Karvonsaroy

Oʻzbekiston va Qirgʻiziston transport aloqalarini rivojlantiradi

Karvonsaroy

TOSHKENT -- Qirgʻiziston va Oʻzbekiston Qirgʻiziston Prezidenti Sooronbay Jeenbekovning oʻtgan haftada Toshkentga qilgan tashrifidan soʻng havo, yoʻl va temir yoʻl transporti orqali aloqalarni kuchaytirishni maqsad qilgan , deya shanba kuni (16-dekabr) xabar berdi UzDaily.com.

Oʻzbekiston havo yoʻllari va Qirgʻizistonning Air Manas aviakompaniyalari Toshkent va Bishkek orasida haftasiga ikki marta havo qatnovini yoʻlga qoʻymoqchi, deb xabar berdi Qirgʻiziston Transport va yoʻllar vaziri Jamshitbek Kalilov.

2018-yilda ikki davlat shuningdek Toshkent va Oʻsh shaharlari orasida havo qatnovini qayta tiklashni va Toshkent-Bishkek-Baliqchi shaharlari oʻrtasida temir yoʻl bogʻlanmasini yoʻlga qoʻyishni rejalashtirgan.

Boshqa rejalar orasida Qirgʻiziston va Oʻzbekiston viloyatlari orasida avtobus qatnovini boshlash hamda yuk tashishni qayta tiklash kabilar oʻrin olgan, deb qoʻshimcha qildi Kalilov.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 0

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500