Mirziyoyev va Tramp hududiy xavfsizlik hamda hamkorlikni muhokama qildilar

Karvonsaroy

TOSHKENT – O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev hamda AQSH Prezident Donald Tramp seshanba, 19-dekabr kuni telefon orqali qilgan muloqotlari chog‘ida o‘zaro hamkorlik, xalqaro va mintaqaviy masalalarni muhokama qilishdi, deb xabar beradi UzDaily.com.

Mirziyoyev matbuot xizmatining xabar berishicha, suhbat asnosida Tramp AQSH O‘zbekistonning qonun ustuvorligini ta’minlash, kuchli fuqarolik jamiyatini barpo etish hamda iqtisodiyotni erkinlashtirishga qaratilgan islohotlarini qo‘llab-quvvatlashini aytdi.

Suhbat chog‘ida, shuningdek, O‘zbekiston Trampning Janubiy Afrikada bo‘yicha strategiyasini hamda AQSHning Afg‘onistondagi harakatlariniqo‘llab-quvvatlashi ham tilga olindi, deyiladiOq Uy bayonotida.

Ikki davlat rahbarlari sentabrda Ar-Riyodda va may oyida Nyu-Yorkda o‘tkazgan uchrashuvlari o‘zaro aloqalarni yanada kuchaytirishga yordam berganini e’tirof etdilar.

Tramp Mirziyoyevni AQSHga rasmiy tashrif bilan borishga taklif etdi. Tomonlar o‘zaro strategik hamkorlikni yo‘lga qo‘yishga va’da berdilar.

Sizga maqola yoqdimi?

14
8
Yo‘q
Fikrlar 0
Siyosat Captcha