Axborot byulletenimizga obuna bo‘ling
Twitter
Facebook
Youtube
Rss
M.logo uz latn

2018-01-08

Qirg‘iziston militsiyasi baptistlar cherkovida nafrat asosida sodir etilgan jinoyat sabablarini tekshirmoqda

Karvonsaroy

KAJI-SAI, Qirg‘iziston – Chuy viloyati, Kaji-Sai qishlog‘i militsiyasi baptistlar cherkoviga qasddan o‘t qo‘yilgani bilan bog‘liq holatni tergov qilmoqda, deb xabar berdi Ozod Yevropa/Ozodlik radiosi (RFE/RL) 4-yanvar, payshanba kuni.

Cherkovdagi yong‘in 3-yanvar, chorshanba kuni yuz berdi, qurbonlar yo‘q, dedi Ton tumani militsiyasi vakili Stalbek Usubakunov Ozod Yevropa/Ozodlik radiosiga.

Jinoyatchi yoki jinoyatchilar Molotov kokteylini cherkov derazasiga uloqtirishgan, dedi mamlakatning Yevangelik xristian cherkovlari uyushmasi raisi Aleksandr Shumilin Ozod Yevropa/Ozodlik radiosiga.

Kaji Sai hokimi Pamir Kutuyev Sovet davridan buyon cherkovda hech qanday hodisa ro‘y bermaganini ta’kidlar ekan, mazkur jinoyat nafrat asosida sodir etilgan deb hisoblamasligini uqtirgan.

Sizga maqola yoqdimi?

Ca mobile no 0

Fikrlar 0

Captcha