Karvonsaroy

O‘zbekistonliklar endi suv uchun oldindan haq to‘laydilar

Karvonsaroy

TOSHKENT – O‘zbekiston fuqarolari suv uchun oldindan haq to‘lashlari lozim, aks holda ular suv ta’minoti tizimidan uzib qo‘yilishi mumkin, deb xabar berdi AKIpress seshanba, 2-yanvar kuni.

O‘tgan yil noyabr oyida qabul qilingan qarorga ko‘ra, dushanba (1-yanvar) kunidan boshlab, har qanday qarzdorlik to‘lovi iste‘molchilarning bankdagi hisob raqamlaridan yoki oylik maoshlaridan ushlab qolinadi.

Qarorda aytilishicha, suv ta’minoti va sanitariya tizimidagi muammolar, shuningdek, mamlakat miqyosida suv haqining to‘lanmasligi sababli soha butkul rivojlanishdan to‘xtagan.

Mamlakatning suv ta’minoti va kanalizatsiya tizimlari o‘rtacha hisobda 40 yildan beri yaroqsiz holatda. Suvning 40 foizi iste’molchilarga yetib borguniga qadar yo‘qolib, isrof bo‘ladi.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 0

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500