Karvonsaroy

O‘zbekiston va Tojikiston rahbarlari hamkorlikni kengaytirish masalasini muhokama qildilar

Karvonsaroy

DUSHANBE – Ikki tomonlama hamkorlikni mustahkamlash istiqbollarini muhokama qilish maqsadida Dushanbega tashrif buyurgan O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov Tojikiston rahbarlari bilan uchrashdi.

Tojikiston hukumatidagi manbaning xabar berishicha, Aripov mamlakat poytaxtiga chorshanba (10-yanvar) kuni tashrif buyurib, “Ko‘hi Navro‘z” davlat majmuasida Tojikiston bosh vaziri Qohir Rasulzoda va boshqa yuqori martabali amaldorlar bilan uchrashuv o‘tkazdi, deb yozadi Asia-Plus nashri.

Aripov, shuningdek, Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon qabulida ham bo‘ldi, deb xabar beradi Tojik prezidentining rasmiy veb-sayti.

Tomonlar Tojikiston va O‘zbekiston fuqarolarining ikki tomonlama safarlari tartibini soddalashtirish, chegaradagi nazorat-o‘tkazish punktlarini qayta ochish va o‘zaro savdo cheklovlarini bartaraf qilish masalalarini muhokama qildilar.

Rahmon va Aripov, shuningdek, mintaqaviy va global tahdidlar, jumladan, terrorizm va ekstremizmga qarshi kurashda ikki mamlakat oʻrtasidagi hamkorlikni mustahkamlash yuzasidan fikr almashdilar.

Veb-sayt xabariga ko‘ra, Rahmon suv va energetika resurslaridan foydalanish borasida O‘zbekiston bilan hamkorlikka alohida urg‘u bergan.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 0

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500