Karvonsaroy

2018-yil Qirg‘izistonda mintaqalarni rivojlantirish yili deb e’lon qilindi

Karvonsaroy

BISHKEK – AKIpress xabariga ko‘ra, Qirg‘iziston prezidenti Sooronbay Jeenbekov 2018-yilni mamlakat mintaqalarini rivojlantirish yili deb e’lon qildi.

Jeenbekov bu haqda chorshanba (10-yanvar) kuni Norin viloyatining Jumg‘al tumani aholisi bilan uchrashuv chog‘ida ma’lum qilgan.

Bundan avval, seshanba (9-yanvar) kuni prezident mintaqalarni rivojlantirishdagi tizimli o‘zgarishlarga oid qarorni imzolagandi, deb xabar beradi davlat rahbarining matbuot xizmati.

Asosiy maqsad – ish o‘rinlari yaratish va migratsiyani kamaytirish, dedi u.

Jeenbekovning so‘zlariga ko‘ra, yo‘llar va boshqa transport infratuzilmalarini yaxshilash, kichik va o‘rta biznesni qo‘llab-quvvatlash va investitsiyalarni jalb qilish ko‘zda tutilmoqda.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 0

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500