo bo‘lish istagi pasayib bormoqda ekan, deya xabar beradi AsiaPlus chorshanba kuni (6-dekabr).

YIH 2014-yil may oyida Belarus, Qozog‘iston va Rossiya rahbarlari tomonidan imzolangan bitimga ko‘ra tashkil etilgan sobiq sovet davlatlarining savdo bloki hisoblanadi. Shundan bir yil o'tib, Armaniston va Qirg‘iziston ham ushbu hamjamiyatga qo‘shildi.

Yevroosiyo taraqqiyot bankining 2017-yil uchun Integratsiya barometri hisobotida keltirilishicha, 2012-yilda Tojikiston fuqarolarining 76% qismi YIHga a’zo bo‘lish istagini bildirgan bo‘lsalar, bu ko‘rsatkich 2017 yilda 69%ni tashkil qildi xolos.

Tojikiston hukumati 2014-yildan beri YIHga a’zo bo‘lish masalasini ko‘rib chiqmoqda.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 1

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500

Tojikiston aholisining deyarli yarmi Rossiyada yashaydi… Yevro-Osiyo iqtisodiy Ittifoqiga qo‘shilishga ne hojat?

Javob berish