Karvonsaroy

Nazarboyev va AQSH elchisi strategik hamkorlikni muhokama qildi

Karvonsaroy

OSTONA – Seshanba, 9-yanvar kuni Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev AQSHga bo‘lajak rasmiy tashrifi oldidan Qozog‘iston va Amerika Qo‘shma Shtatlari aloqalari borasida AQSHning Qozog‘istondagi elchisi Jorj Krol bilan suhbatlashdi, deb xabar beradi Kazinform.

Prezident matbuot xizmatining xabar berishicha, “mamlakalatlarimiz 26 yildan buyon do‘stona munosabatda bo‘lgan va 70 dan ziyod davlatlararo, hukumatlararo va idoralararo kelishuvlarni imzolagan”, dedi Nazarboyev.

Nazarboyev ikki davlatning strategik hamkorligi, jumladan terrorizmga qarshi kurash, yadro qurolini tarqatmaslikka va iqtisodiy sheriklikni kuchaytirishga oid hamkorligi muhim ekanligini ta’kidladi.

U ikki mamlakat o‘rtasidagi munosabatlar rivojida Krolning o‘rnini alohida urg‘uladi.

Krol o‘z sa’y-harakatlarining e’tirofi uchun prezidentga o‘z minnatdorchiligini izhor etdi va Nazarboevning tashrifi hamkorlikni yanada mustahkamlashiga ishonch bildirdi.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 0

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500