http://central.asia-news.com/uz-Latn/articles/cnmi_ca/newsbriefs/2017/12/21/newsbrief-01

AQSH Qozog‘iston fuqarosini “Islom davlati”ni qo‘llab-quvvatlaganlikda aybladi

Karvonsaroy

NYU-YORK – Bruklindagi federal sud chorshanba, 20-dekabr kuni Qozog‘iston fuqarosi Ahror Saidaxmetovni “xorijiy terrorchilik tashkiloti deb topilgan Islom davlatiga (ID) moddiy yordam berish uchun til biriktirish” ayblovi bilan 15 yillik qamoq jazosiga hukm etdi, deb xabar beradi AQSH Adliya departamenti veb-sayti.

“Saidaxmetov ID safida jangari askar bo‘lishni rejalashtirgan, biroq bu ish amalga oshmagan taqdirda, FQB va politsiya zobitlariga hujum uyushtirib, urushni ko‘chalarga olib chiqishga tayyorlangan,” dedi FQBning Nyu-Yorkdagi ofisi direktori yordamchisi kichik Uilyam Suini.

Tergovchilarga ko‘ra, Saidaxmetov Nyu-Yorkdagi Jon Kennedi xalqaro aeroportidan 2015-yilning 25-fevralidagi reys bilan Istanbulga jo‘nab uchun chipta sotib olgan.

U aeroportda xarajatlarni qoplash, jumladan, rejagalashtirilganidek Suriyaga yetib borgan vaqtida qurol sotib olish uchun “jinoiy sherigidan” 1600 AQSH dollari miqdorida pul olgan.

“Saidaxmetov Turkiyaga uchib ketayotgan samolyotga chiqishga urinish chog‘ida qo‘lga olindi,” deyiladi hisobotda.

Sud qaroriga ko‘ra, “jazo muddatini o‘tab bo‘lgach, Saidaxmetov AQSHdan chiqarib yuboriladi”.

Sizga maqola yoqdimi?
2
Yo‘q
Fikrlar 0
Siyosat
Captcha