Karvonsaroy

Qirg‘iz oilalari hukumatdan tug‘ruq mablag‘ini oladi

Karvonsaroy

BISHKEK – Qirg‘iz oilalari joriy yildan boshlab bola tug‘ilganda bir martalik nafaqa puli oladilar, deb xabar beradi 4-yanvar, payshanba kuni 24.kg nashri.

Dushanba, 1-yanvardan boshlab, oilalar farzand dunyoga kelganda 4,000 qirg‘iz so‘mi (58 AQSH dollari) miqdorida pul olishadi. Tog‘li hududlarda yashovchi oilalarga esa 6,000 qirg‘iz so‘mi (87 AQSH dollari) miqdorida bir martalik nafaqa puli beriladi.

Qonunga muvofiq, ota-onalar bola tug‘ilganligi va ota-onalikni tasdiqlovchi dalillarni taqdim etishlari kerak.

Hukumat xabariga ko‘ra, yangi yil arafasida mamlakat bo‘ylab 311 chaqaloq dunyoga kelgan.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 0

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500