Karvonsaroy

Qirg‘iziston elektron ta’lim bo‘yicha milliy rejani belgilab oldi

Karvonsaroy

BISHKEK – Qirg‘izistonning ta’lim va fan vazirligi elektron ta’limni rivojlantirishga oid hujjat loyihasini ma’qulladi, deb xabar beradi 5-yanvar juma kuni 24.kg nashri.

Elektron ta’lim va raqamli menejment bo‘yicha milliy konsepsiyasi – rejalashtirishga oid hujjat mamlakat fuqarolarining sifatli ta’lim olish huquqini yaxshilashga qaratilgan.

“Elektron ta’lim internet va multimediaga asoslangan dunyo bo‘yicha yetakchi ta’lim texnologiyasi hisoblanadi va sifatli ta’limdan foydalanish imkonini tubdan yaxshilaydi”, deb xabar beradi vazirlik. “Yaqin vaqtgacha Qirg‘izistondagi ta’limning barcha bosqichlarida eletron ta’limni rivojlantirishga tizimli yondashuv bo‘lmagan. Shu sababli biz bu konsepsiyani ishlab chiqdik.”

Reja Milliy ta’lim platformasiga ochiq ta’lim resurslarini integratsiyalashni ko‘zda tutadi.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 0

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500