Karvonsaroy

O‘zbekiston va Afg‘oniston 2018-yil uchun hamkorlik rejalarini muhokama qildi

Karvonsaroy

TOSHKENT – O‘zbek va afg‘on rasmiylari 2017-yildagi hamkorlik natijalarini muhokama qilish va kelajakdagi rejalar bo‘yicha fikr almashish uchun Toshkentda uchrashuv o‘tkazdi, deb xabar berdi dushanba, 1-yanvar kuni UzDaily nashri O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmatiga asoslanib.

O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov 31-dekabr, yakshanba kuni Afg‘onistonning O‘zbekistondagi elchisi Said Shahobiddin Timuriy va Birlashgan Qirollikdagi afg‘on elchisi Said T. Javodni qabul qildi.

Tomonlar 4-6 dekabr kunlari Afg‘oniston prezidenti Ashraf G‘anining O‘zbekistonga tashrifi muhim ahamiyat kasb etganini ta’kidladilar, ushbu tashrif o‘zaro hamkorlik tarixida yangi sahifa ochdi, dedi vazir.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 1

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500

Yer yang‘oq savdosi bo‘yicha fikr qoldirmoqchiman eksportini kuchaytirish haqida tuxtalib o‘tsak, bizda asosan yer yang‘oq ekiladi eksportga sponsor kerak hamkorlik qanday aloqa o‘rnatish mumkin

Javob berish