Karvonsaroy

Qirg‘izistonda yetimxonalar va boshqa muassasalar uchun elektr haqi tariflarini kamaytirish ko‘zda tutilmoqda

Karvonsaroy

BISHKEK – Qirg‘iziston hukumati yangi tarif siyosatini ishlab chiqish doirasida mehribonlik uylari, maktab-internatlar va diniy muassasalar uchun elektr haqi tariflarini kamaytirish masalasini ko‘rib chiqmoqda, deb xabar berdi 24.kg dushanba, 8-yanvar kuni.

Ayni paytda mazkur muassasalar tijorat korxonalari bilan bir xil haq to‘laydi.

Parlamentning yoqilg‘i-energetika kompleksi bo‘yicha qo‘mitasi ushbu turdagi muassasalar uchun elektr energiyasi tariflarini qayta ko‘rib chiqish haqida topshiriq bergan. Bu haqda 24.kg nashriga yoqilg‘i-energetika kompleksini tartibga solish bo‘yicha davlat agentligi rahbari Taalaybek Nurbashev ma’lum qildi.

Qonun chiqaruvchilar bu masalada yanvar oyining o‘rtalarigacha muhlat belgilaganlar, bu vaqtgacha Vazirlar mahkamasi yangi tariflar bo‘yicha o‘z takliflarini berishi kerak. Yakuniy qaror esa 3 oy ichida qabul qilinishi kutilmoqda.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 0

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500